Ayrapetov Dmitriy Alekseevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Transport energetik qurilmalarining sovutish suyuqliklarining ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini tiklash usulini takomillashtirish”, 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam- B2026.2.PhD/T6618
Ilmiy rahbar: Hakimov Rovshan Muminovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.10/2025.27.12.T.01.02 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Inoyatxodjaev Jamshid Shuxratullaevich, texnika fanlari doktori (DSc), professor ; Rustamov Kamoliddin Jo'raboevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi transport energetik qurilmalarining sovitish suyuqliklarining ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini tiklash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qo‘llanilgan sovituvchi suyuqliklarni ko‘p bosqichli filtrlash hamda regeneratsiya qilish uslubi bazalt tolali qatlamning mexanik aralashmalarni ushlab qolish samaradorligi va filtrlash tezligini inobatga olgan holda tajriba-sinov orqali takomillashtirilgan;
regeneratsiyalangan antifrizga qo‘shiladigan ko‘p funksiyali qo‘shimcha tarkibi vodorod ko‘rsatkichi, ishqoriylik, zichlik, kristallanish harorati va antikorrozion xususiyatlarni tiklash imkoniyatini inobatga olgan holda neytrallash-sintez qilish orqali ishlab chiqilgan;
antifriz namunalarining termofizik hamda fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarini qiyosiy baholash mezonlari vodorod ko‘rsatkichi, ishqoriylik, zichlik, kristallanish harorati, qaynash harorati va issiqlik holati ko‘rsatkichlarini birgalikda inobatga olgan holda hisoblash-grafoanalitik tahlil orqali ishlab chiqilgan;
antifrizni qizdirish va sovitish sharoitida harorat ko‘rsatkichining vaqt davomida o‘zgarishini ifodalovchi regressiya bog‘liqliklari issiqlik holatini qiyosiy baholash imkoniyatini inobatga olgan holda korrelyasion-regression tahlil orqali ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Transport energetik qurilmalarida qo‘llanilgan sovituvchi suyuqliklarning ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini tiklash usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qo‘llanilgan sovituvchi suyuqliklarni ko‘p bosqichli filtrlash hamda regeneratsiya qilish uslubi Buxoro yo‘llardan muntazam foydalanish davlat korxonasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2026-yil 14-apreldagi 03/15-1938-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sovituvchi suyuqlik tarkibidagi mexanik aralashmalar miqdorini 0,20 % dan 0,01 % gacha kamaytirish imkonini bergan;
regeneratsiyalangan antifrizga qo‘shiladigan ko‘p funksiyali qo‘shimcha tarkibi Buxoro yo‘llardan muntazam foydalanish davlat korxonasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2026-yil 14-apreldagi 03/15-1938-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, regeneratsiyalangan antifrizning vodorod ko‘rsatkichini 7,369 dan 8,671 gacha, ishqoriyligini 2,5 sm3 dan 18,3 sm3 gacha, zichligini 1068 kg/m3 dan 1080 kg/m3 gacha oshirish hamda kristallanish haroratini -33 °C dan -46 °C gacha kamaytirish imkonini bergan;
antifrizning termofizik hamda fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarini qiyosiy baholash mezonlari Buxoro yo‘llardan muntazam foydalanish davlat korxonasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2026-yil 14-apreldagi 03/15-1938-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ekspluatatsiya davomida regeneratsiyalangan antifrizda vodorod ko‘rsatkichining 8,67 dan 7,55 gacha, ishqoriyligining 18,3 sm3 dan 10,2 sm3 gacha, o‘zgarishi hisobiga foydalanish chegarasini 31,5 ming km dan50 ming km gacha oshirish imkonini bergan;
antifrizni qizdirish va sovitish sharoitida haroratining vaqtga bog‘liq o‘zgarishini ifodalovchi regressiya bog‘liqliklari Buxoro yo‘llardan muntazam foydalanish davlat korxonasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2026-yil 14-apreldagi 03/15-1938-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qizdirish va sovitish jarayonida antifrizning issiqlik holatini baholash hamda yangi antifrizga nisbatan o‘rtacha harorat farqini 4,45 °C dan 0,15 °C gacha kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish