Alieva Dilshoda Zokir qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Hozirgi o‘zbek nasrida mifologik model va uning badiiy talqini, 10.00.14 – XX asr o‘zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4340.
Ilmiy rahbar: G‘aniev Ilhom Muzaffarovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05. 
Rasmiy opponentlar: To‘raev Damin, filologiya fanlari doktori, professor; Tojiboeva Muqaddas, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi yozma adabiyotda mifologik modelning badiiy uslub sifatida namoyon bo‘lish xususiyatlarini yoritish, asar g‘oyasini ochishda mifologizmlarning badiiy-estetik va semantik ahamiyatini asoslash, shuningdek, muallif miflarining shakllanish jarayonini Xurshid Do‘stmuhammad va Isajon Sulton asarlari misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
donishmand, qahramon, sehrgar, isyonkor, ijodkor kabi mifologik arxetiplar; Sizif, Boqiy Darbadar haqidagi mif syujeti elementlari, apokalipsis, Erosti saltanati, yovuz kuchlar bilan jang, boqiylik va foniylik singari mifga xos motiv, obraz va xronotoplarning yozma adabiyotdagi badiiy transformatsiyasi hamda zamonaviy kontekstda qayta talqin qilinishi natijasida yuzaga kelgan neomifologizmning fabula, konflikt, obraz, badiiy tasvir vositalari singari poetik xususiyatlari ochib berilgan;
hozirgi adabiy jarayonda mifning qayta dolzarblashuvi va mifologik modelning voqelikni badiiy aks ettirishdagi syujet, kompozisiya, leytmotiv, echim kabilar bilan bog‘liq funksional imkoniyatlari Isajon Sultonning “Uzuk”, “Bog‘i Eram”, “Yangi yil kechasi”, “Bir tomosha tarixi”, “Xazina” hikoyalari hamda “Boqiy darbadar” romani misolida isbotlangan;
Xurshid Do‘stmuhammadning “Bozor” romani va “Jajman” hikoyasida klassik miflar dekonstruksiyasi orqali moddiyunchlik, insoniy qadriyatlarning unutilishi, bir-birini aldash kabi global ma’naviy-axloqiy muammolarni badiiy talqin etish tamoyillari hamda olamning yaratilish, borliqda insonning o‘rni, fano va baqo  singari mifologik modellarning zamonaviy semantik imkoniyatlari asoslab berilgan;
Remifologizatsiya (zamonaviy ijtimoiy-tarixiy kontekstda miflarni qayta yaratish)ning sharqona dunyoqarash bilan uyg‘unlashuvi natijasida Xurshid Do‘stmuhammadning “Donishmand Sizif” romanida Sizif afsonasining insonning har ishga qodirligiga oid optimistik talqini shakllangani asoslanib, ushbu yondashuvning o‘zbek va jahon mifopoetikasidagi ilmiy-badiiy manzarasi dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hozirgi o’zbek nasrida mifologik model va uning badiiy talqini mavzusi bo’yicha olingan ilmiy xulosa va natijalar asosida:
donishmand, qahramon, sehrgar, isyonkor, ijodkor kabi mifologik arxetiplar; Sizif, Boqiy Darbadar haqidagi mif syujeti elementlari, apokalipsis, Erosti saltanati, yovuz kuchlar bilan jang, boqiylik va foniylik singari mifga xos motiv, obraz va xronotoplarning yozma adabiyotdagi badiiy transformatsiyasi hamda zamonaviy kontekstda qayta talqin qilinishi natijasida yuzaga kelgan neomifologizmning fabula, konflikt, obraz, badiiy tasvir vositalari singari poetik xususiyatlari ochib berilganiga doir xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan IL-402104474 “Bolalaradabiyoti.uz” elektron plartforma va uning mobil ilovasini yaratish ” nomli ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 17-martdagi 01/4-976-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh kitobxonlarning milliy nazrimizda kechayotgan poetik yangilanish jarayonlari haqidagi tasavvurlari kengayishiga va kitobxonlik madaniyati yuksalishiga erishilgan;
hozirgi adabiy jarayonda mifning qayta dolzarblashuvi va mifologik modelning voqelikni badiiy aks ettirishdagi syujet, kompozisiya, leytmotiv, echim kabilar bilan bog‘liq funksional imkoniyatlari Isajon Sultonning “Uzuk”, “Bog‘i Eram”, “Yangi yil kechasi”, “Bir tomosha tarixi”, “Xazina” hikoyalari hamda “Boqiy darbadar” romani misolida isbotlangani, Xurshid Do‘stmuhammadning “Bozor” romani va “Jajman” hikoyasida klassik miflar dekonstruksiyasi orqali moddiyunchlik, insoniy qadriyatlarning unutilishi, bir-birini aldash kabi global ma’naviy-axloqiy muammolarni badiiy talqin etish tamoyillari hamda olamning yaratilish, borliqda insonning o‘rni, fano va baqo  singari mifologik modellarning zamonaviy semantik imkoniyatlari asoslab berilganiga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan  PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘¬zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 10-martdagi 01/904-son ma’lumotnomasi). Natijada mifologiya bilan bogʻliq nazariy ma’lumotlarning boyitilishiga muhim asos qo‘yilgan;
qadimgi yunon mifologiyasi, xususan, Sizif haqidagi asotirlarning yozma adabiyotga ta’siri A.Kamyu, Tedor Kallifatides asarlari misolida, o’zbek adabiyotiga ta’siri X.Do’stmuhammadning “Donishmand Sizif” romani misolida tadqiq etilgan, shuningdek, G‘arb mifologiyasining sharqona tahlili, “Bozor” romani va “Jajman” hikoyasidagi sharqona mifologik motivlarning yangicha mazmun-mohiyat kasb etishi isbotlanganiga doir yangiliklardan “Mahalla” telekanalining  “Zamon va taqdirlar”, “Portret”, nomli ilmiy-ma’rifiy dasturlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanali” davlat muassasasining 2025-yil 23-iyundagi 02-16-174-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv mavzusi diorasidagi ma’lumotlarning ma’rifiy, ilmiy va amaliy jihatdan boyishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish