Masharipova Mamlakat Satiboldievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda surunkali bronxit rivojlanishining immunogenetik xavf omillari», 14.00.36–Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib1018.
Ilmiy rahbar: Fayzullaeva Nigora Yax’eevna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Immunologiya va inson genomikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01.
Rasmiy opponentlar: Irsalieva Fatima Xusnutdinovna, tibbiyot fanlari doktori; Shamsiev Furkat Muxiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda surunkali bronxit rivojlanishining immunogenetik xavf omillarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir bronxitli bolalarda T-limfotsitlar miqdorining pasayishi fonida tabiiy killerlar, komplementning C3 komponenti, SRO, laktoferrin va IL-1β miqdorlari ortishiga bog‘liq immunitet faoliyatining o‘zgarishi aniqlangan;
erta maktab yoshidagi bolalarda surunkali bronxit zo‘rayishi mexanizmida CD3+, CD4+, fagotsitar faollik, IgG, IgA miqdorlarining pasayishiga to‘g‘ri proporsional ravishda tabiiy killerlar soni (CD16+) va IgM, IL-4 va IL-1β miqdorlarining ortishi aniqlangan;
ilk bor parazitar invaziya fonida surunkali bronxitli bemorlarda CD4+, CD8+, IgA, IgG va IFNγ miqdorlarining ishonarli kamayishi hamda CD20+, CD23+, CD25+, CD95+, komplement C3 komponenti, laktoferrin va IgE miqdorlarining keskin ortishi bilan kechuvchi immun tizimidagi nomutanosiblik bo‘lishi isbotlangan;
ilk bor «holat-nazorat» tahlili asosida surunkali bronxit bilan kasallangan bolalarda CFTR geni mutatsiyasining geterozigotli F508del, W1282X va N1303K markerlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda surunkali bronxit rivojlanishining immunogenetik xavf omillarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Bolalarda surunkali bronxitni tashxislashda immunologik ko‘rsatkichlarni aniqlash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 14 iyundagi 8n-d/141-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali bronxitga chalingan bolalarda immunitetning maxsus va maxsus bo‘lmagan omillari faoliyati holatidagi buzilishlarni erta aniqlash, o‘z vaqtida davolashning optimal usullarini tanlashga va kasallikning oldini olishga xizmat qilgan;
«Surunkali bronxit bilan kasallangan bolalarda immunokorreksiyali davolash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 14 iyundagi 8n-d/141-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali bronxitga chalingan bolalarda immunitetning hujayraviy va gumoral bo‘g‘inidagi buzilishlarni erta aniqlash, o‘z vaqtida immunokorregirlovchi davolash usulini qo‘llash orqali kasallik rivojlanishi va kelib chiqadigan asoratlarning oldini olishga xizmat qilgan;
bolalarda surunkali bronxit rivojlanishining immunogenetik xavf omillarini aniqlash va davolash ishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali klinikasi amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 25 dekabrdagi 8n-z/244-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar surunkali bronxit bilan kasallangan bolalarda tashxislash va yangi immunokorregirlovchi davolash usulini qo‘llash orqali bolalarda kasallikni qaytalanish darajasini kamaytirishga, kasallik asoratlarining oldini olishga, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga hamda bolalarni statsionarda davolanish muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish