Sottorov Oybek Abdug‘anievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qashqadaryo viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida soya navlarini sug‘orish tartiblarini ishlab chiqish», 06.01.02–Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Qx402.
Ilmiy rahbar: Norqulov Usmonqul, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Avliyaqulov Mirzoolim Avazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim. Yormatova Dilorom, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo viloyatining qadimdan sug‘oriladigan tipik bo‘z, sizot suvlari chuqur joylashgan tuproqlarida asosiy ekin sifatida ekiladigan soya navlarining maqbul sug‘orish tartiblarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qashqadaryo viloyatining qadimdan sug‘oriladigan, sizot suvlari chuqur joylashgan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida asosiy ekin sifatida etishtirilgan soyaning Orzu, O‘zbekiston-2, Oltintoj va Selekta-201 navlarining sug‘orish sonlari, muddatlari va me’yorlari ishlab chiqilgan;
tezpishar va o‘rtapishar soya navlarining suvga bo‘lgan talabi va don hosili uchun sarflanadigan nisbiy suv sarfi, transpiratsiya jadalligi, koeffisienti va fotosintez mahsuldorligi aniqlangan;
soya navlarining turli sug‘orish tartiblaridagi o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi va moydorligi aniqlangan;
sug‘orish tartiblariga bog‘liq xolda soya navlarning o‘suv davri davomiyligi belgilandi va hosilining iqtisodiy samaradorligi aniqlangan;
soya navlarini etishtirishda foydalaniladigan FAO ning Aqua Crop modeli uchun ma’lumotlar bazasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qashqadaryo viloyatining qadimdan sug‘oriladigan, sizot suvlari chuqur joylashgan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida asosiy ekin sifatida etishtiriladigan soya navlarini sug‘orish tartiblari bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
asosiy ekin sifatida ekilgan soya navlaridan yuqori va sifatli hosil etishtirish texnologiyalari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida fermer xo‘jaliklari uchun hammualliflikda “Qashqadaryo viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida soya navlarini sug‘orish tartiblari” nomli tavsiya ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 30 sentyabrdagi 02/021-2723-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyalar qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan ilmiy xodimlar, fermer va dehqonlar tomonidan maqsadli foydalanilmoqda;
Qashqadaryo viloyati sharoitida soya navlarini sug‘orish tartiblari Shahrisabz tumanidagi fermer xo‘jaliklarida 5 gektar maydonga joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 30 sentyabrdagi 02/021-2723-son ma’lumotnomasi). Natijada soyaning o‘rtapishar O‘zbekiston-2 va Oltintoj navlarini mavsum davomida 6 marta sug‘orish, bunda gullashgacha bo‘lgan davrda 1 marta 600-650 m3/ga; gullash, dukkaklarni shakllanishi va pishish davrida 5 marta 900-950 m3/ga hisobida sug‘orish, mavsumiy sug‘orish me’yori 5200 m3/ga bo‘lishi aniqlangan;
asosiy ekin sifatida ekilgan soya navlarni etishtirishda ilmiy asoslangan sug‘orish tartiblari Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ va Kitob tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarga jami 29,5 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 30 sentyabrdagi 02/021-2723-son ma’lumotnomasi). Natijada soyadan 27,9-30,0 s/ga don hosili olingan, sof foyda 3,6-4,2 mln. so‘m/ga ni tashkil etib, rentabellik darajasi oshishiga erishilgan.