Nuriddinova Shaxnoza Kaxorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumot. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tibbiy terminologik tizimdagi eponimlar tadqiqi” 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3286.
Ilmiy rahbar: Abuzalova Mehriniso Kadirovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/03/2025.27.12.Fil.08.07.
Rasmiy opponentlar: Toirova Guli Ibagimovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Ro‘zimboev Sarvar Saparboevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiy terminologik tizimdagi eponimlarni lingvistik tadqiq etish, shakllanish manbalari, leksik-semantik, struktur va funksional xususiyatlarini tasniflash hamda zamonaviy tibbiyot terminologiyasi tizimidagi o‘rnini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
eponimiya hodisasining tibbiy terminologiyadagi lingvistik tabiati, muhim va ajralmas qismi sifatida shakllanish xususiyatlari, ularning kasalliklar, sindromlar, anatomik tuzilmalar, diagnostik va davolash usullarini nomlashdagi konseptual mazmuni, kognitiv, pragmatik, lingvomadaniy va diskursiv xususiyati, tibbiy termin-eponimlarning ilmiy, tarixiy va madaniy axborotni saqlovchi terminologik birliklar sifatidagi o‘rni asoslangan;
tibbiy eponimlarning nominativ asoslari tizimlashtirilgan va tasniflangan, ularning yuzaga kelish manbalari shaxs nomlari (olim, shifokor va tadqiqotchilar nomi), joy nomlari, mifologik obrazlar, badiiy asar qahramonlari hamda kasallikni yuzaga keltiruvchi omil yoki anatomik-fiziologik belgilarga ajratilib, har bir nominativ modelning shakllanish mexanizmlari lingvistik jihatdan dalillangan;
tibbiy eponimlarning nominativ, derivatsion va funksional xususiyatlari, lug‘aviy-ma’noviy va semantik-pragmatik, kommunikativ-kognitiv xususiyatlari, ularning semantik shakllanishida kasbiy omillarning o‘zaro ta’siri, professional muloqotda tibbiy tushunchalarni ixcham, aniq va samarali ifodalash, ilmiy bilimlarning uzviyligini ta’minlash hamda tibbiyot taraqqiyoti haqidagi ma’lumotlarni saqlashdagi kumulyativ va informativ funksiyalari aniqlangan;
tibbiy eponimlarning morfologik-struktur xususiyatlari, ularning tuzilishiga ko‘ra bir komponentli (bir so‘zli), ko‘p komponentli (so‘z birikmasi shaklidagi) hamda sintaktik qurilma asosidagi terminlar sifatida namoyon bo‘lishi, eponimik birliklarning struktur modellari (Edip sindromi, Odam Atoning olmasi, Alisa mo‘jizalar mamlakatida kabi)ning tibbiy terminologiya tizimidagi nominativ, kommunikativ va kognitiv o‘ziga xos xususiyatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiy terminologik tizimda eponimlarning tutgan o‘rnini tadqiq qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
eponimiya hodisasining tibbiy terminologiyadagi lingvistik tabiati, muhim va ajralmas qismi sifatida shakllanish xususiyatlari, ularning kasalliklar, sindromlar, anatomik tuzilmalar, diagnostik va davolash usullarini nomlashdagi nominativ imkoniyatlari hamda tibbiy termin-eponimlarning ilmiy, tarixiy va madaniy axborotni saqlovchi terminologik birliklar haqidagi fikrlardan Buxoro davlat universitetida A-OT-2021-2-raqamli “Tibbiyotga oid atamalar elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2025-yil 25-yanvardagi 01-548-son ma’lumotnomasi). Natijada tibbiy eponimlar haqidagi qarashlar “Tibbiyotga oid atamalar elektron platformasini yaratish”da lingvistik ta’minot vazifasini bajargan;
tibbiy eponimlarning nominativ asoslari tizimlashtirilgan va tasniflangan, ularning yuzaga kelish manbalari shaxs nomlari (olim, shifokor va tadqiqotchilar nomi), joy nomlari, mifologik obrazlar, badiiy asar qahramonlari hamda kasallikni yuzaga keltiruvchi omil yoki anatomik-fiziologik belgilar bilan bog‘liq guruhlarga ajratilgan, har bir nominativ modelning shakllanish mexanizmlari ommaviy axborot vositalarida – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining “Assalom, Buxoro”, “Najot bilimda” ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 20-yanvardagi 01-09-29-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar mazmunan boyitilgan;
tibbiy eponimlarning lug‘aviy-ma’noviy va kommunikativ-kognitiv xususiyatlari, ularning semantik shakllanishida kasbiy omillarning o‘zaro ta’siri, professional muloqotda tibbiy tushunchalarni ixcham, aniq va samarali ifodalash, ilmiy bilimlarning uzviyligini ta’minlash hamda tibbiyot taraqqiyoti haqidagi ma’lumotlarni saqlashdagi funksiyalari kabi muhim qarashlardan Yo-A-1-9 raqamli “Aholining turli qatlamlariga psixologik xizmat ko‘rsatish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Buxoro psixologiya va xorijiy tillar institutining 2025-yil 31-yanvardagi 01-11-son ma’lumotnomasi). Natijada tibbiy eponimlar haqidagi qarashlar loyiha terminologiyasining boyish imkonini bergan.