Axrarova Azizaxon Raxmatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 ga qarshi emlangan bemorlarda koronavirus infeksiyasi kechuvining klinik-diagnostik o‘ziga xosligi», 14.00.10 - Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2PhD/Tib1910.
Ilmiy rahbar: Tadjiev Botir Mirxashimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.01.
Rasmiy opponentlar: Bayjanov Allabergan Kadirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yarmuxammedova Nargiza Anvarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 ga qarshi emlangan bemorlarda koronavirus infeksiyasi kechuvining klinik-diagnostik o‘ziga xosligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor COVID-19 ga qarshi emlangan bemorlarda COVID-19 ning engil klinik shakli (69,4% hollarda) emlanmagan bemorlarga (28,6% hollarda) nisbatan ustun bo‘lishi, emlanmagan bemorlarda esa kasallikning og‘ir klinik shakllari (34,9%) emlanganlarga (9,4%) nisbatan sezilarli darajada yuqori uchrashi aniqlangan;
ilk bor COVID-19 ga qarshi emlangan bemorlarda COVID-19 ning og‘ir kechishi komorbid holatlarning mavjudligi bilan bog‘liq ekanligi, emlanmagan bemorlarda esa kasallikning og‘irlik darajasi asosan COVID-19 ning o‘ziga xos yaqqol ifodalangan destruktiv jarayonlari bilan belgilanishi, komorbid holatlar esa faqat asosiy patologik jarayonning og‘irlashishiga yordamchi omil sifatida ishtirok etishi isbotlangan;
ilk bor COVID-19 ga qarshi emlangan va emlanmagan COVID-19 bemorlarida yallig‘lanish markerlari ferritin, S-reaktiv oqsil, prokal`sitonin darajasi kasallikning og‘irligini va emlanmagan bemorlarda IL-6 ko‘rsatkichining 5-6 baravar yuqori bo‘lganda sitokin bo‘roni rivojlanishining prognostik belgisi ekanligi isbotlangan;
ilk bor COVID-19 ga qarshi emlangan bemorlarda emlanmagan rekonvalessentlarga nisbatan postkovid alomatlarining sezilarli darajada past uchrashi, klinik alomatlarning tezroq qaytishi va postkovid asoratlarining qisqa davom etishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 10-dekabrdagi 10-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor COVID-19 ga qarshi emlangan bemorlarda COVID-19 ning engil klinik shakli (69,4% hollarda) emlanmagan bemorlarga (28,6% hollarda) nisbatan ustun bo‘lishi, emlanmagan bemorlarda esa kasallikning og‘ir klinik shakllari (34,9%) emlanganlarga (9,4%) nisbatan sezilarli darajada yuqori uchrashi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya instituti ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha ekspert kengashining 2024 yil 15 noyabrdagi 03n-r/311-son xulosasi bilan tasdiqlangan «COVID-19 ga qarshi emlangan bemorlarda koronavirus infeksiyasining kechishini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur tavsiyanoma Respublika ixtisoslashtirilgan Zangiota 1-son shifoxonasining 2024 yilning 4-sentyabridagi 18/1657-son va Toshkent shahar, Yunusobod tumani tibbiyot birlashmasining 2024 yil 12-iyuldagi 200-14-206 –DOR/2024-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024-yil 10-dekabrdagi 10-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: emlanganlarda COVID-19 kechishining o‘ziga xos xususiyatlari, ularni hisobga olish yanada aniq prognozlash va davolash tadbirlarini o‘z vaqtida tashkil etishga yordam beradi va kasallikni asoratlarini oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: asoratlarni erta prognozlash, bemorlarni reabilitatsiya qilishga sarflanadigan tibbiy diagnostika va davolashga qo‘shimcha xarajatlarni hamda bemorlarni davolanishi uchun yotoq o‘rnini kamaytirishdan iborat.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor COVID-19 ga qarshi emlangan bemorlarda COVID-19 ning og‘ir kechishi komorbid holatlarning mavjudligi bilan bog‘liq ekanligi, emlanmagan bemorlarda esa kasallikning og‘irlik darajasi asosan COVID-19 ning o‘ziga xos yaqqol ifodalangan destruktiv jarayonlari bilan belgilanishi, komorbid holatlar esa faqat asosiy patologik jarayonning og‘irlashishiga yordamchi omil sifatida ishtirok etishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya instituti ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha ekspert kengashining 2024 yil 15 noyabrdagi 03n-r/311-son xulosasi bilan tasdiqlangan «COVID-19 ga qarshi emlangan bemorlarda koronavirus infeksiyasining kechishini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur tavsiyanoma Respublika ixtisoslashtirilgan Zangiota 1-son shifoxonasining 2024 yilning 4-sentyabridagi 18/1657-son va Toshkent shahar, Yunusobod tumani tibbiyot birlashmasining 2024 yil 12-iyuldagi 200-14-206 –DOR/2024-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024-yil 10-dekabrdagi 10-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: emlanganlarda kasallik belgilarining davomiyligini kamayishi va kasallikning faol klinik bosqichini qisqarishi emlanganlarda COVID-19 ning og‘ir kechishi xavfini sezilarli darajada kamaytirish asosida profilaktik emlashlarning yuqori samaradorligini va kasallikning asoratlarini oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni erta bashorat qilish, tegishli davolashni o‘z vaqtida tayinlash, bemorlarni reabilitatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan tibbiy diagnostika va davolash uchun qo‘shimcha xarajatlarni kamaytirish bir nafar bemorni davolash uchun o‘rtacha xarajatlarni kamaytiradi, bu esa 2 million 800 ming so‘mni tejashga olib keladi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor COVID-19 ga qarshi emlangan va emlanmagan COVID-19 bemorlarida yallig‘lanish markerlari ferritin, S-reaktiv oqsil, prokal`sitonin darajasi kasallikning og‘irligini va emlanmagan bemorlarda IL-6 ko‘rsatkichining 5-6 baravar yuqori bo‘lganda sitokin bo‘roni rivojlanishining prognostik belgisi ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya instituti ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha ekspert kengashining 2024 yil 15 noyabrdagi 03n-\r/311-son xulosasi bilan tasdiqlangan «COVID-19 ga qarshi emlangan bemorlarda koronavirus infeksiyasining kechishini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur tavsiyanoma Respublika ixtisoslashtirilgan Zangiota 1-son shifoxonasining 2024 yilning 4-sentyabridagi 18/1657-son va Toshkent shahar, Yunusobod tumani tibbiyot birlashmasining 2024 yil 12-iyuldagi 200-14-206 –DOR/2024-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024-yil 10-dekabrdagi 10-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: klinik va laborator ma’lumotlar asosida emlanganlarda kasallikning og‘irlik darajasini baholash uchun ishlab chiqilgan mezonlar COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni erta bashorat qilish, asoratlarni erta prognozlash, bemorlarni reabilitatsiya qilishga sarflanadigan tibbiy diagnostika va davolashga qo‘shimcha xarajatlarni hamda bemorlarni davolanishi uchun yotoq o‘rnini kamaytirishdan iborat.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor COVID-19 ga qarshi emlangan bemorlarda emlanmagan rekonvalessentlarga nisbatan postkovid alomatlarining sezilarli darajada past uchrashi, klinik alomatlarning tezroq qaytishi va postkovid asoratlarining qisqa davom etishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya instituti ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha ekspert kengashining 2024 yil 15 noyabrdagi 03n-r/311-son xulosasi bilan tasdiqlangan «COVID-19 ga qarshi emlangan bemorlarda koronavirus infeksiyasining kechishini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur tavsiyanoma Respublika ixtisoslashtirilgan Zangiota 1-son shifoxonasining 2024 yilning 4-sentyabridagi 18/1657-son va Toshkent shahar, Yunusobod tumani tibbiyot birlashmasining 2024 yil 12-iyuldagi 200-14-206-DOR/2024-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024-yil 10-dekabrdagi 10-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: emlanishga qaramasdan surunkali yondosh kasalliklari bo‘lgan shaxslarda asoratlarning oldini olish uchun qo‘shimcha monitoring o‘tkazish zarurligi asoslangan. Iqtisodiy samaradorligi: yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni erta bashorat qilish patogenetik asoslangan terapiyani o‘z vaqtida tayinlash, reabilitatsiya davrida tibbiy diagnostika va davolash uchun qo‘shimcha xarajatlarni hamda bemorlarni davolanishi uchun yotoq o‘rnini kamaytirishdan iborat.