Xudaynazarova Dilnoza Gafurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farmatsevtika korxonalarida xarajatlar buxgalteriya hisobini takomillashtirish”, 08.00.08. - Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt6122
Ilmiy rahbar: Boronov Bobur Farxodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/2025.27.12.I.27.01
Rasmiy opponentlar: Kurbanov Ziyat Niyazovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Hotamov Komil Rabbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Farmatsevtika korxonalarida xarajatlar buxgalteriya hisobini takomillashtirishga oid ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
farmatsevtika korxonalarida xom ashyo va materiallarning boshlang‘ich qiymatini aniqlash tartibi ta’minot bosqichi tarkibidagi bilvosita xarajatlarni “xom ashyo va materiallarni xarid qilish jarayoni”ga oid jami xarajatlar qiymatiga nisbatan taqsimlash orqali takomillashtirilgan;
farmatsevtika korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlarini biznes jarayonlariga muvofiq “yordamchi ishlab chiqarish-asosiy ishlab chiqarish-oraliq laboratoriya sinovlarini o‘tkazish-farmatsevtika mahsulotlarini qadoqlash” jarayonlari bo‘yicha hisobga olish orqali farmatsevtika mahsulotlari tannarxini aniqlash taklifi asoslangan;
farmatsevtika mahsulotlarini raqamli markirovkalash xarajatlarini nazorat tadbirlari bilan bog‘liqligi asoslanib, hisob siyosatiga 9450-“Farmatsevtika mahsulotlarini sotish va ularning sifati bilan bog‘liq nazorat tadbirlari xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar” nomli sintetik schyotni kiritish orqali tannarxni pasaytirish taklif etilgan;
moliyaviy hisobotga dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar bo‘yicha sotilgan mahsulotlarning qaytishi, sotish bo‘yicha chegirma, sotishdan tuzatilgan sof tushum, tannarx rentabelligi, farmatsevtika mahsulotlari marjasi ko‘rsatkichlarini ochib beruvchi “Farmatsevtika mahsulotlarini sotishdan moliyaviy natijalar” nomli maxsus ilova shaklini kiritish asosida moliyaviy natijalarni aniqlashga doir axborotlar qamrovi kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farmatsevtika korxonalarida xarajatlar buxgalteriya hisobini takomillashtirishga oid ishlab chiqilgan takliflar asosida:
farmatsevtika korxonalarida xom ashyo va materiallarning boshlang‘ich qiymatini aniqlash tartibi ta’minot bosqichi tarkibidagi bilvosita xarajatlarni “xom ashyo va materiallarni xarid qilish jarayoni”ga oid jami xarajatlar qiymatiga nisbatan taqsimlash orqali takomillashtirish bo‘yicha taklifi “Buxgalteriya hisobi axborot tizimlari” nomli darslikka hamda «Samarkand-England Eco-Medical» MChJ QK va «Bayan Medical» MChJ QKlari tomonidan hisob siyosatiga kiritilgan (Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Kengashining 2025-yil 31-oktyabrdagi 3-son qarori, O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar Milliy assotsiatsiyasining 2026-yil 23-apreldagi 23/MM-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi farmatsevtika korxonalarida xom ashyo va materiallarning boshlang‘ich qiymatini real aniqlashga hamda materiallarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qisqartirishga xizmat qilib, xom ashyo va materiallar tarkibidagi “Polipropilen granula” hamda “Sorbitol Neosorb”, “Pottasium DL-Aspartate” va “Magnesium DL-Aspartate” substansiyalari bo‘yicha xarajatlarni 3,9 foizga pasaytirish imkonini bergan.
farmatsevtika korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlarini biznes jarayonlariga muvofiq “yordamchi ishlab chiqarish-asosiy ishlab chiqarish-oraliq laboratoriya sinovlarini o‘tkazish-farmatsevtika mahsulotlarini qadoqlash” jarayonlari bo‘yicha hisobga olish orqali farmatsevtika mahsulotlari tannarxini aniqlash bo‘yicha taklifi “Samarqand Dori-Darmon” AJ, «Samarkand-England Eco-Medical» MChJ QK va «Bayan Medical» MChJ QKlari tomonidan hisob siyosatiga kiritilgan (O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar Milliy assotsiatsiyasining 2026-yil 23-apreldagi 23/MM-son, “Samarqand Dori-Darmon” AJning 2026-yil 23-fevraldagi XB-07/28-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi farmatsevtika mahsulotlari tannarxini biznes jarayonlarining har bir bosqichi bo‘yicha alohida hisob-kitob qilish orqali aniqlashga, ishlab chiqarish xarajatlarini nazorat qilishga hamda buxgalteriya hisobotlarining shaffofligini oshirishga xizmat qilgan;
farmatsevtika mahsulotlarini raqamli markirovkalash xarajatlarini nazorat tadbirlari bilan bog‘liqligi asoslanib, hisob siyosatiga 9450-“Farmatsevtika mahsulotlarini sotish va ularning sifati bilan bog‘liq nazorat tadbirlari xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar” nomli sintetik schyotni kiritish orqali tannarxni pasaytirish bo‘yicha taklifi “Samarqand Dori-Darmon” AJ, «Samarkand-England Eco-Medical» MChJ QK va «Bayan Medical» MChJ QKlari tomonidan hisob siyosatiga kiritilgan (O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar Milliy assotsiatsiyasining 2026-yil 23-apreldagi 23/MM-son, “Samarqand Dori-Darmon” AJning 2026-yil 23-fevraldagi XB-07/28-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida farmatsevtika mahsulotlari tannarxini pasaytirishga hamda boshqaruvni ushbu jarayonlarga oid uzlyuksiz axborot bilan ta’minlash orqali samarali sifat nazoratini yo‘lga qo‘yishga xizmat qilgan. Bu orqali farmatsevtika mahsulotlarining ishlab chiqarish tannarxi hamda tannarxdan arzon baholarda sotiladigan hollarda yuzaga keladigan qo‘shimcha hisoblangan qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasini 4,5 foizga pasaytirishga erishilgan;
moliyaviy hisobotga dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar bo‘yicha sotilgan mahsulotlarning qaytishi, sotish bo‘yicha chegirma, sotishdan tuzatilgan sof tushum, tannarx rentabelligi, farmatsevtika mahsulotlari marjasi ko‘rsatkichlarini ochib beruvchi “Farmatsevtika mahsulotlarini sotishdan moliyaviy natijalar” nomli maxsus ilova shaklini kiritish asosida moliyaviy natijalarni aniqlashga doir axborotlar qamrovini kengaytirish bo‘yicha taklifi “Samarqand Dori-Darmon” AJ, «Samarkand-England Eco-Medical» MChJ QK va «Bayan Medical» MChJ QKlari tomonidan hisob siyosatiga kiritilgan (O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar Milliy assotsiatsiyasining 2026-yil 23-apreldagi 23/MM-son, “Samarqand Dori-Darmon” AJning 2026-yil 23-fevraldagi XB-07/28-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi farmatsevtika korxonalarida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida hisobotlarni tayyorlash va taqdim etishga, ichki va tashqi axborot foydalanuvchilarning korxona xarajatlariga oid axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘liqroq qondirishga imkon bergan.