Turdieva Feruza Alisherovnaning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Arid hududda subirrigatsiya texnologiyasini ekologik-meliorativ-gidrologik asoslash va takomillashtirish (Qashqadaryo daryosi havzasi misolida)”, 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T76.
Ilmiy rahbar: Muradov Shuxrat Odilovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.18/2025.27.12.T.01.01. raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Botir Dadajonovich -“TIQXMMI” MTU Ekologiya va suv resurslarini boshqarish kafedrasi mudiri, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor. Gers Jasmina Viktorovna - Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti «Fuqarolik qurilishi va arxitektura» kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi, texnika fanlari falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Aeratsiya qatlamida namlikni boshqarish usullarini ishlab chiqish, rayonlashtirishni amalga oshirish hamda arid hududda ekologik-gidrologik sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha ilmiy va amaliy asoslarni belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo daryosi havzasida sizot suvlari minerallashuvi va asosiy ionlar tarkibining o‘zaro ta’sirini inobatga olgan holda tabiiy-antropogen ekotizimlar ekologik barqarorligini baholashning korrelyasion tahlil usuli takomillashtirilgan;
sizot suvlari sathining kritik chuqurlik intervallari “suv-tuproq-o‘simlik” tizimi ekologik barqarorligining gidrogeoekologik mezoni sifatida asoslangan;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va agroekotizimlarning ekologik barqarorligini ta’minlash maqsadida “Pog‘ona” usulidagi oqimni rostlovchi qurilmalar orasidagi optimal masofani aniqlashning takomillashtirilgan hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
ekologik xavflarni kamaytirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida aeratsiya qatlamining ekologik-meliorativ-gidrologik holatiga ta’sir etuvchi drenaj-sug‘orish tarmoqlari nisbatlarining maqbul parametrlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Arid hududda subirrigatsiya texnologiyasini ekologik-meliorativ-gidrologik asoslash va takomillashtirish (Qashqadaryo daryosi havzasi misolida)” ishlab chiqilib:
Qashqadaryo daryosi havzasida sizot suvlari minerallashuvi va asosiy ionlar tarkibining o‘zaro ta’sirini inobatga olgan holda tabiiy-antropogen ekotizimlar ekologik barqarorligini baholashning korrelyasion tahlil usuli takomillashtirilib, Qashqadaryo viloyati Qamashi va Mirishkor tumanlarida joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 17-noyabrdagi 03-03/1-03/3-11976-son ma’lumotnomasi). Natijada sizot suvlari minerallashuvi va asosiy ionlar tarkibining o‘zaro bog‘liqligini baholash aniqligi oshirilib, tabiiy-antropogen ekotizimlarning ekologik holati va barqarorligini tezkor baholash hamda ekologik xavf darajasi yuqori hududlarni aniqlash imkoniyati yaratilgan; 
sizot suvlari sathining kritik chuqurlik intervallari ’suv–tuproq–o‘simlik’ tizimi ekologik barqarorligining gidrogeoekologik mezoni ishlab chiqilib Qashqadaryo viloyatiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 17-noyabrdagi 03-03/1-03/3-11976-son ma’lumotnomasi). Natijada Qashqadaryo viloyati sharoitida sizot suvlari sathini ekologik xavfsiz boshqarish imkoniyati yaratilib, “suv–tuproq–o‘simlik” tizimining barqarorligini ta’minlash, tuproqlarning ikkilamchi sho‘rlanishi va degradatsiya jarayonlarining oldini olish hamda agroekotizimlarning ekologik holatini yaxshilashga erishilgan;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va agroekotizimlarning ekologik barqarorligini ta’minlash maqsadida ’Pog‘ona’ usulidagi oqimni rostlovchi qurilmalar orasidagi optimal masofani aniqlashning takomillashtirilgan hisoblash usuli ishlab chiqilib, Qashqadaryo viloyatida joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 17-noyabrdagi 03-03/1-03/3-11976-son ma’lumotnomasi). Natijada oqimni rostlovchi qurilmalarni joylashtirish parametrlarini optimallashtirish, suv resurslaridan samarali foydalanish, sizot suvlari rejimini tartibga solish hamda agroekotizimlarning ekologik barqarorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish