Quvanov Sardor Zokirovichning
falsafa doktori(PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’umotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i omi): “Tasavvuf allomalari meroslarida ma’naviy tarbiya (Karmanalik allomalar misolida)” 09.00.08 - “Ma’naviy tarbiya”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Fal1694
Ilmiy rahbar: Qandaharov Anvarjon Xasanovich, tarix fanlari nomzodi (PhD) dots.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, DSc.21/2025.2 7 .12.F.01.01
Rasmiy opponentlar: Navro‘zova Gulchehra Nematovna falsafa fanlari doktori, professor, professor; Saidqosimov Akbar Isakhonovich falsafa fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Karmanalik tasavvuf allomalari merosining yoshlar ma’naviy tarbiyasini shakllantirishdagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Orif Deggaroniyning Bahouddin Naqshband bilan hamkorlikda Xojagon tariqati ta’limotini shakllantirish va takomillashtirish jarayonidagi bevosita ishtiroki ilmiy jihatdan o‘rganilib, tariqat amaliyotida xufya (qalbiy) zikrning ustuvorligi manbaviy dalillar asosida tizimli ravishda asoslantirildi hamda “dil ba yor-u dast ba kor” tamoyilining shakllanishida Orif Deggaroniyning o‘rni isbotlandi.
Orif Deggaroniy faoliyatida insonning ma’naviy kamoloti, qalb pokligi, halollik va saxovat fazilatlarini targ‘ib etish, shuningdek, ma’rifatparvarlikni ulug‘lash va ustoz-shogirdlik an’analarining o‘ziga xos qoidalarini shakllantirish masalalari tizimli ravishda tahlil qilinib, ularning zamonaviy milliy-ma’naviy tarbiya tizimini rivojlantirishdagi ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berildi.
Xudoydod Valiyning ilmiy-ma’naviy merosi kompleks tarzda tadqiq qilinib, unda ilgari surilgan xalq dardi bilan yashash, bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, ijtimoiy adolat, ekologik madaniyat hamda nafsni jilovlashga oid g‘oyalarning zamonaviy ma’naviy tarbiya tizimida shaxs kamolotini ta’minlashda metodologik asos sifatida xizmat qilishi ilmiy-manbaviy dalillar orqali tasniflandi.
Qosim Shayx Azizon faoliyatida namoyon bo‘lgan vatanparvarlik, yurt tinchligini ta’minlash, mamlakat taraqqiyotiga daxldorlik hissi, nafsni jilovlash hamda jamiyatda yuzaga keladigan turli ijtimoiy tahdidlarning oldini olishga qaratilgan tashabbuskorlik kabi fazilatlar kompleks tahlil qilinib, ularning yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyati ilmiy jihatdan dalillandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Tadqiqotning natijalari, undagi ilmiy xulosa va takliflarning amaliyotga joriy etilayotgani bo‘yicha quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan:
Karmanalik tasavvuf allomalarining ilmiy-ma’naviy merosi, xususan, Mavlono Orif Deggaroniyning naqshbandiylik tariqati rivojidagi o‘rni, Qosim Shayx Azizon va Shayx Xudoydod Valiy faoliyatidagi ma’naviy tarbiya masalalariga oid ilmiy xulosalaridan “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali ijodkorlari Quvonov Sardor Zokirovichning “Tasavvuf allomalari meroslarida ma’naviy tarbiya (Karmanalik allomalar misolida)” mavzusidagi falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasidan aurim ko‘rsatuvlar ssenariysini shakllantirishda, xususan, “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda S. Quvonovning tadqiqotlarida ilgari surilgan tasavvufning ma’naviy tarbiyaviyaviy jihatlari, shuningdek, hozirgi Navoiy viloyati qadim Karmana zaminida o‘rta asrlarda yashab o‘tgan tasavvuf allomalari Mavlono Orif Deggaroniy, Bohauddin Naqshband, Shayx Xudoydod Valiy, Qosim Shayxlarning islom dini va tasavvuf ta’limoti rivojiga qo‘shgan hissasi va ularning qoldirgan merosi, Olim Shayxning “Lamoxat” asari hamda Shayx Xudoydod Valiyning “Manoqib” asarlarining bugungi ma’naviy tarbiyaviy jihatlariga oid ilmiy xulosalardan ma’lumot sifatida foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasi tomonidan berilgan 2024-yil 23-avgustdagi 01-44-182-son dalolatnomasi). Natijada, qadimiy Karmana hududida joylashgan islom diniga oid ziyoratgohlar tarixini bilish va diniy qadriyatlarni anglash, tasavvuf allomalari meroslaridagi insonparvarlik, vatanparvarlik, komil inson tushunchasi mohiyatini yanada kengroq o‘rganishga qaratilgan targ‘ibot va tashviqot ishlari natijadorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
XIV-XV asrlarda yashagan karmanalik allomalar ta’limotining asosi bo‘lgan mehnatsevarlik, vatanparvarlik, adolatlilik, ilm-ma’rifat va ustoz-shogirdlik kabi masalalarni nafaqat yosh avlod, balki keng jamoatchilikka targ‘ib qilish ilgari surgan taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti faoliyatida Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining VI yo‘nalishida belgilangan “Buyuk allomalar va ma’rif atparvar jadidlarning ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, ilmiy-ijodiy asarlarini keng targ‘ib qilishga doir chora-tadbirlar” 42-bandi “Buyuk alloma va ma’rifatparvar jadidlar hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish, boy ma’naviy va madaniy meroslarini asrab avaylash, ilmiy-ijodiy asarlarini keng targ‘ib qilish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan berilgan 2024-yil 24-apreldagi № 10/230-son dalolatnoma). Natijada, joylarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni olib borishda, ma’naviy tarbiya sohalariga oid ma’ruzalar tayyorlash bo‘yicha ilmiy-nazariy xulosalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
Navoiy viloyati hududida joylashgan muqaddas qadamjolar, xususan, Deggaron masjidi va Hazrat Qosim Shayx me’moriy majmuasi tarixi va allomalarning ilmiy-ma’naviy merosining bugungi ahamiyatini ilmiy nuqtai nazaridan qiyosiy-falsafiy tahlil etishga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan berilgan 2025-yil 29-apreldagi № 2-15-21-2262-son dalolatnoma). Natijada, yoshlar o‘rtasida ziyorat turizmini rivojlantirish, tarixiy shaxslar nomi bilan bog‘liq ziyoratgohlarni keng targ‘ib qilishga bo‘lgan qiziqish, viloyatda yoshlar uchun gid-ekskursovodlar malakasini oshirishga xizmat qilgan.
Karmanalik allomalar ta’limotida asosiy o‘rin tutgan mehnatsevarlik, vatanparvarlik, adolatlilik, ilm-ma’rifat va ustoz–shogirdlik kabi umuminsoniy qadriyatlarni nafaqat yosh avlod, balki keng jamoatchilik ongida mustahkamlashga oid ilgari surgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturining barkamol avlod salohiyatini ro‘yobga chiqarish deb nomlabgan I-rejasining 1.1.-hamda 1.2.-ma’naviy tarbiya va sifatli ta’lim hamda milliy madaniyat va ma’naviyatni rivojlantirish, qadriyatlarni asrash va boyitish bandlari ijrosini ta’minlashda hamda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda dessirtatsiya materiallaridan foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Milliy tiklanish demokratik partiyasi markaziy kengashi tomonidan berilgan 2025-yil 4-noyabrdagi № 02/02-65-son dalolatnoma). Natijada, bugungi yoshlarni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash, ularda vatanparvarlik, mehnatsevarlik va ijtimoiy adolat tushunchalarini shakllantirishda tasavvuf allomalari merosi alohida o‘rin tutishi isbotlangan. Shuningdek, bu meros milliy g‘urur, vatanparvarlik, insonparvarlik xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan kuchli ma’naviyatli barkamol yoshlarni tarbiyalashga xizmat qilgan.