Narmuradova Rayhon Uktamovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oilaviy nizolarda erkak va ayollarning savodxonlik darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi psixologik determinantlar”. 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya.Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/P797.
Ilmiy rahbar:  Safarov Dilmurod Xalimovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.12.2025.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Saidov Azamat Ismoilovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Asurov Ramziddin Ramazanovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi  tashkilot:  Ma’mun universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oilaviy nizolarda erkak va ayolning psixologik savodxonlik darajasini o‘rganish determinantlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
er-xotinning psixologik savodxonligi ayol va erkaklarning o‘zini anglaganligi o‘zaro kelishuvni, hissiy barqarorlik esa hamkorlikni kuchayishiga olib kelishiga asoslanib nizoli vaziyatlardagi xulq-atvorning konstruktiv namoyon bo‘lishini ta’minlashi dalillangan;
oilaviy nizolarni bartaraf etishdagi psixologik savodxonlik darajasi ayol va erkakning o‘zini anglashi hissiy boshqarivni, hissiy barqarorlik esa oilaviy hayotdagi ijobiy motivatsiyani kuchayishiga olib kelganligi tufayli er va xotinlar emotsional intellektining shakllanganligiga bog‘liq ekanligi isbotlangan;
oilaviy nizolardagi er-xotinlarning psixologik savodxonlik darajasi o‘zaro muloqotda faol tinglash o‘zini anglash, bir-birini qabul qilish o‘ziga adekvat baho berish va hissiy barqarorlikka uyg‘un namoyon bo‘lishiga asoslanib, kommunikativ kompetentlikka bog‘liq ekanligi isbotlangan;
oilaviy nizolarda erkak va ayolning psixologik savodxonligini oshirish uchun ijtimoiy rollar taqsimotida o‘zaro ishonchning ustuvorligiga olib kelishiga asoslanib, “oilada barqaror ijtimoiy munosabatlarni ta’minlashga mo‘ljallangan strukturaviy modelini kiritish zarurati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
 “Oilaviy nizolarda erkak va ayollarning savodxonlik darajasiga tasir ko‘rsatuvchi psixologik determinatlari” yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
er-xotinning psixologik savodxonligi ayol va erkaklarning o‘zini anglaganligi o‘zaro kelishuvni, hissiy barqarorlik esa hamkorlikni kuchayishiga olib kelishiga asoslanib nizoli vaziyatlardagi xulq-atvorning konstruktiv namoyon bo‘lishini ta’minlashi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-apreldagi PM-332-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 7-apreldagi PM-332a-son ma’lumotnomasi). Natijada oilaviy nizolarni bartaraf etishdagi ayol va erkakning psixologik savodxonlik darajasini xissiy intelekt shakllanganligi bog‘liqligini tadiq etilgan; 
oilaviy nizolarni bartaraf etishdagi psixologik savodxonlik darajasi ayol va erkakning o‘zini anglashi hissiy boshqarivni, hissiy barqarorlik esa oilaviy hayotdagi ijobiy motivatsiyani kuchayishiga olib kelganligi tufayli er va xotinlar emotsional intellektining shakllanganligiga bog‘liq ekanligi isbotlanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-apreldagi PM-332-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 7-apreldagi PM-332a-son ma’lumotnomasi). Natijada oilaviy nizolardagi er va xotinlarnig psixologik savodxonlik darajasini komunikativ kompitentlikka bog‘liq tomonlarini tadqiq etilgan;
oilaviy nizolardagi er-xotinlarning psixologik savodxonlik darajasi o‘zaro muloqotda faol tinglash o‘zini anglash, bir-birini qabul qilish o‘ziga adekvat baho berish va hissiy barqarorlikka uyg‘un namoyon bo‘lishiga asoslanib, kommunikativ kompetentlikka bog‘liq ekanligi isbotlanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-apreldagi PM-332-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 7-apreldagi PM-332a-son ma’lumotnomasi). Natijada oilaviy nizolarda erkak va ayolning psixologik savodxonlik darajasini empirik jihatdan baholangan;
oilaviy nizolarda erkak va ayolning psixologik savodxonligini oshirish uchun ijtimoiy rollar taqsimotida o‘zaro ishonchning ustuvorligiga olib kelishiga asoslanib, “oilada barqaror ijtimoiy munosabatlarni ta’minlashga mo‘ljallangan strukturaviy modelini kiritish zarurati isbotlanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-apreldagi PM-332-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 7-apreldagi PM-332a-son ma’lumotnomasi). Natijada ayol va erkaklarning psixologik savodxonligini oshirishga qaratilgan psixologik model va dastur ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish