Muxitdinov Vasliddin Najmitdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Soya hosildorligi va doni sifatini oshirishda gerbisidlar hamda mikroelementlar qo‘llash tizimini takomillashtirish», 06.01.08–O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Qx353.
Ilmiy rahbar: Turdieva Nilufar Mo‘minovna qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Ostonaqulov Toshtemir Eshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Ibragimov Odiljon Olimjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy –tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: soya o‘simligini begona o‘tlardan himoya qilishda gerbisidlar qo‘llash tizimini takomillashtirish hamda ularning o‘simlikka salbiy ta’sirini kamaytirishda tarkibida mikroelementlarning polimerkompleksini tutgan “Hosildor” preparatidan foydalanish asosida yuqori va sifatli don hosili etishtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqli maydonlarida soyani ekish bilan birga va 2-3 chinbarg chiqargan davrida bir yillik boshoqli hamda ikki pallali begona o‘tlarga qarshi gerbisidlar bilan kurash tizimi ishlab chiqilgan;
soya ekini orasida uchraydigan begona o‘t tur va miqdorlari hamda ularga qarshi qo‘llaniladigan gerbisidlar tavsiflangan;
soyani ekish bilan birga “Gaytan” (pendimetalin), “Gambit” (prometrin), o‘suv davrida “Miura” (Xizalofop-P-metil) gerbisidlarini begona o‘tlarning turlari va tarqalish darajalariga bog‘liq holda qo‘llash tartibi ishlab chiqilgan;
“Gambit”, “Gaytan” va “Miura” gerbisidlari hamda ularning salbiy ta’sirini oldini olish uchun tarkibida mikroelementlar bo‘lgan “Hosildor” preparatini soyaning er ustki qismi va ildiz tizimining shakllanishiga hamda don sifatiga ta’siri aniqlangan;
soya ekiniga qo‘llanilgan kimyoviy vositalarning tuproq va soya donidagi qoldiq miqdorlari aniqlangan;
gerbisidlar va “Hosildor” preparatining soya hosildorligi, hosil strukturasi, don sifatiga ta’siri va iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Soya ekin maydonlarida begona o‘tlarga qarshi kurashda gerbisidlar va “Hosildor” preparati qo‘llash bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
gerbisidlar va tarkibida mikroelementlarning polimerkompleksini tutgan “Hosildor” preparatini soyada qo‘llash bo‘yicha 2018 yilda “Soya hosili va doni sifatini oshirishda gerbisid hamda mikroelementlarni qo‘llash” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 1 noyabrdagi 02/025-3417-sonli ma’lumotnomasi). Tavsiyanoma qo‘llanma sifatida soya etishtirayotgan fermer xo‘jaliklariga xizmat qilmoqda;
soya ekilgandan keyin unib chiqqunga qadar bir yillik g‘allasimon va ikkipallali begona o‘tlarga qarshi “Gaytan” gerbisidini 4,0 l/ga me’yorda qo‘llash texnologiyasi 100 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 1 noyabrdagi 02/025-3417-sonli ma’lumotnomasi). Natijada gerbisid qo‘llanilmagan maydonga nisbatan begona o‘tlarning soni 92-93 foizga kamaygan, oqsil 3, moy 5, kletchatka 0,9 va kul moddasi 2 foizga, hosildorlik 15 s/ga oshib rentabellik 19 foizni tashkil etgan;
bir yillik g‘allasimon va ikkipallali begona o‘tlarga qarshi “Gambit” gerbisidi 3,0 l/ga me’yorda qo‘llash texnologiyasi 100 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 1 noyabrdagi 02/025-3417-sonli ma’lumotnomasi). Natijada gerbisid qo‘llanilmagan maydonga nisbatan begona o‘tlarning soni 91-92 foiz kamaygan, oqsil 4, uglevodlar 6, moy 6, kletchatka 1 va kul moddasi 3 foizga, hosildorlik 17 s/ga oshgan, rentabellik 24 foizni tashkil etgan;
bir yillik g‘allasimon va ikkipallali begona o‘tlarga qarshi “Miura” gerbisidini 0,5 l/ga me’yorda qo‘llash texnologiyasi 100 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 1 noyabrdagi 02/025-3417-sonli ma’lumotnomasi). Natijada gerbisid qo‘llanilmagan maydonga nisbatan begona o‘tlar soni 89-90 foizga kamaygan, oqsil 2, uglevodlar 5, moy 4, kletchatka 0,8 va kul moddasi 2 foizga ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish