Qulmatov Zulfiqor Zafar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagogik eksperimentni modellashtirishning elektron dasturiy ta’minotini takomillashtirish” 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped1663.
Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Abduqodirova Patmaxon Tursunboevna.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12.Ped.04.03.
Rasmiy opponentlar: Kayumova Nasiba Ashurovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor (ilmiy Kengash a’zosi), Atamurotov Rasuljon Kadirjanovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PHD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogik eksperimentni modellashtirishning elektron dasturiy ta’minotini takomillashtirish va amaliyotga joriy etishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogik eksperimentni modellashtirishda dasturiy ta’minotdan foydalanishning tashkiliy-didaktik imkoniyatlari ta’lim natijalari samaradorligini baholash indikatorlarini tanlashda subektlar faoliyati prognozini miqdor va sifat mutanosibligida interaktivlik va differensiatsiya tamoyili ustuvorligida ta’minlash asosida aniqlashtirilgan; 
pedagogik eksperimentni modellashtirishda elektron dasturiy ta’minot modifikatsiyalaridan foydalanish  modeli tajribada qo‘llaniluvchi metodlar va resurslarning o‘zaro impulsiv kombinatsiyasini vizual tahlil va grafikli monitoring qaydlariga ko‘ra personallashtirilgan muhitda qatiy va erkin reglamentlarda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;  
pedagogik eksperimentni modellashtirishda elektron dasturiy ta’minotdan foydalanish texnologiyalari talabalarning tezkor tahlil va ratsional qaror ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan “Calculator MathStatistika”ni yakka va frontal ishlash integratsiyasida unikal mini eksperimentlar amaliyotida qo‘llash orqali takomillashtirilgan;  
pedagogik eksperiment natijadorligini ta’minlashda elektron dasturiy ta’minot modifikatsiyalaridan foydalanishning samaradorligi eksperiment strukturasida moslashuvchan interaktiv elektron buyruqlarning funksional va texnik talablarga ko‘ra talabalarning raqamli mobilligi darajalarida tahrirlanishini didaktik ta’minlash asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fanlararo integratsiya asosida bo‘lajak matematika o‘qituvchilarining fan kompetensiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra:
pedagogik eksperimentni modellashtirishda elektron dasturiy ta’minot modifikatsiyalaridan foydalanish  modeli tajribada qo‘llaniluvchi metodlar va resurslarning o‘zaro impulsiv kombinatsiyasini vizual tahlil va grafikli monitoring qaydlariga ko‘ra personallashtirilgan muhitda qatiy va erkin reglamentlarda qo‘llashga oid tavsiyalari "Pedagogik dasturiy vositalar" o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘iga asosan № 537343-sonli ruxsatnoma). Natijada, zamonaviy o‘quv jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarining faoliyatida samaradorlik oshgan;
pedagogik eksperimentni modellashtirishda elektron dasturiy ta’minotdan foydalanish texnologiyalari talabalarning tezkor tahlil va ratsional qaror ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan “Calculator MathStatistika”ni yakka va frontal ishlash integratsiyasida unikal mini eksperimentlar amaliyotida qo‘llashga oid takliflari "Web dasturlash" o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘iga asosan № 537497-sonli ruxsatnoma). Natijada, pedagogik eksperimentlarni modellashtirishni dasturiy ta’minotini takomillashtirilishiga va zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanishga erishilgan.
pedagogik eksperiment natijadorligini ta’minlashda elektron dasturiy ta’minot modifikatsiyalaridan foydalanishning samaradorligi eksperiment strukturasida moslashuvchan interaktiv elektron buyruqlarning funksional va texnik talablarga ko‘ra talabalarning raqamli mobilligi darajalarida tahrirlanishini didaktik ta’minlashga oid takliflaridan Erasmus+ dasturining “Markaziy Osiyoda “BigData Intelligent Analysis” bo‘yicha o‘quv va ilmiy markazlarni tashkil qilish va kurslarni ishlab chiqish”  xalqaro amaliy tadqiqot loyihasi doirasida yaratilgan o‘quv ilmiy muhit hamda ta’lim jarayonlarida foydalanilgan (Buxoro davlat texnika universitetining 2026-yil 30-martdagi 01/04-105-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy o‘quv jarayonida pedagoglar faoliyati unumdorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish