G‘ulomov Zuhriddin Baxromjon o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Dezinformatsion ziddiyatlar sharoitida yolg‘on axborotlarni tekshirish usullari: ijtimoiy-falsafiy tahlil” 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2PhD/Fal1582
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.F.10.02 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sohibov Salohiddin Anvarjon o‘g‘li falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Siddiqov Ilyosjon Baxromovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor; Gafforova Gulchehra Gulamjanovna falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dezinformatsion ziddiyatlar sharoitida yolg‘on axborotlarning ijtimoiy-falsafiy mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli jamiyat sharoitida dezinformatsion ziddiyatlarning ijtimoiy-falsafiy mohiyati yangicha talqinda tahlil qilinib, yolg‘on axborotning faqat kommunikativ emas, balki ijtimoiy ongni manipulyasiya qiluvchi latent kuch ekanligi asoslangan;
yolg‘on axborotning gnoseologik va aksiologik xususiyatlarini tizimlashtiriish orqali, bilish jarayonida haqiqat, ishonch va qadriyatlar o‘rtasidagi dialektik bog‘liqlik asosida “axborot ishonchliligi mezoni” tushunchasining yangicha falsafiy mohiyati ochib berilgan;
faktcheking amaliyotining ijtimoiy va axloqiy poydevori falsafiy jihatdan o‘rganilib, axborot sohasida mas’uliyat, adolat va axloqiy tanlov kategoriyalarining inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarga ta’siri dalillangan;
yolg‘on axborotni aniqlash va baholashning ijtimoiy-falsafiy modeli izohlanib, inson tafakkuri, axborot madaniyati va ijtimoiy ishonch tizimi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan holda axborotning haqqoniyligini baholovchi konseptual mexanizmlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekistonda axborot xavfsizligini ta’minlash va dezinformatsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
axborot makonida yuzaga kelayotgan dezinformatsion ziddiyatlarning ijtimoiy-falsafiy mohiyatini ochib berish, yolg‘on axborotlarning psixologik, metodologik va texnologik ta’sir omillarini tahlil etishga doir yangiliklardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil uchun chora-tadbirlar dasturining “G‘oya va mafkura masalalari hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” nomli III-yo‘nalishining amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar Rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va mar’ifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 2-iyuldagi №10/401-son dalolatnomasi). Natijada jamiyatda axborotga nisbatan tanqidiy fikrlash madaniyatini shakllantirishga, axborot makonida haqiqatni ajratib olish kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qilgan;
dezinformatsion muhitda haqiqat va ishonch mezonlarini falsafiy tahlil qilishga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetining “Mediasavodxonlik asoslari” fani bo‘yicha o‘quv dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti 2025-yil 4-aprel №04/11-4428-son Ma’lumotnoma). Natijada axborotni tekshirish (faktcheking) usullari, ijtimoiy ishonch va axloqiy mas’uliyat tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligini yorituvchi nazariy-uslubiy materiallar ishlab chiqilgan hamda ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan;
yolg‘on axborotlarni tekshirishning falsafiy-uslubiy modeli asosida ishlab chiqilgan “Axborot ishonchliligi va ijtimoiy ong” mavzusidagi metodik tavsiyalar Yoshlar ishlari agentligining 2024-yilgi rejasini ishlab chiqishda keng qo‘llanilgan. (O‘zbekiston respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 17-iyul №2-13-21-3934-son dalolatnomasi). Natijada jurnalistlar va axborot sohasi mutaxassislari uchun dezinformatsion materiallarni aniqlash, tahlil qilish va baholashning ijtimoiy-falsafiy mezonlari ishlab chiqilgan;
Yangi O‘zbekiston axborot makonida ijtimoiy ishonchni mustahkamlashga qaratilgan falsafiy tavsiyalardan Farg‘ona davlat universitetining “Ijtimoiy fanlar” fakulteti huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat markazi” faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilovchi Nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va mar’ifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 2-iyuldagi №10/401-son Dalolatnomasi). Natijada talabalar va yoshlar o‘rtasida yolg‘on axborotning ijtimoiy-axloqiy oqibatlari, haqiqat va ishonch madaniyatini shakllantirishga qaratilgan o‘quv-treninglar tashkil etilgan.