Azimov Ashirali Mehmonboevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy tahlili” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B/2022.2PhD/Fal.1732
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.F.22.01
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mirzaxmedov Abdirashid Mamasidikovich falsafa fanlari doktori(DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Dildora Dilshatovna Falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent, Axrorova Sevara Axmedovna, falsafa fanlari doktori (DSc), v.b. professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlar xuquqiy madaniyatidagi o‘zgarishlar dinamikasining falsafiy-xuquqiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatda xotin-qizlar huquqiy madaniyatini oshirish, gender tengligi kontekstida funksional ijtimoiy kommunikativ qobiliyatni rivojlantirib davlatning xotin-qizlarga oid siyosatida ma’naviy-axloqiy qadriyatlar kvintessensiyasiga olib keluvchi barqarorlik omili ekanligi falsafiy asoslangan;
jamiyatning ijtimoiy konstruksiyasida ratsional strategik maqsadga yo‘naltiruvchi perfeksionistik qarashlar ta’sirida xotin-qizlar huquqiy aksiologik manfaatlarini ta’minlashi, ularga nisbatan dogmatik qarashlarni oldini olib jamiyatda egalitar ma’naviy-axloqiy imperativlarni rivojlantirishi qiyosiy tahlillar asosida ochib berilgan;
jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish gender fenomenining biofiziologik va morfologik jihatlari orqali oila va nikoh munosabatlarida feminizm va maskulinizm hodisalarini ifoda etishining qiyosiy indikatorlari aniqlangan;
jamiyatda demokratik ijtimoiy tamoyillar oila va nikohning yoshlar ma’naviy-huquqiy, axloqiy tarbiyasining ijtimoiy barqarorlik omili ekanligi, ayollarning huquqiy savodxonligi va madaniyatini shakllantirishning samarali paradigmasi ekanligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy tahlillari asosida:
xotin-qizlarning huquqiy madaniyati ijtimoiy hayotning gender tengligi kontekstida tizimli-funksional yondashuvlariga xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi Markaziy kengashining faoliyatida 2019 yil 2 yarim yillik uchun mo‘ljallangan ish rejaning 31-bandi (Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash uchun kasb-hunar ta’lim kollejlari umumta’lim maktablari bitiruvchilari hamda yosh oila vakillari uchun tuman (shaharlardagi) “Yoshlar markazlari”da “Yosh kelin va kuyovlar innovatsion maktabi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish, 32-bandi (Ijtimoiy-iqtisodiy og‘ir holatdagi ajrim yoqasidagi notinch va muammoli yosh oilalarga amaliy yordam ko‘rsatishga qaratilgan “Yosh oilalarga O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi ko‘magi” loyihasini tashkil etish va o‘tkazish) ni ishlab chiqishda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi Markaziy kengashining 2024 yil 5 iyundagi 04-13/507-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlatning xotin-qizlarga oid siyosatining ustuvor yo‘nalishlari barqarorlik omili ekanligini ochib berishga xizmat qilgan;
jamiyatning ijtimoiy konstruksiyasida xotin-qizlar muammolarining ob’ektiv va sub’ektiv jihatlarini huquqiy asoslariga oid tavsiya va xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishida belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘iboti 9-bandi “Yangi O‘zbekiston - xalqparvar davlat” tamoyilini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish borasidagi ustuvor vazifalar”ini targ‘ibot etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024 yil 5 iyundagi 255-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, milliy andoza va me’yorlarining o‘ziga xos jihat va xususiyatlari milliy huquqiy me’yorlarini asoslab berishga xizmat qilgan;
jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirishda gender fenomenining biofiziologik va morfologik omillariga doir tahlil va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi Markaziy kengashining faoliyatida 2019 yil 2 yarim yillik uchun mo‘ljallangan ish rejaning 31 bandi (Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash uchun kasb-hunar ta’lim kollejlari umumta’lim maktablari bitiruvchilari hamda yosh oil vakillari uchun tuman (shaharlardagi) “Yoshlar markazlari”da “Yosh kelin va kuyovlar innovatsion maktabi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish, 32-bandi (Ijtimoiy-iqtisodiy og‘ir holatdagi ajrim yoqasidagi notinch va muammoli yosh oilalarga amaliy yordam ko‘rsatishga qaratilgan “Qizlar ovozi”, “Qizlar klubi” ommaviy axborot, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarini amalga oshirishda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi Markaziy kengashining 2024 yil 5 iyundagi 04-13/507-son ma’lumotnomasi). Natijada, oila va nikoh munosabatlariga feminizm va maskulinizm jarayonlarining ta’siri ochib berishga xizmat qilgan;
jamiyatda demokratik ijtimoiy tamoyillar oila va nikohning yoshlar ma’naviy-huquqiy, axloqiy tarbiyasining ijtimoiy barqarorlik omili ekanligi doir tavsiya va xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishida belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar targfiboti 9-bandi “Yangi O‘zbekiston - xalqparvar davlat” tamoyilini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish borasidagi ustuvor vazifalar”ini targ‘ibot etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024 yil 5 iyundagi 255-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar, ayollarning huquqiy madaniyatini shakllantirishning samarali paradigmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.