Turg‘unov Shuxratjon Nozimjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida salbiy ekspressivlikning sotsiolingvistik xususiyatlari (haqorat misolida)”, 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil.5797.
Ilmiy rahbar: Samigova Xushnuda Botirovna, filologiya fanlari doktori(DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat chet tillar instituti,  PhD.03/2025.27.12.Fil.35.02.
Rasmiy opponentlar: Sarimsoqov Xurshid Abdumalikovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; A’zamov Sayfulbot Muxamadalievich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida salbiy ekspressivlik (haqorat)ni ifodalovchi lisoniy vositalarning lingvistik, sotsiolingvistik, gender va  lingvomadaniy xususiyatlari hamda ularning bir-biriga o‘xshash va farqli jihatlarini asoslab berishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
salbiy ekspressivlik (haqorat)ning ifoda etilishida ingliz tilida invektiv ma’no asosan intonatsion/prosodik kuchaytirish, slur-leksika tizimi, ellipsisga asoslangan elliptik konstruksiyalarda, o‘zbek tilida esa pejorativ affiksli derivatsion modellar, juft va takroriy leksik birliklar, milliy obrazlilikka xos lingvopoetik vositalarda ustuvorligi ilmiy asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillarida salbiy ekspressivlik (haqorat) ijtimoiy qatlam, qarindoshlik darajasi, yosh va hudud kesimida tillarda namoyon bo‘lishi; ingliz tilida haqorat individual xatti-harakat va shaxsga doir bevosita kamsitishga yo‘naltirilgan ochiq shaklda ifodalanishi, o‘zbek tilida esa jamiyatning umumiy axloqiy qadriyatlari, oila sha’ni va ijtimoiy mavqeni aks ettiruvchi lisoniy birliklarda nutqda namoyon bo‘lishi dalillangan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda salbiy ekspressivlik (haqorat) gender va neytral leksik guruhlarga bo‘linishi, gender-markerlangan haqorat semalarining har ikki tilda yuqoriligi, o‘zbek tilida ijtimoiy-obro‘ va nomusga doir kamsituvchi birliklar, ingliz tilida esa irqiy mansublikka yonaltirilgan haqoratning ustuvorlik qilishi dalillangan;
salbiy ekspressivlik (haqorat)ning milliy-madaniy jihatlari ingliz tilida gender stereotiplari bilan bog‘liqligi hamda irqiy-diskriminativ birliklar, tana va fiziologik jarayonlarga oid qo‘pol leksikaning nutqda ustuvorligi, o‘zbek tilida esa axloqi-didaktik birliklar, nasl-nomusga va ijtimoiy maqomga qaratilgan kamsituvchi lisoniy vositalarning faolligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida salbiy ekspressivlikning sotsiolingvistik xususiyatlari mavzusi bo‘yicha olib borilgan  tadqiqot natijalari asosida:
salbiy ekspressivlik (haqorat)ning ifoda etilishida ingliz tilida invektiv ma’no asosan intonatsion/prosodik kuchaytirish, slur-leksika tizimi, ellipsisga asoslangan elliptik konstruksiyalarda, o‘zbek tilida esa pejorativ affiksli derivatsion modellar, juft va takroriy leksik birliklar, milliy obrazlilikka xos lingvopoetik vositalarda ustuvorligi komponent va statistik tahlil asosida ilmiy asoslanganligiga oid mulohazalardan 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 4-dekabrdagi 04/1-5822-son ma’lumotnomasi). Natijada salbiy ekspressivlik (haqorat)ning ifoda etilishida ingliz va o‘zbek tillarida lingvopoetik vositalarning farqlanishi borasidagi yangicha qarashlar o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratishga xizmat qilgan; 
ingliz va o‘zbek tillarida salbiy ekspressivlik (haqorat) ijtimoiy qatlam, qarindoshlik darajasi, yosh va hudud kesimida tillarda namoyon bo‘lishi; ingliz tilida haqorat individual xatti-harakat va shaxsga doir bevosita kamsitishga yo‘naltirilgan ochiq shaklda ifodalanishi, o‘zbek tilida esa jamiyatning umumiy axloqiy qadriyatlari, oila sha’ni va ijtimoiy mavqeni aks ettiruvchi lisoniy birliklarda nutqda namoyon bo‘lishi  sotsiolingvistik tahlil asosida dalillanganliga oid xulosalardan hamda chog‘ishtirilayotgan tillarda salbiy ekspressivlik (haqorat) gender va neytral leksik guruhlarga bo‘linishi, gender-markerlangan haqorat semalarining har ikki tilda yuqoriligi, o‘zbek tilida ijtimoiy-obro‘ va nomusga doir kamsituvchi birliklar, ingliz tilida esa irqiy mansublikka yonaltirilgan haqoratning ustuvorlik qilishi komponent va statistik tahlil asosida dalillanganligiga oid   xulosalardan 2023-2024-yillarda amalga oshirilgan “ERASMUS+ Capacity Building Project 101129076 EMPOWER: Women Entrepreneurship, Empowerment, employability and self–confidence” loyihasida foydalanilgan (Namangan davlat chet tillar universiteti EMPOWER loyihasi koordinatorining 2025-yil 27-dekabrdagi EMPOWER-0142-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha uchun tayyorlangan materiallar mazmun jihatdan boyitilgan;
salbiy ekspressivlik (haqorat)ning milliy-madaniy jihatlari ingliz tilida gender stereotiplari bilan bog‘liqligi hamda irqiy-iskriminativ birliklar, tana va fiziologik jarayonlarga oid qo‘pol leksikaning nutqda ustuvorligi, o‘zbek tilida esa axloqiy-didaktik birliklar, nasl-nomusga va ijtimoiy maqomga qaratilgan kamsituvchi lisoniy vositalarning faolligi chog‘ishtirma tahlil asosida isbotlanganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Jahon adabiyoti”, “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot” radioeshittirishlari hamda “O‘zbekiston vaqti bilan” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda (2024-2025-yillar davomida) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 14-noyabrdagi 05-09-1877-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy-madaniy skriptlarga asoslangan tadqiqot xulosalari radioeshittirish va ko‘rsatuv ssenariylarining g‘oyaviy yo‘nalishini belgilashda muhim metodik manba vazifasini bajargan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish