Tuychiev Anvarjon Muxtorjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Transportda turistik xizmatlarni boshqarish mexanizmini  takomillashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida)”,  08.00.13 – Menejment va 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5873
Ilmiy rahbarlar: Samatov G‘affor Allaqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Ravshanov Malik Naimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc.10/2025.27.12.I.01.09
Rasmiy opponentlar: Shodieva Gulnora Mardievna, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Hasanov Tohir Abdurashidovich, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti professori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi transportda turistik xizmatlarni boshqarish mexanizmini takomillashtirish bilan bog‘liq ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “transportda turistik xizmatlarni boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni turistik harakatlanishga xizmat qiluvchi transport, servis va axborot resurslarini optimal birlashtirish orqali turistik talabni qondirish, xizmatlar uzlyuksizligini ta’minlash va turizm bozorida raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan iqtisodiy mexanizm nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan; 
hududga tashrif buyuruvchi turistlar soni, transport xizmatlari va sohaga kiritilgan investisiyalar hajmiga ko‘ra tuzilgan ekonometrik model asosida Qashqadaryo viloyatining turizm xizmatlari hajmining 2030-yilga qadar prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan;
transport-turizm majmuasini hududiy boshqaruv mexanizmining markaziy bo‘g‘ini hamda amalda birlashtiruvchi mexanizmi sifatida shakllanishini ta’minlovchi “Transport-turizm majmuasi sho‘basi”ni joriy etish orqali hududning xizmatlar zanjiridagi barcha bo‘g‘inlarni birlashtiruvchi institutsional tuzilmasi asoslangan;
turistik manzillar kesimida ularning joylashuvi, jozibadorligi hamda ko‘rsatiladigan xizmatlar saviyasi kabi ko‘rsatkichlarga binoan Qashqadaryo viloyati turistik destinatsiyalarining transport jihatdan optimal tur-marshrutlari asosida “Sahrodan – muzlikkacha” magistrali ko‘rinishidagi o‘zaro bog‘langan marshrutlar portfeli shakllantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Transportda turistik xizmatlarni boshqarish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “transportda turistik xizmatlarni boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmunini turistik harakatlanishga xizmat qiluvchi transport, servis va axborot resurslarini optimal birlashtirish orqali turistik talabni qondirish, xizmatlar uzlyuksizligini ta’minlash va turizm bozorida raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan iqtisodiy mexanizm nuqtayi nazaridan takomillashtirishga oid nazariy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurti talabalari uchun tavsiya etilgan “Mintaqaviy turizm resurslari” fanidan 61010100 – “Turizm va mehmondo‘stlik” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs bakalavriat talabalari va professor-o‘qituvchilar uchun o‘quv qo‘llanma tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat transport universiteti rektorining 2025-yil 20-maydagi iyuldagi 136-U-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda “xizmat ko‘rsatish” va “servis” atamalarining mazmuni transportda yo‘lovchilarga turistik xizmatlar ko‘rsatishni boshqarish  tizimida yangi xizmat turlarini yaratish, rivojlantirish va amalga oshirishga qaratilgan tushunchalarni tavsiflash, tizimlashtirish va shakllantirish orqali takomillashtirish bo‘yicha nazariy bilimlarni yanada oshirish imkoni yaratilgan;
hududga tashrif buyuruvchi turistlar soni, transport xizmatlari va sohaga kiritilgan investisiyalar hajmiga ko‘ra tuzilgan ekonometrik model asosida Qashqadaryo viloyatining turizm xizmatlari hajmining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz qiymatlari Qashqadaryo viloyati Turizm boshqarmasi tomonidan turizm xizmatlarini 2030-yilgacha takomillashtirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 7-avgustdagi 03-10-17-7592-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish hisobiga hududning turistik xizmatlari hajmini oshirish imkoniyatlari aniqlangan;
transport-turizm majmuasini hududiy boshqaruv mexanizmining markaziy bo‘g‘ini hamda amalda birlashtiruvchi mexanizmi sifatida shakllanishini ta’minlovchi “Transport-turizm majmuasi sho‘basi”ni joriy etish orqali hududning xizmatlar zanjiridagi barcha bo‘g‘inlarni birlashtiruvchi institutsional tuzilmasi asoslash bilan bog‘liq taklif Qashqadaryo viloyati Turizm boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 7-avgustdagi 
03-10-17-7592-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida transport-turizm majmuasi sho‘basini joriy etish orqali hududlarda turistik xizmatlarni samarali boshqarish imkoni yaratilgan;
turistik manzillar kesimida ularning joylashuvi, jozibadorligi hamda ko‘rsatiladigan xizmatlar saviyasi kabi ko‘rsatkichlarga binoan Qashqadaryo viloyati turistik destinatsiyalarining transport jihatdan optimal tur-marshrutlari asosida “Sahrodan – muzlikkacha” magistrali ko‘rinishidagi o‘zaro bog‘langan marshrutlar portfelini shakllantirish taklifi Qashqadaryo viloyati Turizm boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 7-avgustdagi 03-10-17-7592-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida turistik destinatsiyalarining transport jihatdan optimal tur-marshrutlari asosida o‘zaro bog‘langan marshrutlar portfelini takomillashtirish imkoni yaratilgan

Yangiliklarga obuna bo‘lish