Sultanov Umbetali Tazabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy Qizilqumda lokal dehqonchilik agrotexnologiyasi elementlarini yaratish», 06.01.01– Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Qx266.
Ilmiy rahbar: Allanov Xoliq Keldiyorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Boltaev Saydulla Maxsudovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim. Ibragimov Odiljon Olimjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Qizilqum hududining qumli cho‘l tuproqlar sharoitida lokal dehqonchilikda beda pichani va makkajo‘xori yashil massasidan yuqori hosil olishda ma’dan o‘g‘itlarning maqbul me’yorlari, tuproqqa ishlov berish chuqurligi va sideratlarni o‘g‘it sifatida qo‘llash agrotexnologiyasi elementlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Markaziy Qizilqumning qumli cho‘l tuproqlari sharoitida tuproqqa ishlov berish chuqurligi, ma’dan o‘g‘itlar me’yori va sideratlarning tuproqning suv‒fizik hamda agrokimyoviy xossalariga ta’siri aniqlangan;
bedaning o‘sib rivojlanishi va pichan hosiliga tuproqqa ishlov berish chuqurligi, ma’dan o‘g‘itlar me’yorining ta’siri aniqlangan;
makkajo‘xorining ikkinchi va uchunchi yilda o‘sib‒rivojlanishi va yashil massa hosiliga tuproqqa ishlov berish chuqurligi, ma’dan o‘g‘itlar me’yori va sideratlarning ta’siri aniqlangan;
tuproqqa ishlov berish chuqurligi, ma’dan o‘g‘itlar me’yorining tuproq unumdorligiga, agrofizikaviy, agrokimyoviy xossalariga, beda pichani hosildorligiga hamda makkajo‘xori yashil massa hosiliga siderat o‘g‘itlar ta’sirining iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
beda va makkajo‘xori hosildorligini oshirishda tuproqqa ishlov berish chuqurligi va ma’dan o‘g‘itlar me’yorlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
beda va makkajo‘xoridan yuqori va sifatli hosil etishtirish agrotexnologiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida fermer xo‘jaliklari uchun hammualliflikda “Markaziy Qizilqumning mavjud er va suv resurslaridan foydalanib lokal dehqonchilik agrotexnologiyasi elementlarini ishlab chiqish” nomli tavsiya ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 8-avgustdagi 02/029-1663-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyalar Navoyi viloyatining qishloq xo‘jaligi boshqarmalari hamda chorvachilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida foydalanilmoqda;
beda etishtirishda tuproqqa ishlov berish chuqurligi va ma’dan o‘g‘itlar qo‘llash agrotexnologiyalari Navoyi viloyati Konimex tumanining qumli tuproqlari sharoitida 11 gektar maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 8-avgustdagi 02/029-1663-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproqqa 15‒20 sm chuqurlikda ishlov berilib beda ekiniga, mineral o‘g‘itlar N‒100, P2O5‒120, K2O‒100 kg/ga me’yorda qo‘llanilganda 2 yilda o‘rtacha 94,6 s/ga pichan hosili olinib, nazoratga nisbatan 33,1 s/ga qo‘shimcha hosil olingan va tuproq unumdorligi yaxshilangan;
makkajo‘xori etishtirishda tuproqqa ishlov berish chuqurligi va ma’dan o‘g‘itlar qo‘llash agrotexnologiyalari Navoyi viloyati Konimex tumanining qumli tuproqlari sharoitida 10 gektar maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 8-avgustdagi 02/029-1663-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproqqa 15‒20 sm chuqurlikda ishlov berilib ma’dan o‘g‘itlar me’yori N‒250, P2O5‒175, K2O‒125 me’yorda qo‘llanilib, yil oralatib ekilgan siderat ekini ta’sirida 774,0 s/ga yashil massa hosili olingan. Ikki yilda o‘rtacha nazorat variantiga nisbatan haydash chuqurligi va ma’dan o‘g‘itlar me’yori hisobiga 208,4 s/ga qo‘shimcha hosil olingan.