Abdullaev Sardorbek Usmonxudjaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): 
“Yangi O‘zbekistonda professional ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash mexanizmlari (kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar misolida sotsiologik tahlil)” 22.00.02 ‒ Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2024.2.DSc/S51 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, DSc.04/2025.27.12.S.01.02 
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Qaxxorov Abdulaxat Abduganievich , sotsiologiya fanlari doktori, professor. 
I. Rasmiy opponentlar: Otamuratov Sarvar Sadullaevich- Sotsiologiya fanlari doktori, professor, Xojiev Zavqiddin Farxodovich-Sotsiologiya fanlari doktori, dotsent, Yuldashev Anvar Ergashevich – tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda professional ta’lim tizimini rivojlantirishni sotsiologik nuqtai nazardan kompleks tahlil qilish asosida bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
professional ta’lim tizimida ta’lim jarayonlari, dual ta’lim amaliyoti va mehnat bozori ehtiyojlari o‘rtasidagi ijtimoiy nomuvofiqliklarni bartaraf etish maqsadida “professional ta’lim – ishlab chiqarish – mehnat bozori” klaster tizimini joriy etish zarurligi ilmiy asoslanib, bitiruvchilarning kasbiy moslashuvi, mehnat bozori bilan uyg‘unlashuvi va bandligini ta’minlash samaradorligini oshirish mexanizmlari takomillashtirilgan;
xorijiy davlatlar (AQSh, Xitoy, Yaponiya, Germaniya va Janubiy Koreya) tajribalarining qiyosiy-sotsiologik tahlili asosida O‘zbekistonda professional ta’lim bitiruvchilarining bandligiga ta’sir etuvchi ta’lim sifati, amaliy kompetensiyalar, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi hamda kasbiy motivatsiya o‘rtasidagi ijtimoiy bog‘liqliklar tizimlashtirilib, bitiruvchilarning mehnat bozoriga moslashuvi va bandlik barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan “ijtimoiy-integratsion yondashuv” takomillashtirilib, professional ta’lim tizimi va mehnat bozori o‘rtasidagi ijtimoiy uyg‘unlikni kuchaytirishning sotsiologik asoslari ishlab chiqilgan;
professional ta’lim bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash jarayonida oila, mahalla, ta’lim muassasasi va ish beruvchilar o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlik munosabatlaridagi nomutanosibliklarni bartaraf etish maqsadida, “oila – mahalla – ta’lim muassasasi – ish beruvchilar” hamkorligini xorijiy tajribalar asosida milliy sharoitlarga uyg‘unlashtirgan holda “institutlashgan hamkorlik”ning sotsiologik modelini takomillashtirish orqali bitiruvchilarning kasbiy moslashuvi va bandlik barqarorligini ta’minlash samaradorligini oshirish asoslangan;
professional ta’lim tizimi va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik jarayonida mehnat bozori ehtiyojlariga oid axborot almashinuvidagi muammolarni oldini olish maqsadida “institutlashgan hamkorlik” modeli doirasida bitiruvchilar bandligini prognozlash va mehnat bozori dinamikasini baholashga xizmat qiluvchi real vaqt rejimidagi monitoring tizimini joriy etishning sotsiologik asoslari ishlab chiqilib, professional ta’lim tizimi va mehnat bozori o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlik samaradorligini oshirish usullari asoslangan.
professional ta’lim bitiruvchilarining mehnat bozoriga tayyorlik darajasini baholash mezonlarini tizimlashtirish asosida bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi, mehnat bozori talablariga mosligi va bandlik imkoniyatlarini kompleks baholashga xizmat qiluvchi “Employment Readiness Index (ERI)” indikatorlar tizimi ishlab chiqilib, bitiruvchilarning mehnat bozoriga moslashuv darajasini sotsiologik baholash metodikasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekistonda professional ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash mexanizmlari (kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar misolida sotsiologik tahlil asosida:
professional ta’lim tizimida ta’lim jarayonlari, dual ta’lim amaliyoti va mehnat bozori ehtiyojlari o‘rtasidagi ijtimoiy nomuvofiqliklarni bartaraf etish maqsadida “professional ta’lim – ishlab chiqarish – mehnat bozori” klaster tizimini joriy etish zarurligining ilmiy asoslangan, bitiruvchilarning kasbiy moslashuvi, mehnat bozori bilan uyg‘unlashuvi va bandligini ta’minlash samaradorligini oshirish mexanizmlari takomillashtirilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 20-yanvardagi 10/26-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 8-sentyabrdagi 
2-13-21-4848-sonli hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 2025-yil 8-sentyabrdagi 04-13/714-sonli dalolatnomalari). Natijada, professional ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari va mehnat bozori subektlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiluvchi klaster yondashuvining ilmiy-metodik asoslari takomillashtirilib, dual ta’lim samaradorligini oshirish, ta’lim mazmunini ish beruvchilarning real ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish, bitiruvchilarning kasbiy moslashuvi va bandligini ta’minlash mexanizmlari mustahkamlandi hamda professional ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish va mehnat bozori talablariga mos, amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash samaradorligini yuksaltirishga xizmat qildi.
xorijiy davlatlar (AQSh, Xitoy, Yaponiya, Germaniya va Janubiy Koreya) tajribalarining qiyosiy-sotsiologik tahlili asosida O‘zbekistonda professional ta’lim bitiruvchilarining bandligiga ta’sir etuvchi ta’lim sifati, amaliy kompetensiyalar, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi hamda kasbiy motivatsiya o‘rtasidagi ijtimoiy bog‘liqliklar tizimlashtirilib, bitiruvchilarning mehnat bozoriga moslashuvi va bandlik barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan “ijtimoiy-integratsion yondashuv” takomillashtirilib, professional ta’lim tizimi va mehnat bozori o‘rtasidagi ijtimoiy uyg‘unlikni kuchaytirishning sotsiologik asoslari ishlab chiqilganligidan “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”, “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”, “Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari haqida”gi qarorlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 16-oktyabrdagi 06/02/12-456-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 8-sentyabrdagi 
2-13-21-4848-sonli hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 2025-yil 8-sentyabrdagi 04-13/714-sonli dalolatnomalari). Natijada, professional ta’lim tizimi va mehnat bozori o‘rtasidagi o‘zaro integratsiyani kuchaytirishning ilmiy asoslangan mexanizmlari takomillashtirildi hamda ta’lim sifati, amaliy kompetensiyalar va ish beruvchilar ehtiyojlari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi ijtimoiy-integratsion yondashuv amaliyotga joriy etilib, bitiruvchilarning mehnat bozoriga muvaffaqiyatli moslashuvi, barqaror bandligini ta’minlash, dual ta’lim samaradorligini oshirish, ish beruvchilar ishtirokini kengaytirish hamda kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, ularning mehnat faolligi va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, professional ta’lim bitiruvchilarining bandlik darajasini yuksaltirishga xizmat qiluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning ilmiy-metodologik asoslari mustahkamlandi.
professional ta’lim bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash jarayonida oila, mahalla, ta’lim muassasasi va ish beruvchilar o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlik munosabatlaridagi nomutanosibliklarni bartaraf etish maqsadida, “oila – mahalla – ta’lim muassasasi – ish beruvchilar” hamkorligini xorijiy tajribalar asosida milliy sharoitlarga uyg‘unlashtirgan holda “institutlashgan hamkorlik”ning sotsiologik modelini takomillashtirish orqali bitiruvchilarning kasbiy moslashuvi va bandlik barqarorligini ta’minlash samaradorligini oshirish asoslangan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “O‘zbekistonda kambag‘allikni kamaytirish masalalari” mavzusida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 16-oktyabrdagi 06/02/12-456-sonli dalolatnoma). Natijada, yoshlarning kasbiy moslashuvi va bandligini ta’minlashga xizmat qiluvchi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar mazmuni takomillashtirildi, ijtimoiy institutlar o‘rtasidagi hamkorlikning samarali shakllarini joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi hamda targ‘ibot ishlarining ta’sirchanligi oshirildi.
professional ta’lim tizimi va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik jarayonida mehnat bozori ehtiyojlariga oid axborot almashinuvidagi muammolarni oldini olish maqsadida “institutlashgan hamkorlik” modeli doirasida bitiruvchilar bandligini prognozlash va mehnat bozori dinamikasini baholashga xizmat qiluvchi real vaqt rejimidagi monitoring tizimini joriy etishning sotsiologik asoslari ishlab chiqilib, professional ta’lim tizimi va mehnat bozori o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlik samaradorligini oshirish usullari ilmiy asoslanganidan “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatshilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan “O‘zbekiston yoshlari–2024: qadryatlar, muammolar va kutilmalar” mavzusida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovida «A» blokida 3 ta, «V» blokida 3 ta, «S» blokida 4 ta savollarni tuzishda foydalanilgan (“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatshilik fikrini o‘rganish markazining 2025-yil 29-avgustdagi 01-16/168-sonli dalolatnomasi). Natijada, bitiruvshilar bandligini oshirishga ta’sir etuvshi omillar asosida aholi bandligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan «yo‘l xaritasi»ni ishlab shiqishda o‘z samarasini ko‘rsatdi.
professional ta’lim bitiruvchilarining mehnat bozoriga tayyorlik darajasini baholash mezonlarini tizimlashtirish asosida bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi, mehnat bozori talablariga mosligi va bandlik imkoniyatlarini kompleks baholashga xizmat qiluvchi “Employment Readiness Index (ERI)” indikatorlar tizimi ishlab chiqilib, bitiruvchilarning mehnat bozoriga moslashuv darajasini sotsiologik baholash metodikasida taklif etilgan tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining “Yoshlar balansi”ni shakllantirish bo‘yicha yo‘riqnomasi bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda hamda  O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining «Ijtimoiy boshqaruv va kasbiy takomillashuv» mavzusida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 8-sentyabrdagi 2-13-21-4848-sonli hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 2025-yil 8-sentyabrdagi 04-13/714-sonli dalolatnomalari) Natijada, bitiruvchilarning mehnat bozoriga tayyorlik darajasini baholash, ularning kasbiy kompetensiyalari va bandlik imkoniyatlarini aniqlash hamda yoshlar bandligini monitoring qilish va prognozlash samaradorligini oshirishga hamda mahalliy davlat hokimiyati boshqaruv organlari faoliyatida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish, bitiruvchilar bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan maqsadli dasturlarni takomillashtirishga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish