Dadajonov Jo‘raboy Rahmatjonovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘rta tolali g‘o‘zaning O‘zFA-715 va Sarbon navlarini yaratilishi va ishlab chiqarishga joriy etilishi», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Qx407.
Ilmiy rahbar: Qahhorov Izzatulla Tilovovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: g‘o‘zaning “O‘zFA-715” navi (NAP 00236) va “Sarbon” navi (NAP 00235). O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2019 yil 13 noyabrdagi 01-01/2292-son xulosasi.
II. Tadqiqotning maqsadi: G‘o‘zaning G.hirsutum L. turichi navlararo duragay populyasiyalari asosida yangi navlarni olinishida morfoxo‘jalik belgilar ko‘rsatkichlarining avlodlarda saqlanish jarayonlarini o‘rganish, sara urug‘lik chigitini etishtirish va ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasi sharoitida g‘o‘zaning G.hirsutum L. turichi navlararo chatishtirish asosida olingan duragay populyasiyalarning morfoxo‘jalik belgilari o‘rganilgan, ular asosida nazariy va amaliy seleksiyada foydalanish uchun tizmalar va navlar ajratib olingan.
Navlararo duragay populyasiyalarida xo‘jalik ahamiyatiga ega belgilari ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan biotiplar ajralib chiqishi aniqlangan.
O‘tkazilgan genetik, seleksion tadqiqotlar natijasida g‘o‘zaning xo‘jalik belgilari yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan yangi tizmalari ajratib olingan. Donor–tizmalar g‘o‘zaning zarur belgilarini yaxshilash va yangi navlar yaratishda boshlang‘ich manba sifatida foydalanish uchun g‘o‘za germplazmasi bo‘yicha noyob ob’ektiga (sistematika genofond laboratoriyasi) taqdim etilgan.
Olib borilgan genetik va seleksion ilmiy tadqiqot ishlari natijasida yangi O‘zFA-715 (L-258) va Sarbon (L-310) navlari yaratilgan.
Maqsadli olib borilgan seleksiya va urug‘chilik ishlari natijasida g‘o‘zaning yangi O‘zFA-715 (L-258) va Sarbon (L-310) navlari populyasiyalari genotipik tekislangan, urug‘lik chigiti sifat ko‘rsatkichlari - O’z DSt 633:2006; morfo-xo‘jalik belgilari sofligi - O’zDSt 1110:2006 va tolasining sifat ko‘rsatkichlari-O’zDSt 604:2001 talablariga javob bera oladigan darajaga keltirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘o‘zaning G.hirsutum L. turichi navlararo duragay populyasiyalari asosida yangi navlarni olinishida morfoxo‘jalik belgilar ko‘rsatkichlarining avlodlarda saqlanish jarayonlarini o‘rganish yo‘nalishida olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
G‘o‘zaning O‘zFA-715 navi 2016 yilda Davlat nav sinash komissiyasining «Gruntkontrol»idan morfoxo‘jalik belgilarining bir xilligi bo‘yicha sinovdan o‘tgan. 2017-2018 yillarda DNS shoxobchalarida sinalgan. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 2-mart 121-son buyrug‘iga binoan Samarqand viloyati, Pasdarg‘om tumani «Al turon zamin» dastlabki elita urug‘ ko‘patirish xo‘jaligida ko‘paytirigan va hozirda urug‘lik chigitini etishtirish va ko‘paytirish ishlari olib borilmoqda (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 4 noyabrdagi 02/020-3466-son ma’lumotnomasi). Natijada navning bir xilligi 97,0% ni tashkil etgan.
Samarqand viloyati 2017 yil 0,3 ga maydonga, Davlat nav sinash markazining viloyatlardagi shoxobchalarida 2018 yil 1,0 ga maydonga, 2019 yil 10,0 ga maydonga ekilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 18-apreldagi 84/2-son buyrug‘iga binoan Jizzax viloyati, Zarbdor tumani «Shaboda shamoli» yangi navlarning dastlabki elita urug‘ini ko‘patirish xo‘jaligida urug‘lik chigitini etishtirish va ko‘paytirish ishlari olib borilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 4 noyabrdagi 02/020-3466-son ma’lumotnomasi). Natijada navning bir xilligi 96,0% ni tashkil etgan. .
Sarbon naviga №00235 raqamli patent olingan va Jizzax viloyati, Zarbdor tumani «Shaboda shamoli» yangi navlarning dastlabki elita urug‘ini ko‘patirish xo‘jaligida 1 ga maydonda urug‘lik chigitini etishtirish va ko‘paytirish ishlari olib borilgan Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 4 noyabrdagi 02/020-3466-son ma’lumotnomasi). Natijada nav andoza navga nisbatan tola sifati va hosildorligi yuqori bo‘lgan.