Ergashev Shahboz Dilmurodjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Milliy pedagogik tafakkurda jismoniy tarbiya g‘oyalarining tarixiy-genetik ildizlari (Folklor materiallari asosida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2026-06-0100
Ilmiy rahbar: Abdug‘aniev Ozod Tursunboy o‘g‘li pedagogika fanlari boyicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qo‘qon universiteti huzuridagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/2025.27.12.Ped.25.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mamajonov Ikromjon G‘anijonovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent; ikkinchi rasmiy opponent sifatida Gaziev Shukurjon Shuxrat o‘g‘li pedagogika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek folklori materiallari asosida milliy pedagogik tafakkurda jismoniy tarbiya g‘oyalarining tarixiy-genetik ildizlarini aniqlash, ularning janr va mazmun xususiyatlarini tizimlashtirish hamda zamonaviy ta’lim jarayoniga tatbiq etishning pedagogik texnologiyasini ishlab chiqish va tajribada asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek milliy pedagogik tafakkurida jismoniy tarbiya g‘oyalarining tarixiy-genetik ildizlari birinchi marta tizimli-genetik tahlil metodi asosida uch tarixiy bosqich (arxaik, klassik va yangilanish) kesimida ilmiy jihatdan asoslab berildi hamda ushbu g‘oyalarning doston, ertak, maqol, topishmoq, bolalar o‘yinlari, mavsum-marosim folklori orqali avloddan avlodga etkazilishining etnopedagogik mexanizmlari aniqlandi;
o‘zbek folklori janrlarida jismoniy tarbiyaga oid pedagogik g‘oyalar to‘rt funksional guruh (axborot-ma’rifiy, motivatsion-rag‘batlantiruvchi, metodik-amaliy va ijtimoiy-integrativ)ga tasnif etilib, har bir guruhning milliy pedagogik tafakkur shakllanishidagi o‘ziga xos o‘rni birinchi marta konseptual model sifatida asoslab berildi;
folklor materiallari asosida jismoniy tarbiyani tashkil etishning pedagogik texnologiyasi birinchi marta yaxlit pedagogik tizim sifatida ishlab chiqilib, uning tarkibiy tuzilmasi, bosqichlari hamda ta’lim jarayoniga tatbiq etish mexanizmlari nazariy jihatdan asoslandi va samaradorligi tajriba-sinov ishlarida tasdiqlandi;
milliy jismoniy madaniyat kompetentligi va jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi ijobiy korrelyasiya birinchi marta empirik tasdiqlanib, milliy-madaniy o‘zlikni anglashning jismoniy rivojlanishga bevosita turtki bo‘lishi etnopedagogikaning nazariy qoidasi sifatida isbotlandi va shu asosda “Milliy jismoniy madaniyat kompetentligi” mezonini o‘zbek ta’lim standartlariga kiritishga doir yondashuv ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotni amalga oshirish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbek milliy pedagogik tafakkurida jismoniy tarbiya g‘oyalarining tarixiy-genetik ildizlari birinchi marta tizimli-genetik tahlil metodi asosida uch tarixiy bosqich kesimida ilmiy jihatdan asoslangan (arxaik bosqich (milodiy VIII asrgacha): jismoniy tarbiya ibtidoiy marosim, ov va harbiy o‘yinlar bilan birlashgan; klassik bosqich (IX-XIX asrlar): islom madaniyati, Beruniy va Ibn Sino ta’limotlari, jadid pedagogikasi ta’sirida etuk nazariy shakl kasb etgan; yangilanish bosqichi (XX-XXI asrlar): sovet ta’limi tizimi va mustaqillik davri etnopedagogik sintezi) o‘rinlardan hamda folklor janrlari (doston, maqol, ertak, topishmoq) jismoniy tarbiya g‘oyalarini avloddan avlodga etkazuvchi etnopedagogik kanal sifatida ishlashiga doir ilmiy xulosalardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida amalga oshirilgan Z-2016-0909111822-raqamli “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2026-yil 11-iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur fundamental loyiha doirasida tayyorlangan darslik va o‘quv adabiyotlarining mazmuniga milliy jismoniy tarbiya hamda folklor-pedagogik merosga oid ilmiy asoslangan materiallar singdirilib, ularning ilmiy-nazariy saviyasi va milliy-ma’rifiy yo‘naltirilganligi oshirilgan.
Folklor materiallari asosida jismoniy tarbiyani tashkil etishning pedagogik texnologiyasi birinchi marta yaxlit tizim sifatida Farg‘ona davlat universiteti, Urganch davlat pedagogika instituti va Termiz davlat pedagogika institutida tajriba-sinovdan o‘tkazilgan. Besh pedagogik texnologiya (“Doston qahramoni”, “Maqol-mashq”, “Milliy o‘yinlar rotatsion jadvali”, “Folklor laboratoriyasi”, “Pahlavonlar oilasi”) tajriba guruhida jismoniy tayyorgarlikni 28-34 foizga, folklor-madaniy kompetentlikni 84 foizga oshirishi statistik jihatdan isbotlangan (Farg‘ona DU, Urganch DPI, Termiz DPI dalolatnomalari va OTFIV ning 2026-yil 5-iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarining “Jismoniy madaniyat” yo‘nalishidagi o‘quv jarayoniga besh pedagogik texnologiya tatbiq etilib, talabalarning jismoniy tayyorgarligi va folklor-madaniy kompetentligini oshirishga hamda milliy qadriyatlarga asoslangan jismoniy tarbiya amaliyotini takomillashtirishga erishilgan.
Milliy folklor-madaniy kompetentlik va jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi ijobiy korrelyasiya birinchi marta O‘zbekiston sharoitida empirik tasdiqlanganligi haqidagi xulosalar hamda “Milliy jismoniy madaniyat kompetentligi” mezonini O‘zbekiston ta’lim standartlariga kiritish uchun taqdim etilgan ilmiy asosdan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida amalga oshirilgan Z-2016-0909111822-raqamli “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2026-yil 11-iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur fundamental loyiha doirasida tayyorlangan darslik va o‘quv adabiyotlarining mazmuniga milliy jismoniy tarbiya hamda folklor-pedagogik merosga oid ilmiy asoslangan materiallar singdirilib, ularning ilmiy-nazariy saviyasi oshirilgan.
O‘zbek folklorida jismoniy tarbiyaga oid pedagogik g‘oyalarning birinchi marta to‘rt funksional guruhga (axborot-ma’rifiy – jismoniy rivojlanish haqida bilim uzatish; motivatsion-rag‘batlantiruvchi – jasorat va matonatni targ‘ib etish; metodik-amaliy – mashq usul va tartiblarini bayon etish; ijtimoiy-integrativ – jamoa va milliy birlik g‘oyasi) tasniflangan o‘rinlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yilgi chora-tadbirlar dasturida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” doirasidagi “Yangi ma’naviy makonni shakllantirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2026-yil 4-iyundagi 10/394-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning g‘oyaviy-mazmuniy asosini boyitishda folklorning to‘rt funksional guruhga oid tasnifidan foydalanilib, yoshlarda milliy o‘zlik, jasorat va jamoaviy birlik tuyg‘ularini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligi oshirilgan.