Rasulov Jamshid Karimovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada sanoat infratuzilmasini optimal tartibga solish mexanizmini takomillashtirish” (Xorazm viloyati misolida), 08.00.06  - “Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Iqt6685
Ilmiy rahbar: Xamroev Quvvat Iskandarovich, iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsaga doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Bayxonov Bahodirjon Tursunboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; O‘rozov Azamat Otaboevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqaviy sanoat infratuzilmasini optimal tartibga solish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa sanoati infratuzilmasini optimallashtirishda investision barqarorlik indeksining IBI<0,27 uzoq muddatli, 0,27<IBI<0,51 o‘rta muddatli, IBI>0,51 qisqa muddatli iteratsiya ko‘rsatkichlari yordamida investisiyalar ta’sirining noaniqligini baholash usuli hamda tizimda investision-innovatsion jarayonlar samaradorligini oshirishning 〖IBI〗_i=∑_(j=1)^M▒〖〖Zk〗_ij∙〖df〗_j/(∑_(j=1)^M▒〖df〗_j )〗 modeli taklif etilgan;
mintaqada qayta ishlash sanoati hajmi va ishlab chiqarish rentabelligini, eksport salohiyatini, yangi innovatsion korxonalar ko‘lamini oshirishda mavjud imkoniyatlarni chegarali baholash indeksining ACAI<0,54 past DMU, 0,54≤ACAI≤0,68 o‘rta DMU, ACAI>0,68 yuqori DMU toifali mezon ko‘rsatkichlari asosida sanoat infratuzilma resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish  va hududlararo taqsimot disproporsiyasini pasaytirishning MKT:φ^*=〖max〗_({φ,τ_j})⁡φ modeli taklif etilgan;
mintaqa sanoatida transport, energetika, axborotlashtirish, ishlab chiqarish-texnologik, moliyaviy, ijtimoiy-mehnat tizimi infratuzilmasining iqtisodiy parametrlarini μ_1=0,11; μ_2=0,05; μ_3=0,23; μ_4=0,08; μ_5=0,19; μ_6=0,04; μ_7=0,18; μ_8=0,15; μ_9=0,12 indeks birligiga optimallashtirish negizida ishlab chiqarish samaradorligini 1,15; investisiya jozibadorligini 1,2 koeffisient darajasida oshiruvchi panel mexanizmi taklif etilgan;
Xorazm viloyatida sanoat infratuzilmasini rivojlantirish asosida ishlab chiqarish hamda tarmoqda qo‘shimcha iqtisodiy o‘sishning vaqtli qator modellari yordamida 2026-2030-yillar uchun prognoz parametrlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada sanoat infratuzilmasini optimal tartibga solish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
mintaqa sanoati infratuzilmasini optimallashtirishda investision barqarorlik indeksining IBI<0,27 uzoq muddatli, 0,27<IBI<0,51 o‘rta muddatli, IBI>0,51 qisqa muddatli iteratsiya ko‘rsatkichlari yordamida investisiyalar ta’sirining noaniqligini baholash usuli hamda tizimda investision-innovatsion jarayonlar samaradorligini oshirishning 〖IBI〗_i=∑_(j=1)^M▒〖〖Zk〗_ij∙〖df〗_j/(∑_(j=1)^M▒〖df〗_j )〗 modeli bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimligi faoliyatida foydalanilgan  (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi 10-09/4085-son ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Xorazm viloyati hududlarining sanoat infratuzilmasida investision-innovatsion barqarorlik darajalarini baholashning metodik takomillashuviga erishilgan, investision oqimni nazorat qilish imkoniyati oshgan;
mintaqada qayta ishlash sanoati hajmi va ishlab chiqarish rentabelligini, eksport salohiyatini, yangi innovatsion korxonalar ko‘lamini oshirishda mavjud imkoniyatlarni chegarali baholash indeksining ACAI<0,54 past DMU, 0,54≤ACAI≤0,68 o‘rta DMU, ACAI>0,68 yuqori DMU toifali mezon ko‘rsatkichlari asosida sanoat infratuzilma resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish  va hududlararo taqsimot disproporsiyasini pasaytirishning MKT:φ^*=〖max〗_({φ,τ_j})⁡φ modeli bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimligi faoliyatida foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi 10-09/4085-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Xorazm viloyati sanoat infratuzilmasi iqtisodiy parametrlarini optimallashtirish imkoniyati kengayib, infratuzilma resurslaridan foydalanish samaradorligini ta’minlash modeli asosida sanoat ishlab chiqarish hajmini 1,27; ishlab chiqarish rentabelligini 1,31; eksport hajmini 1,37; innovatsion sanaot korxonalari sonini 1,55 barobarga oshirishning maqsadli loyihalari ishlab chiqilgan; 
mintaqa sanoatida transport, energetika, axborotlashtirish, ishlab chiqarish-texnologik, moliyaviy, ijtimoiy-mehnat tizimi infratuzilmasining iqtisodiy parametrlarini μ_1=0,11; μ_2=0,05; μ_3=0,23; μ_4=0,08; μ_5=0,19; μ_6=0,04; μ_7=0,18; μ_8=0,15; μ_9=0,12 indeks birligiga optimallashtirish negizida ishlab chiqarish samaradorligini 1,15; investisiya jozibadorligini 1,2 koeffisient darajasida oshiruvchi panel mexanizmi bo‘yicha taklifi Xorazm viloyat hokimligi faoliyatida foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi 10-09/4085-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Xorazm viloyatida hududlararo sanoat infratuzilmasini rivojlantirish sur’atini qo‘shimcha oshirishga erishilgan. Investision faollikning qoshimcha ravishda 0,11 foizga, innovatsion faollikning 0,23 foizga, texnologik rivojlanishning 0,1 foizga oshishiga xizmat qilgan;
Xorazm viloyatida sanoat infratuzilmasini rivojlantirish asosida ishlab chiqarish hamda tarmoqda qo‘shimcha iqtisodiy o‘sishning vaqtli qator modellari yordamida 2026-2030-yillar uchun prognoz parametrlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimligi faoliyatida foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2026-yil 24 apreldagi 10-09/4085-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan prognoz parametrlari sanoat infratuzilmasini optimal tartibga solish asosida sanoat tarmoqlarini rivojlantirish ko‘rsatkichlarining istiqbolda o‘zgarish dinamikasini baholash imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish