Sattarov Umidulla Ulashovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy tendensiyalari (O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichi misolida)” 09.00.09 – “Ma’naviy jarayonlar va texnologiyalar”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fal883
Ilmiy rahbar: To‘raev Shavkat Nishonovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, DSc.21/2025.27.12.F.01.01.
Rasmiy opponentlar: To‘ychieva Sayyora Suyarqulovna falsafa fanlari doktori, professor; Mamatov Maxmut falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat tibbiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy tendensiyalarini hamda ularning ma’naviy taraqqiyotga ta’sirini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning ontologik modeli ishlab chiqilib, unda mazkur fenomen shaxsning ma’naviy o‘zligini shakllantirish, ijtimoiy identifikatsiyasini mustahkamlash va jamiyatga integratsiyalashuvini ta’minlovchi ko‘p komponentli ijtimoiy-falsafiy tizim sifatida konseptuallashtirilgan;
globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning “institutsional–madaniy–raqamli integratsiya” modeli taklif etilib, unda davlat, fuqarolik jamiyati, mahalla va raqamli platformalar o‘rtasidagi funksional hamkorlik mexanizmlari tizimlashtirilgan;
yoshlarning ma’naviy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan “Smart-ma’naviyat” mexanizmi ishlab chiqilib, uning tarkibiy indikatorlari sifatida raqamli savodxonlik, axborot-psixologik immunitet, virtual kommunikativ madaniyat va selektiv tafakkur mezonlari asoslangan;
yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash samaradorligini baholashning ma’naviy-aksiologik mezonlari ishlab chiqilib, ular asosida yoshlarning ijtimoiy moslashuvi, fuqarolik mas’uliyati, milliy identiteti va ma’naviy barqarorligini aniqlovchi kompleks diagnostik yondashuv taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichi misolida yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy tendensiyalariga doir ishlab chiqilgan takliflar hamda olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning ontologik modeli ishlab chiqilib, unda mazkur fenomen shaxsning ma’naviy o‘zligini shakllantirish, ijtimoiy identifikatsiyasini mustahkamlash va jamiyatga integratsiyalashuvini ta’minlovchi ko‘p komponentli ijtimoiy-falsafiy tizim sifatida konseptuallashtirilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-158-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining 30, 31, 32, 33 va 39-maqsadlarini amalga oshirishga oid davlat dasturi ishlab chiqishda; ikkinchidan, yoshlar o‘rtasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish va zamonaviy kasblarga o‘qitish yo‘nalishida “Ibrat farzandlari”, “Ustoz”, “Mutolaa”, “Zakovat” loyihalarini joriy etish hamda ommalashtirish bo‘yicha dasturlar; uchinchidan, Vazirlar Mahkamasining 312-son qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 21-oktabrdagi 01-01-21-5672-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning amaliy mexanizmlarini, uning ma’naviy-axloqiy asoslarini kompleks o‘rganishga xizmat qilgan;
globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning “institutsional–madaniy–raqamli integratsiya” modeli taklif etilib, unda davlat, fuqarolik jamiyati, mahalla va raqamli platformalar o‘rtasidagi funksional hamkorlik mexanizmlari tizimlashtirilgan ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 1.1. Ta’lim tizimi islohotlari 1-12-maqsadlarni amalga oshirishda hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflarida tayanch o‘quv rejasi asosida o‘qitish, “Biznes va kasb-hunarga o‘qitish” yo‘nalishi doirasida o‘quvchilarni ishchi yoki raqamli texnologiyalarga oid kasblarga o‘qitish hamda 2022-2026-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dastur loyihalari ishlab chiqilgani, shuningdek 2025-yil 18-iyulda qabul qilingan “Mahalla ettiligi” a’zolari va ta’lim muassasalari o‘rtasida yoshlar bilan ishlashga qaratilgan hamkorlik mexanizmini joriy etish to‘g‘risida” 38-son qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan “YO‘l xaritasi”ning 3-, 4-, 9-, 13-, 14-bandlari hamda 2025-yil 29-oktabrda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati bo‘yicha sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish dasturi va baholash metodologiyasini ishlab chiqish to‘g‘risida” 55-son qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlarga oid davlat siyosati bo‘yicha sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish dasturi va baholash metodologiyasi” ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 31-oktabrdagi 01-33-337-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash jarayonini ilmiy asoslangan baholash imkonini yaratib, tarbiyaviy ishlarning real samaradorligini aniqlash va uni boshqaruv qarorlariga asos sifatida qo‘llashga xizmat qilgan;
yoshlarning ma’naviy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan “Smart-ma’naviyat” mexanizmi ishlab chiqilib, uning tarkibiy indikatorlari sifatida raqamli savodxonlik, axborot-psixologik immunitet, virtual kommunikativ madaniyat va selektiv tafakkur mezonlari asosida vazirning 2021-yil 30-sentabrdagi 412-son buyrug‘i 1-ilovasi bilan “Davlat oliy ta’lim muassasalarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizom” ishlab chiqilishida foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 30-oktabrdagi 02/17-2025-30-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘qituvchi–tyutor–talaba o‘rtasida doimiy pedagogik muloqot va o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali talaba muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish mexanizmlarini mukammallashtirishga, tarbiya jarayonini raqamli muhitga integratsiya qilishga, talabalarning mustaqil fikrlashi va muammolarni echish qobiliyatini shakllantirishga xizmat qilgan;
yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash samaradorligini baholashning ma’naviy-aksiologik mezonlari ishlab chiqilib, ular asosida yoshlarning ijtimoiy moslashuvi, fuqarolik mas’uliyati, milliy identiteti va ma’naviy barqarorligini aniqlovchi kompleks diagnostik yondashuv asosidagi yangi ilmiy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2024-yil 7-sentabr kuni I Kongressida tasdiqlangan saylovoldi dasturida hamda shu asosda ishlab chiqilgan ish rejaning 37-38-bandlarini yanada takomillashtirish va boyitishda keng foydalanilgan, shu bilan birgalikda partiya ish rejasiga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirishda o‘ziga xos manba vazifasini o‘tagan hamda ushbu tadqiqot xulosalari partiya faoliyatidagi dolzarb masalalarni samarali hal etishga, targ‘ibot ishlarini yanada yaxshilashda foydalanilgan (O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2025-yil 3-noyabrdagi 01-27/475-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat, jamiyat va siyosiy institutlar faoliyatini tizimli asosda yo‘naltirishga xizmat qilgan. U partiya dasturlari va amaliy ish rejalari mazmunini boyitib, targ‘ibot ishlarini ilmiy asoslash, yoshlar bilan ishlash strategiyasini maqsadli va samarali tashkil etishga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish