Yaqubov San’at Shonazarovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqani barqaror rivojlantirishda eksport salohiyatidan samarali foydalanish” (Xorazm viloyati misolida), 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2026.1.PhD/Iqt6629
Ilmiy rahbar: Xamraev Quvvat Iskandarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Mullabaev Baxtiyorjon Bulturbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;  Sapaev Maxsudbek Karimovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyati eksport salohiyatidan samarali foydalanish va uning iqtisodiy o‘sishga ta’sirini baholash asosida mintaqaviy eksportni rivojlantirish uchun ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqaviy rivojlanish omillarining besh mezonli (kelib chiqish manbai, ta’sir yo‘nalishi, davriyligi, boshqaruvchanlik darajasi, mazmuniy xususiyatlari) tasnifi takomillash asosida Xorazm viloyati sharoitida rag‘batlantiruvchi (investisiyalar — YaHMning 30,5%, mehnat resurslari — 1,08 mln kishi) hamda cheklovchi (suv tanqisligi, dengizga chiqish yo‘qligi) omillar o‘rtasidagi to‘rt darajali (mega-, makro-, mezo-, mikro-) sinergik o‘zaro ta’sir mexanizmi taklif etilgan;
mintaqani barqaror rivojlantirishda eksport salohiyatidan foydalanish darajasini beshta ko‘rsatkich (ESK, EQK, QQU, EKS, EXB) asosida yagona raqamli ifodada baholash imkonini beruvchi integral indeksi (ESFII) taklif etilgan va uning uch darajali izohlash mezonlari (0–0,3 — past; 0,3–0,5 — o‘rtacha; 0,5–1,0 — yuqori) asoslangan;  
 mintaqa eksport salohiyati va raqobatbardoshligini oshirishning ekstensiv modeldan (hajm ustuvorligi) intensiv modelga (sifat ustuvorligi) o‘tishga asoslangan to‘rtta strategik yo‘nalishi (S₁ — yuqori qo‘shilgan qiymatga o‘tish, S₂ — eksport intensivligini oshirish, S₃ — sanoat va xizmatlarni tashqi bozorlarga moslashtirish, S₄ — eksport geografiyasini diversifikatsiya qilish) taklif etilgan;
mintaqa eksport salohiyatidan samarali foydalanishning uch blokli (kirish, hisoblash, natija parametrlari) kompleks modeli asosida 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqani barqaror rivojlantirishda eksport salohiyatidan samarali foydalanishni ekonometrik tadqiq etish va prognozlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mintaqaviy rivojlanish omillarining besh mezonli (kelib chiqish manbai, ta’sir yo‘nalishi, davriyligi, boshqaruvchanlik darajasi, mazmuniy xususiyatlari) tasnifi takomillash asosida Xorazm viloyati sharoitida rag‘batlantiruvchi (investisiyalar — YaHMning 30,5%, mehnat resurslari — 1,08 mln kishi) hamda cheklovchi (suv tanqisligi, dengizga chiqish yo‘qligi) omillar o‘rtasidagi to‘rt darajali (mega-, makro-, mezo-, mikro-) sinergik o‘zaro ta’sir mexanizmi Xorazm viloyati hokimligi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 25-martdagi 10-09/2819-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida viloyatda mintaqaviy rivojlanish omillarini tizimli boshqarish va ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda eksport siyosatini shakllantirish imkoniyati yaratilgan;
mintaqani barqaror rivojlantirishda eksport salohiyatidan foydalanish darajasini beshta ko‘rsatkich (ESK, EQK, QQU, EKS, EXB) asosida yagona raqamli ifodada baholash imkonini beruvchi integral indeksi (ESFII) taklif etilgan va uning uch darajali izohlash mezonlari (0–0,3 — past; 0,3–0,5 — o‘rtacha; 0,5–1,0 — yuqori)  bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 25-martdagi 10-09/2819-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatda ESFII ko‘rsatkichining 2010-2024-yillar davomida 0,329 dan 0,836 gacha o‘sganligi aniqlangan va eksport salohiyatidan foydalanish samaradorligini muntazam monitoring qilish tizimini joriy etish imkoniyati yaratilgan;
mintaqa eksport salohiyati va raqobatbardoshligini oshirishning ekstensiv modeldan (hajm ustuvorligi) intensiv modelga (sifat ustuvorligi) o‘tishga asoslangan to‘rtta strategik yo‘nalishi (S₁ — yuqori qo‘shilgan qiymatga o‘tish, S₂ — eksport intensivligini oshirish, S₃ — sanoat va xizmatlarni tashqi bozorlarga moslashtirish, S₄ — eksport geografiyasini diversifikatsiya qilish) bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 25-martdagi 10-09/2819-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotda qo‘llash natijasida viloyatda paxta tolasiga asoslangan monoeksportdan (2010-yilda 83,8%) diversifikatsiyalashgan modelga o‘tish strategiyasini ilmiy asosda shakllantirish va tarmoq diversifikatsiyasi indeksini 0,282 dan 0,60 gacha oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan;
mintaqa eksport salohiyatidan samarali foydalanishning uch blokli (kirish, hisoblash, natija parametrlari) kompleks modeli asosida 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari Xorazm viloyati hokimligi faoliyatiga joriy etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 25-martdagi 10-09/2819-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida viloyat eksport salohiyatini rivojlantirishning bazaviy, pessimistik va optimistik ssenariylarini qiyoslash hamda strategik qarorlar qabul qilish uchun ilmiy asos yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish