Kudratov Akmaljon Ibodillaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘spirinlar shaxsida yuksak ma’naviy ehtiyojlar shakllanishining ijtimoiy-psixologik determinantlari”. 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/P124.
Ilmiy rahbar:  Jabborov Azim Meyliqulovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Ulug‘ova Shahlola Musliddinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Hayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Karshieva Dilafruz Suyunovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi  tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘spirinlar shaxsida yuksak ma’naviy ehtiyojlarni shakllantiruvchi ijtimoiy-psixologik omillarni aniqlash va zarur tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘spirin shaxsida shakllanadigan yuksak ma’naviy ehtiyojlar ijtimoiy-madaniy muhit, amaldagi turmush tarzi, shaxslararo munosabatlar tizimi, axborot maydoni hamda ta’lim-tarbiya jarayonining o‘zaro ta’siri asosida yuzaga kelganligi tufayli o‘spirinning iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy, siyosiy va huquqiy ehtiyojlari axborotga nisbatan differensial talablar shaklida namoyon bo‘lishi asoslangan;
o‘spirin shaxsida paydo bo‘luvchi shaxsiy va guruh ehtiyojlar o‘rtasidagi mazmunli va miqdoriy bog‘liqlik ularning turmush tarzini belgilovchi qadriyatlarga, jinsiga, har bir o‘spirinning yetakchi ehtiyojlariga va o‘quv-tarbiyaviy yo‘nalganlikka qarab to‘g‘ri proporsional tarzda o‘zgarishi ijtimoiy-psixologik determinantlar orqali dalillangan; 
o‘spirinlarda ma’naviy ehtiyojlarning yuksak darajada rivojlanishi pedagoglar, ota-onalar va psixologlar o‘rtasidagi maqsadli hamkorlikning samarali yo‘lga qo‘yilganligi bilan bog‘liqligi natijasida «o‘z xohish-irodasiga ko‘ra ish yuritish», «maqsad sari aniq yo‘nalganlik», «o‘ziga xos ilmiy dunyoqarash», «ijodiy tasavvur», «yuksak ma’naviy ehtiyojlarga yo‘naltirilgan orzu-havas» hamda «umumiy qabul qilingan hayotiy me’yorlarni ma’qullash» kabi shaxsiy sifatlarning rivojlanishi kuzatildi va ushbu holatlar korrelyasion bog‘liqlik isbotlangan;
o‘zlarining bilim darajasi va aqliy qobiliyatlarini bo‘rttirib ko‘rsatishga moyil o‘spirinlarda tarqoqlik, intizom va uslubning etishmasligi, individual qobiliyat va tashabbusning sustligi, qat’iylik, dadillik, uzoqni ko‘ra olish, ijodkorlik va ijodiy fikrlashning namoyon bo‘lishiga aks ta’sir etib, «o‘z-o‘zini anglash», «o‘z-o‘zini tarbiyalash», «kasbiy o‘zini o‘zi belgilash», «o‘z hayotiy istiqbollarini qurish» kabi komponentlarning rivojlanmay qolishiga ta’siri aniqlangan;
o‘spirinlarning yuksak ma’naviy ehtiyojlari va shaxs sifatlari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni aniqlovchi psixokorreksion-rivojlantiruvchi treninglar asosida ularda depressiya, zaiflik, ta’sirchanlik, tashvishlanish, o‘zini chetga olish sezilarli darajada kamayib, xotirjamlik, ochiqko‘ngillik, o‘ziga ishonch, o‘zini erkin tutish, ijodkorlik, o‘z imkoniyatlarini, ma’naviyatini, bilimi, malaka-mahorati va qobiliyatlarini adekvat baholay olish imkoniyatlari kuchayganligi  olingan ilmiy natijalar bilan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘spirinlar shaxsida yuksak ma’naviy ehtiyojlar shakllanishining ijtimoiy-psixologik determinantlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘spirin shaxsida shakllanadigan yuksak ma’naviy ehtiyojlar ijtimoiy-madaniy muhit, amaldagi turmush tarzi, shaxslararo munosabatlar tizimi, axborot maydoni hamda ta’lim-tarbiya jarayonining o‘zaro ta’siri asosida yuzaga kelganligi tufayli o‘spirinning iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy, siyosiy va huquqiy ehtiyojlari axborotga nisbatan differensial talablar shaklida namoyon bo‘lishi asoslangan takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-sentyabrdagi PM-131-sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya”, “Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-sentyabrdagi PM-131-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘spirin shaxsida yuksak ma’naviy ehtiyojlar shakllanishiga asos yaratilgan;
o‘spirin shaxsida paydo bo‘luvchi shaxsiy va guruh ehtiyojlar o‘rtasidagi mazmunli va miqdoriy bog‘liqlik ularning turmush tarzini belgilovchi qadriyatlarga, jinsiga, har bir o‘spirinning yetakchi ehtiyojlariga va o‘quv-tarbiyaviy yo‘nalganlikka qarab to‘g‘ri proporsional tarzda o‘zgarishi ijtimoiy-psixologik determinantlar orqali dalillangan takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-sentyabrdagi PM-131-sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya”, “Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-sentyabrdagi PM-131-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘spirin shaxsida paydo bo‘luvchi shaxsiy va guruh ehtiyojlar o‘rtasidagi mazmunli va miqdoriy bog‘liqlik ochib berilgan;
o‘spirinlarda ma’naviy ehtiyojlarning yuksak darajada rivojlanishi pedagoglar, ota-onalar va psixologlar o‘rtasidagi maqsadli hamkorlikning samarali yo‘lga qo‘yilishi natijasida «o‘z xohish-irodasiga ko‘ra ish yuritish», «maqsadlari tomon aniq yo‘nalganlik», «o‘ziga xos ilmiy dunyoqarash», «ijodiy tasavvur», «yuksak ma’naviy ehtiyojlarga yo‘nalgan orzu-havas» hamda «umumiy qabul qilingan hayotiy me’yorlarni ma’qullash» kabi shaxsiy sifatlar rivojlanishi rivojlanishi korrelyasion bog‘liqlik yordamida isbotlanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-sentyabrdagi PM-131-sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya”, “Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-sentyabrdagi PM-131-sonli ma’lumotnomasi).  Natijada pedagoglar, ota-onalar va psixologlar o‘rtasidagi maqsadli hamkorlik orqali o‘spirinlarda yuksak ma’naviy ehtiyojlarning yuqori darajada shakllanishi aniqlangan; 
o‘zlarining bilim darajasi va aqliy qobiliyatlarini bo‘rttirib ko‘rsatishga moyil o‘spirinlarda tarqoqlik, intizom va uslubning etishmasligi, individual qobiliyat va tashabbusning sustligi, qat’iylik, dadillik, uzoqni ko‘ra olish, ijodkorlik va ijodiy fikrlashning namoyon bo‘lishiga aks ta’sir etib, «o‘z-o‘zini anglash», «o‘z-o‘zini tarbiyalash», «kasbiy o‘zini o‘zi belgilash», «o‘z hayotiy istiqbollarini qurish» kabi komponentlarning rivojlanmay qolishiga ta’siri aniqlangan takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-sentyabrdagi PM-131-sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya”, “Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-sentyabrdagi PM-131-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘spirinlarning yuksak ma’naviy ehtiyojlarini tadqiq etish uchun psixodiagnostik metodikalar tizimlashtirilgan;
o‘spirinlarning yuksak ma’naviy ehtiyojlari va shaxs sifatlari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni aniqlovchi psixokorreksion-rivojlantiruvchi treninglar asosida ularda depressiya, zaiflik, ta’sirchanlik, tashvishlanish, o‘zini chetga olish sezilarli darajada kamayib, xotirjamlik, ochiqko‘ngillik, o‘ziga ishonch, o‘zini erkin tutish, ijodkorlik, o‘z imkoniyatlarini, ma’naviyatini, bilimi, malaka-mahorati va qobiliyatlarini adekvat baholay olish imkoniyatlari kuchayganligi  olingan ilmiy natijalar bilan isbotlangan takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-sentyabrdagi PM-131-sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya”, “Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-sentyabrdagi PM-131-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘spirinlarning yuksak ma’naviy ehtiyojlari va shaxs sifatlari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni aniqlovchi psixokorreksion-rivojlantiruvchi dastur samaradorligiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish