Alieva Orzigul Zokir qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ijodkor badiiy – estetik dunyosi va istehzo usuli (Abdulla Oripov va Shavkat Rahmon ijodi misolida) ” 10.00.14 – XX asr o‘zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4341.
Ilmiy rahbar: G‘aniev Ilhom Muzaffarovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz  davlat pedagogika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05. 
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Normat Temirovich, filologiya fanlari doktori, dotsent;  Nuriddinov Shaxobiddin  Babayorovich,  filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi idrok etilgan voqelikning ijodkor badiiy-estetik tafakkurida ijodiy transformatsiyaga uchrash jarayonida istehzo usulining poetik funksiyasini Abdulla Oripov va Shavkat Rahmon she’riyati asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijodkor tomonidan idrok etilgan ijtimoiy borliqning badiiy qayta yaratilishi hamda muallifning estetik munosabatini ifodalash jarayonida istehzoning maxsus poetik usul sifatidagi g‘oyaviy-badiiy, semantik va ekspressiv kabi imkoniyatlari Abdulla Oripovning “Sarob”, “O‘rmondagi voqea”, “Tadbir”, “Gap bitta”, “Tilla baliqcha”, “Yuzma-yuz”, “Sovg‘a”, “Orol uchun”, “G‘alati mantiq”, “Zombi”, “Qo‘g‘irchoqlar”, “Dard”, “Darslik tuzuvchi”, “Rivoyat”, “Temir odam”,  “Jannat”, “Turmush tashvishlari”, “Aytishuv”, “Avlodlarga maktub”, “Hayot saboqlari”, “Qora taqdir”, “Etikdo‘z” she’rlari, “Ranjkom” dramatik dostoni hamda Shavkat Rahmonning “Avtobusdagi o‘ylar”, “Battol orzusi”, “Mashq”, “O‘shkent lahzasi”, “Bir kecha yodi”, “Ummon”, “Tilga kirgan baliqlar”, “Tarixiy ong”, “Davra”, “Orol dengizini saqlash borasida oliy rahbar mashaqqati”, “Go‘l”, “Ovchilar”, “Sulaymontog‘da o‘ylaganlarim” kabi she’rlari misolida ochib berilib, uning poetik go‘yani o‘quvchiga yetkazishdagi ahamiyati dalillangan;
Abdulla Oripov va Shavkat Rahmon she’riyatida istehzoning ijodkor badiiy-estetik dunyosini voqelantiruvchi poetik mexanizm sifatida badiiy g‘oya va uning intensiv ifoda topishdagi o‘rni ochib berilib, shoirning borliq, jamiyat va inson haqidagi falsafiy-estetik qarashlarini badiiy konsepsiya darajasida ifodalashdagi funksional ahamiyati asoslangan;
Ijtimoiy, tarixiy, lokal voqeliklarni badiiy gavdalantirishda istehzodan foydalanishning poetik modeli Abdulla Oripov va Shavkat Rahmon ijodi misolida qiyosiy-tipologik aspektda yoritilib, har ikki shoir poetikasiga xos serqatlamlik, metaforiklik, oppozitivlik singari umumiy qonuniyatlar bilan bir qatorda individual uslubni belgilovchi leksik, poetik-sintaktik, tasvir poetikasi, tasvir obekt kabi farqlovchi poetik xususiyatlar isbotlangan;
istehzo poetikasining so‘z, jumla  kabi leksik, sodda va qo‘shma, ko‘chirma va o‘zlashtirma gap, undalma, kiritmakabi sintaktik, nimsol, detal, badiiy tafsilot kabi obrazli va ko‘chma ma’no hosil qiluvchi badiiy vositalar bilan o‘zaro munosabati dallilanib, band, misra, poetik fikr o‘chog‘ikabi tashqi va majoz, metafora, allegoriya kabi ichki ma’no oppozisiyasi, ko‘pqatlamli semantika hamda badiiy-estetik ta’sirchanlikni yuzaga keltirishdagi g‘oya → poetik ifoda kabi poetik mexanizmlari ochib berilgan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ijodkor badiiy-estetik dunyosi va istehzo usuli  (Abdulla Oripov va Shavkat Rahmon ijodi misolida)  bo‘yicha olib borilgan tadqiqot asosida:
ijodkor tomonidan idrok etilgan ijtimoiy borliqning badiiy qayta yaratilishi hamda muallifning estetik munosabatini ifodalash jarayonida istehzoning maxsus poetik usul sifatidagi g‘oyaviy-badiiy, semantik va ekspressiv kabi imkoniyatlari Abdulla Oripovning “Sarob”, “O‘rmondagi voqea”, “Tadbir”, “Gap bitta”, “Tilla baliqcha”, “Yuzma-yuz”, “Sovg‘a”, “Orol uchun”, “G‘alati mantiq”, “Zombi”, “Qo‘g‘irchoqlar”, “Dard”, “Darslik tuzuvchi”, “Rivoyat”, “Temir odam”,  “Jannat”, “Turmush tashvishlari”, “Aytishuv”, “Avlodlarga maktub”, “Hayot saboqlari”, “Qora taqdir”, “Etikdo‘z” she’rlari, “Ranjkom” dramatik dostoni hamda Shavkat Rahmonning “Avtobusdagi o‘ylar”, “Battol orzusi”, “Mashq”, “O‘shkent lahzasi”, “Bir kecha yodi”, “Ummon”, “Tilga kirgan baliqlar”, “Tarixiy ong”, “Davra”, “Orol dengizini saqlash borasida oliy rahbar mashaqqati”, “Go‘l”, “Ovchilar”, “Sulaymontog‘da o‘ylaganlarim” kabi she’rlari misolida ochib berilib, uning poetik go‘yani o‘quvchiga yetkazishdagi ahamiyati dalillanganida oid yangiliklardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan IL-402104474 “Bolalaradabiyoti.uz” elektron plartforma va uning mobil ilovasini yaratish” nomli ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 17-martdagi 01/4-976-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ijodkor shaxs badiiy estetik dunyosining shakllanish omillari, badiiy asarda borliq va insonga munosabatni poetik aks ettirishning tipik shakllariga oid nazariy materiallar bilan boyitilgan;
Abdulla Oripov va Shavkat Rahmon she’riyatida istehzoning ijodkor badiiy-estetik dunyosini voqelantiruvchi poetik mexanizm sifatida badiiy g‘oya va uning intensiv ifoda topishdagi o‘rni ochib berilib, shoirning borliq, jamiyat va inson haqidagi falsafiy-estetik qarashlarini badiiy konsepsiya darajasida ifodalashdagi funksional ahamiyati asoslangani, ijtimoiy, tarixiy, lokal voqeliklarni badiiy gavdalantirishda istehzodan foydalanishning poetik modeli Abdulla Oripov va Shavkat Rahmon ijodi misolida qiyosiy-tipologik aspektda yoritilib, har ikki shoir poetikasiga xos serqatlamlik, metaforiklik, oppozitivlik singari umumiy qonuniyatlar bilan bir qatorda individual uslubni belgilovchi leksik, poetik-sintaktik, tasvir poetikasi, tasvir obekt kabi farqlovchi poetik xususiyatlar isbotlanganiga doir xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘¬zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 10-martdagi 01/904-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihaning lirik asarlar bilan bog‘liq nazariy ma’lumotlar orqali boyitilishiga erishilgan;
istehzo poetikasining so‘z, jumla  kabi leksik, sodda va qo‘shma, ko‘chirma va o‘zlashtirma gap, undalma, kiritmakabi sintaktik, nimsol, detal, badiiy tafsilot kabi obrazli va ko‘chma ma’no hosil qiluvchi badiiy vositalar bilan o‘zaro munosabati dallilanib, band, misra, poetik fikr o‘chog‘ikabi tashqi va majoz, metafora, allegoriya kabi ichki ma’no oppozisiyasi, ko‘pqatlamli semantika hamda badiiy-estetik ta’sirchanlikni yuzaga keltirishdagi g‘oya → poetik ifoda kabi poetik mexanizmlari ochib berilgani haqidagi xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining  “Vaqt mashinasi” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi muassasasining 2025-yil 25-iyundagi 01-33/478-son ma’lumotnomasi). Natijalar ko‘rsatuv mavzusi diorasidagi ma’lumotlarning ma’rifiy, ilmiy va amaliy jihatdan boyishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish