Rasulova Kamola Yunusjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Odob-axloq ifodalovchi frazeologizmlarning transformatsiyasi va qiyosiy-chog‘ishtirma tahlili (rus va o‘zbek tillari materiali asosida)” 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fil5352.
Ilmiy rahbar: Umurova Guzal Xotamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.09.07.
Rasmiy opponentlar: Bobokalonov Ramazon Rajabovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Bushuy Tatyana Anatolevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi odob-axloq ifodalovchi frazeologizmlarning semantikasi va lingvomadaniy xususiyatlarini, hamda ularning ekvivalentlik darajasini ochib berish, shuningdek, rus va o‘zbek tillari materialida ularning transformatsiya turlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rus va o‘zbek metaforizatsiyasining farqli tomonlari aniqlanib, rus frazeologiyasi o‘zining yuqori darajadagi ekspressivligi, obrazliligi va konkretligi bilan ajralib turishi hamda unda zoomorfik (hayvonlar obrazlari), demonik (yovuz kuchlar) va somatik (tana a’zolari) metaforalar keng qo‘llanilishi, o‘zbek frazeologiyasi esa, aksincha, vazminroq, odob-axloq meʼyorlariga yoʻnaltirilgan ifoda shakllariga moyil bo‘lib, unda ichki garmoniya va ma’naviy poklik toifasi muhim rol o‘ynashi ochib berilgan;
rus va o‘zbek tillari frazeologik manzarasida “shaxsning odob-axloq fazilatlari”ni umumlashtiruvchi xarakter (ezgulik-yovuzlik); insonning xatt-harakatlari (halollik-xiyonat); insonparvarlik (odamlarga muhabbat); axloqiy ishbilarmonlik (mehnatsevarlik-dangasalik); xulq-atvorni axloqiy tartibga solish (donolik, muloqot, mo‘tadillik) kabi sifatlari aniqlangan;
rus va o‘zbek tillaridagi frazeologik olam manzaralari o‘rtasidagi farqli jihatlar aniqlashtirilib, unda o‘zbek tilida axloqiy me’yorlari asosan insonning ichki holati, uning “ruhiyati”, “qalbi” va “niyati” orqali idrok etilishi, bunda shaxsning ma’naviy mohiyatini aks ettiruvchi ko‘ngil, qalb, yurak kabi konseptlar markaziy o‘ringa chiqishi, rus tilida esa, aksincha, urg‘u ko‘proq insonning tashqi xulq-atvori, xatti-harakatlari va fazilatlarining namoyon bo‘lish shakllari orqali berilishi dalillangan;
zamonaviy ommaviy axborot vositalari matnlarida transformatsiyaning quyidagi asosiy turlari yaqqol ajralib turishi ochib berilib, bunda frazeologizm tarkibining kengayishi, frazeologizm tarkibining qisqarishi, komponentlarning almashinuvi hamda grammatik transformatsiya va frazeologizmlarning tarkibiy transformatsiyasi OAV tilida nafaqat ekspressiv tasvir vositasi, balki yorqin ifodalangan ijtimoiy baho berish funksiyasini ham bajarishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dunyoning frazeologik manzarasida insonning odob-axloqiy bahosini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy tavsiyalar asosida:
rus va o‘zbek metaforizatsiyasining farqli tomonlari aniqlanib, rus frazeologiyasi o‘zining yuqori darajadagi ekspressivligi, obrazliligi va konkretligi bilan ajralib turadi hamda unda zoomorfik (hayvonlar obrazlari), demonik (yovuz kuchlar) va somatik (tana a’zolari) metaforalar keng qo‘llanilishi va o‘zbek frazeologiyasi esa, aksincha, vazminroq, odob-axloq meʼyorlariga yoʻnaltirilgan ifoda shakllariga moyil bo‘lib, unda ichki garmoniya va ma’naviy poklik toifasi muhim rol o‘ynashi ochib berilganligiga oid xulosalardan “AM-F3-201908172” mavzusidagi amaliy loyihada hamda “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” ruscha-o‘zbekcha elektron lug‘at tuzish, milliy realiyalar va qadriyatlarni umumlashtirish, chog‘ishtirma matnlarni terishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 13-dekabrdagi 04/1-4120-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya materiallari sotsiolingvistika, qiyosiy-chog‘ishtirma tipologiya, chog‘ishtirma tilshunoslik kabi fanlarni o‘qitishda, shuningdek, mazkur amaliy loyiha bo‘yicha elektron resurslar, bosma darsliklar, nazariy va amaliy materiallar tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
rus va o‘zbek tillari frazeologik manzarasida “shaxsning odob-axloq fazilatlari”ni umumlashtiruvchi xarakter (ezgulik-yovuzlik); insonning xatt-harakatlari (halollik-xiyonat); insonparvarlik (odamlarga muhabbat); axloqiy ishbilarmonlik (mehnatsevarlik-dangasalik); xulq-atvorni axloqiy tartibga solish (donolik, muloqot, mo‘tadillik) kabi sifatlari asosida tizimli tavsiflangan o‘rinlardan FA-F1-005-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” innovatsion loyihasida foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2024-yil 12-dekabrdagi 527-son ma’lumotnomasi). Natijada olamning lisoniy manzarasida frazeologizmlarning estetik qimmati, ularning ikki tildagi o‘xshash va farqli tomonlarining o‘ziga xos jihatlari o‘qituvchilar e’tiboriga etkazilgan;
rus va o‘zbek tillaridagi frazeologik olam manzaralari o‘rtasidagi farqli jihatlar aniqlashtirilib, unda o‘zbek tilida axloqiy meyorlari asosan insonning ichki holati, uning “ruhiyati”, “qalbi” va “niyati” orqali idrok etilishi, bunda shaxsning ma’naviy mohiyatini aks ettiruvchi ko‘ngil, qalb, yurak kabi konseptlar markaziy o‘ringa chiqishi, rus tilida esa, aksincha, urg‘u ko‘proq insonning tashqi xulq-atvori, xatti-harakatlari va fazilatlarining namoyon bo‘lish shakllari orqali berilishi dalillanganligiga doir xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi qoshidagi “Sadoqat” adabiy to‘garagi faoliyatida, adabiy kechalar, ijodkor yoshlar bilan uchrashuvlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 12-dekabrdagi 01-03/982-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida umumiy tilshunoslik, qiyosiy tipologiya, chog‘ishtirma tilshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv adabiyotlari va lug‘atlar tuzishda ikki tilda inson go‘zalligini ifodalovchi so‘z va so‘z birikmalarining leksik-semantik xususiyatlarini tahlil qilish hamda rus va o‘zbek tillarida inson go‘zalligini ifodalashda qo‘llaniladigan so‘z va so‘z birikmalarini tanlash imkonini bergan;
zamonaviy ommaviy axborot vositalari matnlarida transformatsiyaning quyidagi asosiy turlari yaqqol ajralib turishi ochib berilib, bunda frazeologizm tarkibining kengayishi, frazeologizm tarkibining qisqarishi, komponentlarning almashinuvi hamda frazeologizm komponentlarning grammatik transformatsiyasi va frazeologizmlarning tarkibiy transformatsiyasi OAV tilida nafaqat ekspressiv tasvir vositasi, balki yorqin ifodalangan ijtimoiy baho berish funksiyasini ham bajarishi asoslanganligiga oid ilmiy natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshitirishlari ssenariysini yozishda dissertatsiyasi ilmiy natijalaridan foydalanilgan va muallif bilan suhbatlar uyushitrilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston Teleradiokanali” Davlat muassasasining 2025-yil 6-iyundagi 26-36-997-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvlarning mazmun-mundarijasi ilmiy-ommaboplik jihatidan boyitilgan, yoritilayotgan masalalarning nazariy asoslanganligi kuchaytirilgan hamda yangi ilmiy manbalar bilan to‘ldirilgan.