Ashirov Yusufboy Raximberganovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘za navlarini suvsizlikka va sho‘rlanishga chidamliligini o‘rganish», 06.01.02– Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Qx401.
Ilmiy rahbar: Isaev Sabirjan Xusanbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Isashev Anvarjon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xasanov Maqsud Marifovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sirdaryo viloyatining sug‘oriladigan, o‘tloqlashib borayotgan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida o‘rta tolali g‘o‘zaning An-Boyovut-2, S-6524, Buxoro-102, Sulton, Navro‘z, Paxtakor-1 va Andijon-37 navlarini turli sug‘orish tartiblarida sug‘orishni amalga oshirib, ushbu navlarning suv taqchilligi hamda sho‘rlanishga bardoshlilarini ajratish va amaliyotga tavsiya berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, Sirdaryo viloyatining sug‘oriladigan, tuprog‘i sul`fat xlorli tuz bilan sho‘rlangan, o‘tloqlashib borayotgan och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida o‘rta tolali g‘o‘zaning An-Boyovut-2, S-6524, Buxoro-102, Sulton, Navro‘z, Paxtakor-1 va Andijon-37 navlarini ChDNSga nisbatan 65-65-60 % hamda 70-70-65 % tartiblarda sug‘orishda tuproqning agrofizikaviy, suv fizik va agrokimyoviy xususiyatlarining o‘zgarishi aniqlangan;
g‘o‘za navlarining belgilangan ikki xil (ChDNSga nisbatan 65-65-60 % hamda 70-70-65 % tartiblarda) sug‘orish tartiblarida parvarishlashda, ularning berilgan suvdan foydalanishi, ya’ni suv iste’moli navlar kesimida aniqlangan;
o‘rganilayotgan g‘o‘za navlarini belgilangan ikki xil sug‘orish tartiblarida sug‘orishning rejimi, har galgi va mavsum oxiridagi sarflangan suv miqdorlari aniqlanib, ushbu tartibda sug‘orishda har bir g‘o‘za navlarining o‘sib-rivojlanishi, hosil to‘plashi va hosildorligi hamda tola sifatining o‘zgarish xususiyati bo‘yicha ajratib olingan;
Sirdaryo viloyatining sho‘rlangan, suv taqchil bo‘lgan tuproqlari sharoitida ikki xil sug‘orish tartibida parvarishlangan An-Boyovut-2, S-6524, Buxoro-102, Sulton, Navro‘z, Paxtakor-1 va Andijon-37 g‘o‘za navlarining hosildorligidan kelib chiqib, iqtisodiy samaradorligi aniqlangan va ishlab chiqarishga ilmiy asosli tavsiya berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sirdaryo viloyatining sug‘oriladigan, o‘tloqlashib borayotgan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning An-Boyovut-2, S-6524, Buxoro-102, Sulton, Navro‘z, Paxtakor-1 va Andijon-37 navlarini sug‘orish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun “Sho‘rlanishga moyil bo‘lgan tuproqlar sharoitida g‘o‘za navlarini suv resurslaridan samarali foydalanish” bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 17 oktyabrdagi 02/25-4014-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma Sirdaryo viloyati sharoitida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida g‘o‘za navlarini suvsizlikka va sho‘rlanishga chidamligi bilish hamda turli darajada sho‘rlangan erlarida ma’dan o‘g‘itlar me’yorini qo‘llashda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
Sirdaryo viloyatining sug‘oriladigan, o‘tloqlashib borayotgan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning An-Boyovut-2, S-6524, Buxoro-102, Sulton, Navro‘z, Paxtakor-1 va Andijon-37 navlarini ma’danli o‘g‘itlar bilan gektariga N-200, P2O-140, K2O-100 kg me’yorda oziqlantirish va sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-70-65 % tartibda sug‘orishni 90 gektarga joriy etilgan (O‘zbekiston respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 17 oktyabrdagi 02/25-4014-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida g‘o‘zani o‘suv davrida 0-2-0 tizimda 2 marta sug‘orilgan, mavsumiy sug‘orish me’yori gektariga 2200 m3 va paxta hosildorligi 28,0 – 31,3 sentnerni tashkil etgan;
Sirdaryo viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqlashib borayotgan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning An-Boyovut-2, S-6524, Buxoro-102, Sulton, Navro‘z, Paxtakor-1 va Andijon-37 navlarini sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-70-65% tartibda sug‘orish Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi “Nurli zamin tuhfasi”, “Kumush tola LBK”, “Ulkan xirmon fayzi”, “Orom nur samo” fermer xo‘jaliklarida 60 gektar paxta maydonlarida joriy etilgan (O‘zbekiston respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 17 oktyabrdagi 02/25-4014-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘orish suvlari 10 foizgacha tejalgan, rentabellik darajasi 15–20 foizni tashkil etgan va gektaridan 2,5 sentnergacha qo‘shimcha paxta hosili olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish