Xolmatova Vazira Narzullaevnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): So‘roq  gaplari nutqiy faollashuvining pragmatik-diskursiv va stilistik jihatlari (ingliz va o‘zbek tillari misolida), 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/Fil1155.
Ilmiy maslahatchi: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05. 
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldosheva Xolida Qo‘zievna, filologiya fanlari doktori, professor; Jumaboeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor; Toirova Guli Ibragimovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi so‘roq gaplarning nutqiy faollashuvini pragmatik-diskursiv va stilistik jihatlardan ochib berish va ularning badiiy matndagi faolligini ilmiy asoslashdan iborat.   
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
so‘roq gaplarning tasnifiy va kommunikativ tabiati ilmiy asosda qayta belgilanib, so‘roq gaplar an’anaviy sintaktik tasnifi bilan cheklanmay, ularning kommunikativ maqsad, intensiya, illokutiv kuch asosida shakllanuvchi yangi tasnif modeli ishlab chiqilgan hamda informatsion, ekspressiv, sugGEStiv, kontakt o‘rnatuvchi, modal-baholovchi turlarga ajratilgan;
so‘roq shaklidagi sintaktik tuzilmaning denotativ va pragmatik ma’nolari o‘rtasidagi farq va munosabat aniqlanib, faqat grammatik shakl emas, balki nutq vaziyati, adresat, diskurs sharoiti kabi omillar ta’sirida so‘roq gaplarda noaniqlik, tagma’no, modallik, implisit ma’no yuzaga kelish mexanizmlari aniqlanib, ularning matn kompozisiyasi, diskurs dinamikasi hamda kommunikativ maqsadni shakllantirishdagi funksional qonuniyatlari asoslangan;
so‘roq gaplar mazmunidagi pragmatik transpozisiyaning yangi modellari ishlab chiqildi, so‘roq shakli real so‘rash, ritorik so‘roq, talab, ta’na, ko‘rsatma, taklif, yolg‘on-so‘rov kabi nutqiy akt sifatida qo‘llanish holatlari tasniflangan, ularning illokutiv vazifaviy transpozisiyasi to‘g‘risida yangi nazariy xulosalar asoslangan;
badiiy matn kompozisiyasida so‘roq gaplarning vazifaviy imkoniyatlari ilmiy jihatdan yangi asosda talqin qilinib, so‘roq gaplarning badiiy matnda syujet dinamikasi, qahramon ichki monologini faollashtirish, muallif pozisiyasini yashirin formada ifodalash kabi vazifalari kompleks ravishda isbotlangan;
matnda so‘roq gaplar vositasida tagma’no yaratishning lingvopragmatik mexanizmi ilmiy asosda so‘roq gaplar orqali implikatsiya, presuppozisiya, pragmatik siljish va mulohazaga undashning amal qilish qonuniyatlari nazariy asoslangan va so‘roq gaplarning implisit mazmun yaratishdagi rolini aniqlash usuli ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. So‘roq gaplari nutqiy faollashuvining pragmatik-diskursiv va stilistik jihatlari tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
so‘roq gaplarning tasnifiy va kommunikativ tabiati ilmiy asosda qayta belgilanib, so‘roq gaplar an’anaviy sintaktik tasnifi bilan cheklanmay, ularning kommunikativ maqsad, intensiya, illokutiv kuch asosida shakllanuvchi yangi tasnif modeli ishlab chiqilgan hamda informatsion, ekspressiv, sugGEStiv, kontakt o‘rnatuvchi, modal-baholovchi turlarga oid ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-2025-yillarda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti va Germaniyaning Gumboldt universiteti bilan hamkorlikdagi “Erasmus+International KA107 Creidit mobility Key action 1-Mobility for learners and staff – Higher education student and staff mobility” mavzusidagi xalqaro ilmiy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 12-fevraldagi 04/1-816-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarni lingvistik va kommunikativlik qobiliyatini oshirish, pragmalingvistik kompetensiya sohasidagi bilimini takomillashtirish hamda ta’lim tizimi jaryonini mustahkamlash va barqarorlashtirish maqsadida yaratilgan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishda yangi yondashuv sifatida xizmat qilgan;
so‘roq shaklidagi sintaktik tuzilmaning denotativ va pragmatik ma’nolari o‘rtasidagi farq va munosabat aniqlanib, faqat grammatik shakl emas, balki nutq vaziyati, adresat, diskurs sharoiti kabi omillar ta’sirida so‘roq gaplarda noaniqlik, tagma’no, modallik, implisit ma’no yuzaga kelish mexanizmlari aniqlanib, ularning matn kompozisiyasi, diskurs dinamikasi hamda kommunikativ maqsadni shakllantirishdagi funksional qonuniyatlariga oid ilmiy xulosalaridan hamda so‘roq gaplar mazmunidagi pragmatik transpozisiyaning yangi modellari ishlab chiqildi, so‘roq shakli real so‘rash, ritorik so‘roq, talab, ta’na, ko‘rsatma, taklif, yolg‘on-so‘rov kabi nutqiy akt sifatida qo‘llanish holatlari tasniflangan, ularning illokutiv vazifaviy transpozisiyasi to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining IL-402104209 “Axborot qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 12-fevraldagi 04/1-817-son ma’lumotnomasi). Natijada, chet tilini o‘rgatishda intensiyaning tagma’noli ifodalanishi sabablari, til tizimiga xos leksik-grammatik ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda, ekstralingvistik omillar bilan bog‘liq holda olib borilishiga xizmat qilgan;
badiiy matn kompozisiyasida so‘roq gaplarning vazifaviy imkoniyatlari ilmiy jihatdan yangi asosda talqin qilinib, so‘roq gaplarning badiiy matnda syujet dinamikasi, qahramon ichki monologini faollashtirish, muallif pozisiyasini yashirin formada ifodalash kabi vazifalariga oid ilmiy xulosalaridan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2023-2025-yillarda bajarilgan IL-27-4722022413-sonli “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyihasida foydalanilgan (Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining 2026-yil 24-fevraldagi 11-25/94-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarjimada uchraydigan badiiy va publisistik matnlarni tahlil qilishda qo‘llanilgan so‘roq gaplarning pragmatik “xaritasi” amaliyotga joriy etilgan bo‘lib, ushbu “xarita” orqali nutqdagi savollarning vazifasi, ritorik savollar va ta’sirchanlik vazifasidagi savol konstruksiyalari aniq ajiratishga xizmat qilgan;
matnda so‘roq gaplar vositasida tagma’no yaratishning lingvopragmatik mexanizmi ilmiy asosda so‘roq gaplar orqali implikatsiya, presuppozisiya, pragmatik siljish va mulohazaga undashning amal qilish qonuniyatlari nazariy asoslangan va so‘roq gaplarning implisit mazmun yaratishdagi rolini aniqlash oid ilmiy xulosalardan O’zbekiston Milliy universitetida amalga oshirilgan Erasmus+ dasturining Project № 598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP “University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China (UNICAC)” mavzusidfagi ilmiy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O’zbekiston Milliy universitetining 2026-yil 11-fevraldagi 04/11-5382-son dalolotnomasi). Natijada, turli tizimli tillarda so‘roq gaplari nutqiy faollashuvining pragmatik-diskursiv va stilistik jihatlari ahamiyatini ochib beruvchi muhim ilmiy xulosalarni ilgari surishda foydalanilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish