Karachik Nina Valerevna 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Toj yorqin nuqtalarining ikki turi: Quyoshning katta ko‘lamli va mahalliy faolligi bilan bog‘liqligi», 01.03.01 – Astronomiya (fizika-matematika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/FM319.
Ilmiy maslahatchi: Egamberdiev Shuhrat Abdumannapovich, fizika-matematika fanlari doktori, akademik, O‘zR FA Astronomiya instituti. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA Astronomiya instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti PhD.02/20.12.2019.FM.15.01 raqamli Ilmiy kengash asosida Bir martalik Ilmiy Kengash. 
Rasmiy opponentlar: Ahmedov Bobomurat Jo‘raevich, fizika-matematika fanlari doktori, akademik, (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Nazariy fizika ilmiy-tadqiqot instituti); Grigorev Viktor Mixaylovich, fizika-matematika fanlari doktori, Rossiya Fanlar akademiyasining muhbir a'zosi, (Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir filialining Quyosh-Er fizikasi instituti); Toshmatov Bobir Abdumanonovich, fizika-matematika fanlari doktori, (Yangi O‘zbekiston universiteti).
Yetakchi tashkilot: Rossiya Fanlar akademiyasining Qrim Astrofizika Observatoriyasi, (Rossiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi. Quyosh faolligi darajasiga bog‘liq holda TYNning shakllanish qonuniyatlari va ularning fazoviy-vaqt taqsimotini aniqlash, ularning quyosh faolligi jarayonlaridagi rolini baholash, jumladan quyosh shamolining tezlanishidagi ishtiroki, toj teshiklari va faol sohalar bilan bog‘liqligi, shuningdek turli masshtablardagi magnit maydonlar evolyusiyasiga qo‘shgan umumiy hissasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
statistik tahlil asosida toj yorqin nuqtalarini yorqin va xira turlarga ajratish metodikasi ishlab chiqilgan hamda ularni ajratish mezoni taklif qilingan, TYNlarining ikki turi mavjudligi fizik jihatdan asoslangan va ularning mos ravishda Quyosh global siklik hamda lokal turbulent dinamo jarayonlari bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan; 
SOHO kosmik observatoriyasi ma’lumotlari asosida TYNlarining turlari bo‘yicha fazoviy-vaqt taqsimoti hamda ikki Quyosh siklidan ortiq davrdagi shimol–janub assimetriyasi aniqlangan, bunda yorqin TYNlarining Shpyorer qonuniga bo‘ysunishi va quyosh dog‘lari assimetriyasiga yaqin qonuniyatlarga ega ekanligi, xira TYNlari uchun esa bunday bog‘liqlik kuzatilmasligi ko‘rsatilgan hamda ularning shakllanishining ikki xil fizik mexanizmi mavjudligi asoslangan; 
toj yorqin nuqtalari, toj teshiklari va tez Quyosh shamoli o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan, bunda tez Quyosh shamoli tezligining toj teshiklari umumiy maydoni bilan eng yuqori korrelyasiyaga ega ekanligi, TYN esa Quyosh shamolini tezlashtirishning asosiy omili emasligi ko‘rsatilgan; 
faol sohalar qoldiqlarida izolyasiyalangan nopolyar toj teshiklarining shakllanish xususiyatlari aniqlangan hamda Quyosh sikllari almashinuvida toroidal magnit maydondan poloidal magnit maydonga o‘tishning muqobil mexanizmi taklif qilingan; 
teleskop aperturasi, tarqoq yorug‘lik va kuzatuvchining ko‘rish xususiyatlarining kuzatiladigan quyosh dog‘lari soni, ularning guruhlari soni va maydoniga ta’siri aniqlangan, tarixiy va zamonaviy quyosh kuzatuvlarini o‘zaro taqqoslash imkonini beruvchi funksional bog‘liqliklar olingan hamda ularning amaliy qo‘llanishi asoslangan; 
neytral chiziq bo‘ylab magnit maydon gradientining quyosh tolalarining shakllanishiga ta’siri aniqlangan, tolalar mavjud va mavjud bo‘lmagan hududlarning magnit xususiyatlari taqqoslangan hamda neytral chiziq bo‘ylab magnit maydonning gorizontal gradienti quyosh tolalari shakllanishini belgilovchi yagona omil emasligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya doirasida olingan ilmiy natijalar asosida:
koronal teshiklar ichidagi koronal yorqin nuqtalar va Quyosh shamoli o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishga bag‘ishlangan Astrophysical Journal jurnalida 2011-yilda chop etilgan “Solar Wind and Coronal Bright Poins inside Coronal Holes” nomli maqolaga 21 ta iqtibos keltirilgan. 
faol oblastlar qoldiqlarida koronal teshiklarning shakllanish jarayonlarini tadqiq etishga bag‘ishlangan Astrophysical Journal jurnalida 2010-yilda chop etilgan “Formation of Coronal Holes on the Ashes of Active Regions” nomli maqolaga 31 ta iqtibos keltirilgan. 
Quyosh dog‘lari va ularning guruhlari sonini aniqlashga teleskop aperturasi, tarqalgan yorug‘lik hamda kuzatuvchining ko‘rish xususiyatlari ta’sirini baholashga bag‘ishlangan Monthly Notices of the Royal Astronomical Society jurnalida 2019-yilda chop etilgan “The Effect of Telescope Aperture, Scattered Light and Human Vision on Early Measuremens of Sunspot and Group Numbers” nomli maqolaga 13 ta iqtibos keltirilgan. 
Quyosh dog‘lari sonini qayta kalibrlash bo‘yicha xalqaro ilmiy hamkorlik doirasida tayyorlangan Solar Physics jurnalida 2023-yilda chop etilgan “Recalibration of the Sunspot-Number: Status Report” nomli maqolaga 72 ta iqtibos keltirilgan. 
koronal yorqin nuqtalarning ikki yarimshardagi soni va maydonining assimetriyasini tadqiq etishga bag‘ishlangan Monthly Notices of the Royal Astronomical Society jurnalida 2025-yilda chop etilgan “Hemispheric Asymmetry of Coronal Bright Point’s Number and Area over Solar Cycles 23–24” nomli maqolaga 4 ta iqtibos keltirilgan. 
magnit neytral chiziqlari gradientlari hamda filamentlarning shakllanish mexanizmlarini o‘rganishga bag‘ishlangan Solar Physics jurnalida 2014-yilda chop etilgan “Properties of Magnetic Neutral Line Gradiens and Formation of Filamens” nomli maqolaga 5 ta iqtibos keltirilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish