Nematov Ulug‘bek Muxtarjanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona vodiysi sharoitida takroriy ekin soya navlaridan yuqori va sifatli hosil etishtirishda sug‘orish tizimlarini asoslash”, 06.01.02– Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019./3.DSc/Qx74.
Ilmiy maslahatchi: Isashev Anvarjon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Isaev Sobirjon Xusanboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim, Norqulov Usmonqul, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor, Yormatova Dilorom Ermatovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysining o‘tloqi bo‘z va och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doydan keyin takroriy ekilgan soya navlarining ilmiy asoslangan sug‘orish tizimlari va usullarini turli sug‘orish tizimlarida tuproqqa ishlov berish usullari, maqbul oziqlantirish tartiblarini va ularning soya o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligiga ta’sirini aniqlash hamda bu bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, Farg‘ona vodiysinig o‘tloqi va och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doydan keyin takroriy soya navlarini etishtirishda tuproqqa ishlov berish usullari va ma’dan o‘g‘itlar me’yoriga bog‘liq xolda ilmiy asoslangan maqbul sug‘orish tartiblari, uni amalga oshiruvchi suv tejamkor sug‘orish texnologiyasi ishlab chiqilgan, suv tanqisligining salbiy oqibatlarini kamaytirishdagi samaradorliklari aniqlangan;
o‘tloqi bo‘z tuproqlar sharoitida soyaning “Yug-30” va “5334” navlarin maqbul sug‘orish tartiblari, ularining suv iste’moli aniqlangan;
sizot suvlari yaqin joylashgan o‘tloqi bo‘z tuproqlar sharoitida takroriy soya navlarining urug‘lariga belgilangan me’yorda rizotorfin bilan ishlov berilgan va sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-80-70% tartibda sug‘orilganda o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun maqbul sharoit yaratilgan;
soyani sug‘orish texnologiyasining tuproq suv fizik xossalariga ta’siri aniqlanib, sug‘orishlar egat oralatib plyonka to‘shab o‘tkazilganda soyadan yuqori don hosili olish uchun maqbul sharoit yaratilishi aniqlangan;
Qo‘llanilgan agrotexnologiyalarning soya ekinidagi iqtisodiy samaradorligi isbotlab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tloqi bo‘z va och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida tuproq unumdorligini yaxshilash, ekinlar xosildorligini oshirish, qisqa navbatlab ekish tizimida takroriy ekin sifatida soyani ekish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
soya urug‘ini ekish, soya o‘simligini etishtirishning agrotexnikasi bo‘yicha “Kuzgi bug‘doydan keyin takroriy ekilgan soya o‘simligini etishtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar” ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 7 sentyabrdagi 02/021-2176-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalar Farg‘ona vodiysi fermer xo‘jaliklarida kuzgi bug‘doydan keyin takroriy ekilgan soya o‘simligini etishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
Farg‘ona vodiysining o‘tloqi bo‘z va och tusli bo‘z tuproq sharoitlarida g‘o‘zaning maqbul o‘g‘it miqdorlari (2012-2013 yillari) fermer xo‘jaliklarida 180 ga gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 7 sentyabrdagi 02/021-2176-son ma’lumotnomasi). Ushbu texnologiyalarni joriy etish natijasida 5,2 va 6,9 s/ga qo‘shimcha paxta hosili etishtirishga erishilgan;
soya o‘simligining maqbul sug‘orish tartiblari (2013-2017 yillari) va sug‘orish usullari (2015-2016 yillari) Farg‘ona vodiysining fermer xo‘jaliklarida 347 ga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 7 sentyabrdagi 02/021-2176-son ma’lumotnomasi), natijada rentabellik darajasi 97% ni tashkil etgan;
Andijon viloyatining Oltinko‘l, Andijon va Shahrixon tumanlari hamda Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on, Chortoq va Namangan tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarida soya etishtirish texnologiyasi jami 527 gektarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 7 sentyabrdagi 02/021-2176-son ma’lumotnomasi). Natijada soya hosildorligi 25 s/ga ni tashkil etib, shartli sof daromad 10-15 foiz, gektaridan 600-800 ming so‘m foyda olingan.