Qayumova Gulshodaxon Muxammadjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagogik amaliyot jarayonida bo‘lajak logopedlarning kasbiy mas’uliyatini rivojlantirish texnologiyalari”, 13.00.03 – Maxsus pedagogika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped646
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Qodirova Feruzaxon Usmanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12.Ped.04.03
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Mahmudova Madina Sobirxonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak logopedlarning kasbiy mas’uliyatini pedagogik amaliyot jarayonida rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak logopedlarda kasbiy mas’uliyatni shakllantirishning didaktik xususiyatlari mas’uliyat va kompetensiya tushunchalarining shaxsiy va kasbiy faollik kontekstidagi integratsiyasini pedagogik harakatlar kompleksiga yo‘naltirilgan muhitda samaradorlik effektiga ko‘ra ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak logopedlarda kasbiy mas’uliyatni shakllantirish modeli o‘quv jarayonini loyihalashning kasbiy qadriyatlar tizimini barqarorlashtiruvchi deontologik yondashuvlarni davriy monitoringa yo‘naltirilgan diagnostika jarayoniga shaxsiy qaror va jamoaviy xulosalar mutanosibligida singdirish asosida takomillashtirilgan;
pedagogik amaliyot jarayonida kasbiy mas’uliyatni shakllantirish texnologiyalari talabalarda kasbiy burch va tanyach kompetensiyalarni intensiv shakllantiruvchi metodik tajribalarni mustaqil ta’lim amaliyotida interaktivlik tavsifiga ko‘ra qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik mas’uliyatning shakllanganligini baholash mezonlari kasbiy faoliyatga doir transformatsion keyslarni individual loyihalashtirilgan “odam-obekt-muhit” imitatsiyasida ierarxik munosabatda qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maxsus pedagogika yoʼnalishi talabalarining pedagogik amaliyoti jarayonida kasbiy mas’uliyatini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak logopedlarda kasbiy mas’uliyatni shakllantirishning didaktik xususiyatlari mas’uliyat va kompetensiya tushunchalarining shaxsiy va kasbiy faollik kontekstidagi integratsiyasini pedagogik harakatlar kompleksiga yo‘naltirilgan muhitda samaradorlik effektiga ko‘ra ta’minlashga doir takliflari “Mutaxassislikka kirish (Maxsus pedagogika)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 07-oktyabrdagi 387-son buyrug‘iga asosan 881777-son guvohnomasi). Natijada, pedagogik amaliyot jarayonini kasbiy yo‘naltirishning innovatsion muhitini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak logopedlarda kasbiy mas’uliyatni shakllantirish modeli o‘quv jarayonini loyihalashning kasbiy qadriyatlar tizimini barqarorlashtiruvchi deontologik yondashuvlarni davriy monitoringga yo‘naltirilgan diagnostika jarayoniga shaxsiy qaror va jamoaviy xulosalar mutanosibligida singdirishga oid tavsiyalari “Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 09-iyuldagi 258-son buyrug‘iga asosan 142707-son guvohnomasi). Natijada, kasbiy faoliyatda korreksion-pedagogik jarayonni samarali modellashtirishga tayyorlashning deontologik yondashuvlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan;
pedagogik amaliyot jarayonida kasbiy mas’uliyatni shakllantirish texnologiyalari talabalarda kasbiy burch va tayanch kompetensiyalarni intensiv shakllantiruvchi metodik tajribalarni mustaqil ta’lim amaliyotida interaktivlik tavsifiga ko‘ra qo‘llashga oid takliflari oid takliflari respublika bo‘yicha Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Qo‘qon davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika institutining o‘quv jarayoni amaliyotiga joriy etilgan (O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis respublika markazining 30-aprel 2026-yildagi 01/10-01-165-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogik amaliyot jarayonida talabalarning kasbiy mas’uliyat ko‘nikmalarini intensiv rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishga xizmat qilgan.