Ziyaeva Xolida Omonqul qizining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Zo‘ravonlikka uchragan shaxslarni ijtimoiy davlat sharoitida reabilitatsiya qilishning alternativ va diskursiv yondashuvlari: sotsiologik sintez» 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/S44 Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.04/2025.27.12.S.01.02.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Narbaeva Tanzila Kamalovna, sotsiologiya fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: sotsiologiya fanlari doktori, professor Umarov Absalom Adilovich, falsafa fanlari doktori, professor Nurmatova Mukarram Axmedovna, sotsiologiya fanlari doktori, professor Matibaev Toshpo‘lat Boltaboevich
Yetakchi tashkilot: Ijtimoiy fikr Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zo‘ravonlikka uchragan shaxslarni reabilitatsiya qilishning alternativ va diskursiv yondashuvlarini sotsiologik sintez qilish orqali optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Zo‘ravonlikka qarshi kurashda subektiv (shaxsning xulq-atvorni o‘zgartirish), obektiv (zo‘ravonlik muhitini shakllanishiga yo‘l qo‘ymaslik), ijtimoiy institutlarning interverison (aralashuv) vakolatini kengaytirish, mediativ sotsiumlarning o‘zgarayotgan sotsial jarayonlarga ta’sirini yanada kuchaytirish zo‘ravonlikni profilaktika qilishda asosiy omil ekanligi reversiv reaksiya usuli bilan isbotlangan;
zo‘ravonlik hodisasini sotsial diagnostika qilishda dastlabki suhbat va so‘rov jarayonida umumiy ijtimoiy xolatning sintezlangan va subektlar kesimida korelyasiya qilingan “Checklist” va “Topic Guide” kabi kommunikativ usullari orqali klassifikatsiya qilish yo‘llari ochib berilgan;
zo‘ravonlikka uchragan shaxslarni reabilitatsiya qilishda “Frauenhäuser” (Germaniya), “Krisenzentrum” va “Interventionszentrum” (Avstriya), “Unizon”, “Roks” va “Manscentrum” (Shvesiya), “Aygerim”, “Diana” va “Nұr-Shipa” (Qozog‘iston) reabilitatsiya markazlari tajribasini O‘zbekiston sharoitiga moslashtirishga qaratilgan “Refleksiya” dasturini qo‘llashning afzalliklari asoslangan;
Yangi O‘zbekistonda zo‘ravonlikka qarshi kurashish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani, ushbu sohadagi qonunchilik bazasi mustahkamlanishi, ijtimoiy davlat sharoitida “Inson qadrini ulug‘lash” va “Har bir insonga e’tibor” tamoyili barcha ijtimoiy islohotlarning tayanch nuqtasi va harakatga keltiruvchi katalizator ekanligi “Fact-relationship” usuli bilan asoslantirilgan.
zo‘ravonlik turlarini aniqlash va shaxsni reabilitatsiya qilishga doir ilmiy etimologik baza “Bullying” (voyaga etmagan shaxsga nisbatan zo‘ravonlik), “Huizing” (harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi zo‘ravonlik), “Mobbing” (olomonning bir shaxs ustidan zo‘ravonligi), “Stalking” (shaxsni ta’qib qilish va qo‘rqitish), “Disablism” (nogironligi bo‘lgan shaxsga nisbatan zo‘ravonlik), kiberzo‘ravonlik turlarini aniqlashda “Creepshot”(xunuk tasvir), “Upskirting” (kiyim osti tasvir – sherigini yoki notanish shaxsning intim qismlarining foto yoki videolarini tayyorlash), “Cybergrooming” (bolalarga onlayn mehr ko‘rsatish orqali jinsiy zo‘ravonlik) kabi zo‘ravonliklarning identifikatsion doirasi kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada zo‘ravonlikka uchragan shaxslarni ijtimoiy davlat sharoitida reabilitatsiya qilishning alternativ va diskursiv yondashuvlari bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy sotsiologik taklif hamda tavsiyalar asosida:
zo‘ravonlikka qarshi kurashda subektiv (shaxsning xulq-atvorni o‘zgartirish), obektiv (zo‘ravonlik muhitini shakllanishiga yo‘l qo‘ymaslik), ijtimoiy institutlarning interverison (aralashuv) vakolatini kengaytirish, mediativ sotsiumlarning o‘zgarayotgan sotsial jarayonlarga ta’sirini yanada kuchaytirish zo‘ravonlikni profilaktika qilishda asosiy omil ekanligi reversiv reaksiya usuli bilan isbotlanganlikka oid ma’lumotidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 24-yanvarda qabul qilingan Senat tomonidan 2025-yil 21-fevralda ma’qullangan O‘zbekiston Respublikasining “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim Qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi 2025-yil 9-apreldagi O‘RQ-1053-sonli Qonuning 1-moddasining ikkinchi bandini “Sud oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxsning talabiga ko‘ra yarashish uchun muhlat tayinlamaydi” degan norma bilan to‘ldirish to‘g‘risida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-maydagi PQ-175-sonli “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori loyihasining 7 -bo‘lim 1-2-3-bandlarini tayyorlashda shunigdek, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish” xalqaro kuni munosabati bilan Oliy Majlis Senati, O‘zbekiston Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi va BMTning Aholishunoslik jamg‘armasining (YuNFPA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi, BMT Taraqqiyot dasturi, Evropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” tadbirlari doirasida o‘tkazilgan gender zo‘ravonlik bo‘ yicha chekka hududlarda bepul psixologik konsultatsiya va treninglar tashkil etish, sog‘liqni saqlash, huquqni muhofaza qilish, psixologik va ijtimoiy himoya soha xodimlari uchun zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan shaxslarga yordam berish bo‘yicha tasdiqlangan milliy standart operatsion tartiblarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha treninglarni metodik va metodologik ta’minlashda o‘z samaradorligini ko‘rsatgan. Shuningdek, 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2025-yilda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini shakllantirilishida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 21-apreldagi 3-sonli ma’lumotnomasi); Natijada, zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilishning huquqiy kafolatlari kuchaytirildi, sud amaliyotida yarashish institutining zo‘ravonlik qurbonlari manfaatlariga zid qo‘llanilishining oldi olindi;
zo‘ravonlik hodisasini sotsial diagnostika qilishda dastlabki suhabat va so‘rov jarayonida umumiy ijtimoiy xolatning sintezlangan va subektlar kesimida koreliyasiya qilingan “Checklist” va “Topic Guide” kabi kommunikativ usullari orqali klassifikatsiya qilish yo‘llari ochib berilganlikka oid ma’lumotidan “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan 2024-yilning mart oyida o‘tkazilgan “Xotin-qizlarning jamiyat va oiladagi o‘rni: huquqiy savodxonlik, ijtimoiy ta’minot va kayfiyat” mavzusidagi sotsiologik tadqiqotining metodik va metodologik qismini shakllantirishda, shuningdek, ushbu mavzuda o‘tkazilgan so‘rovnoma anketasining “B” bloki ning 4, 6, 8-anketa savollarini va javob variantlarini, “D” bloki ning 14, 15, 18-anketa savollarini va javob variantlarini ishlab chiqishda hamda tadqiqot natijalari bo‘yicha tahliliy materialning xulosa, taklif va tavsiyalar qismini ishlab chiqishda va foydalanilgan. (“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2025-yil 16-apreldagi 01-16/78-son ma’lumotnomasi); Natijada xotin-qizlarning maqomi jamiyat taraqqiyoti, jamiyatda shakllangan muhit va kelajakda jamiyat qanday taraqqiy qilishining ko‘rsatkichlari, xotin-qizlarning huquqiy va ijtimoiy himoyalanganlik darajasi, ta’lim va bandlik, ijtimoiy va siyosiy hayotdagi ishtiroki darajasi ularning jamiyatdagi mavqeyi va rolining asosiy ijtimoiy ko‘rsatkichlarini belgilash, mamlakatimizda islohotlar natijasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar xotin-qizlarning qadriyatlar tizimiga va ularning qadriyat yo‘nalishlariga ta’sirini aniqlash imkoniyatini oshirishda ijobiy natija ko‘rsatgan;
zo‘ravonlikka uchragan shaxslarni reabilitatsiya qilishda “Frauenhäuser” (Germaniya), “Krisenzentrum” va “Interventionszentrum” (Avstriya), “Unizon”, “Roks” va “Manscentrum” (Shvesiya), “Aygerim”, “Diana” va “Nұr-Shipa” (Qozog‘iston) reabilitatsiya markazlari tajribasini O‘zbekiston sharoitiga moslashtirishga qaratilgan “Refleksiya” dasturini qo‘llashning afzalliklari asoslanganlikka oid ma'lumotidan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan 2025-yil 21-fevralda ma’qullangan O'zbekiston Respublikasining “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish tog‘risida"gi 2025-yil 9-apreldagi O‘RQ-1053-sonli gonuni loyihasini, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-maydagi PQ-175-sonli “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori loyihasining 2 bo'lim 20, 22 bandni tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining 2025-yil 15-avgustdagi 207-son ma’lumotnomasi); Natijada, Refleksiya” dasturini amaliyotga joriy etish orqali jabrlangan shaxslarning psixologik tiklanishi, ijtimoiy moslashuvi va mustaqil hayotga qayta integratsiyalashuvini ta’minlashning samarali mexanizmlari takomillashtirilib, reabilitatsiya markazlarida kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, individual reabilitatsiya rejalarini ishlab chiqish, idoralararo hamkorlikni kuchaytirish hamda zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarning takroriy zo‘ravonlikka duch kelish xavfini kamaytirishga qaratilgan huquqiy va tashkiliy yondashuvlarni samarali qo‘llash imkoniyati yaratildi;
Yangi O‘zbekistonda zo‘ravonlikka qarshi kurashish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani, ushbu sohadagi qonunchilik bazasi mustahkamlanishi, ijtimoiy davlat sharoitida “Inson qadrini ulug‘lash” va “Har bir insonga e’tibor” tamoyili barcha ijtimoiy islohotlarning tayanch nuqtasi va harakatga keltiruvchi katalizator ekanligi “Fact-relationship” usuli bilan isbotlanganlikka oid ma’lumotidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tizimi xodimlarining malakasini oshirish va mahallalarni metodik ta’minlash o‘quv-uslubiy Markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Mahalla ettiligi” a’zolarining fuqarolar yig‘inlaridagi faoliyatini samarali tashkil etish, bilim va ko‘nikmalarini oshirish kursi o‘quv dasturini ishlab chiqishda metodologik baza sifatida foydalanilgan. Shuningdek, uyushma tomonidan 2024-yil noyabr-dekabr oylarida Mahalla fuqarolari yig‘ini tuzilmasidagi “Mahalla ettiligi” a’zolarining hamkorligi hamjihatliligini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnomaning 3-5-6-10-anketa savollarini va javob variantlarini ishlab chiqishda hamda tadqiqot natijalari bo‘yicha tahliliy materialning xulosa, taklif va tavsiyalar qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi huzuridagi Mahalla akademiyasining 2025-yil 11-martdagi 01-03/38-son ma’lumotnomasi); Natijada, mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Mahalla ettiligi” a’zolarining zo‘ravonlikning oldini olish, xavf guruhidagi oilalarni erta aniqlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda davlat va jamoat institutlari bilan hamkorlikni tashkil etish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini takomillashtirishga xizmat qiluvchi o‘quv-metodik yondashuvlar ishlab chiqilib, mahalla tizimida zo‘ravonlikni barvaqt aniqlash, uning oldini olish va jabrlangan shaxslarga kompleks ijtimoiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirishga xizmat qildi;
zo‘ravonlik turlarini aniqlash va shaxsni reabilitatsiya qilishga doir ilmiy etimologik baza “Bullying” (voyaga etmagan shaxsga nisbatan zo‘ravonlik), “Huizing” (harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi zo‘ravonlik), “Mobbing” (olomonning bir shaxs ustidan zo‘ravonligi), “Stalking” (shaxsni ta’qib qilish va qo‘rqitish), “Disablism” (nogironligi bo‘lgan shaxsga nisbatan zo‘ravonlik), kiberzo‘ravonlik turlarini aniqlashda “Creepshot”(xunuk tasvir), “Upskirting” (kiyim osti tasvir – sherigini yoki notanish shaxsning intim qismlarining foto yoki videolarini tayyorlash), “Cybergrooming” (bolalarga onlayn mehr ko‘rsatish orqali jinsiy zo‘ravonlik) kabi zo‘ravonliklarning identifikatsion doirasi kengaytirilganlikka oid ma’lumotidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi tomonidan “e-learning.istc.uz” platformasida Respublika miqyosida Ijtimoiy hodimlarni malakasini oshirish uchun tayyorlangan videodarslar materiallari, 400 dan ortiq test topshiriqlarini va mavzu bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirishda hamda yigirmaga yaqin onlayn darslar olib borishda nazariy- metodologik asos sifatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlari malakasini oshirish markazining 2025-yil 21-apreldagi 01/01/84-son ma’lumotnomasi); Natijada, ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining zo‘ravonlikning zamonaviy shakllarini aniqlash, ularni o‘zaro farqlash va holatlarga to‘g‘ri baho berish bo‘yicha nazariy bilim hamda amaliy kompetensiyalari mustahkamlanib, zo‘ravonlikning anʼanaviy va yangi, jumladan, kiberzo‘ravonlik turlarini erta identifikatsiya qilish, xavf omillarini baholash, jabrlangan shaxslarning ehtiyojlarini aniqlash va ularni reabilitatsiya qilish bo‘yicha yagona metodik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish imkoniyati yaratildi hamda ijtimoiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qildi.