Saxibov Alijon Xudoykulovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Chaqiriqqacha harbiy ta’limda raqamli texnologiyalarni qo‘llashning nazariy-pedagogik asoslarini takomillashtirish”, 13.00.01 – “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” ixtisosligidan.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8516
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Ilmiy rahbar: Obidov Azamat Erkinjonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa
doktori PhD., dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.Ped.173.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Dilmurad Narmuratovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Ibraymov Askar Esbosinovich, pedagogika fanlari doktori(DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chaqiriqqacha harbiy ta’limda raqamli texnologiyalarni qo‘llashning nazariy-pedagogik asoslarini takomillashtirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chaqiriqqacha harbiy ta’limda raqamli texnologiyalarni integratsiyalashning pedagogik shart-sharoitlari ta’lim jarayonining o‘quv kontentining innovatsion dizayn va analitik-refleksiv sinergiyasi uzviyligini ta’minlovchi adaptiv va proaktiv himoya mexanizmini konvergensiyaning transintegrativ uyg‘unlashuvi asosida takomillashtirilgan;
ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarni qo‘llashning konseptual metodik tizimiga asoslangan pedagogik modeli differensial hamda individual rivojlantirish kontekstini innovatsion, o‘zgaruvchan o‘quv elementlarini transformatsiyalanuvchi komponentlarini variativligini ifodalovchi metarefleksivligini ICAP (Interactive – Constructive – Active – Passive) sikliga uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
chaqiriqqacha harbiy ta’limda raqamli texnologiyalarni qo‘llash jarayoni talabalarning maxsus tayyorgarligini rivojlantiruvchi sun’iy intellekt (AI), Data Science, virtual va kengaytirilgan reallik (VR/AR) texnologiyalariga asoslangan pedagogik-didaktik usullarni rivojlantiruvchi OODA (Observe-Orient-Decide-Act) modeliga interaktiv va multimodal o‘quv muhitida integratsiyalash asosida takomillashtilgan;
chaqiriqqacha harbiy ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishning metodik ta’minoti o‘quv jarayonini samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan dasturlash, loyiha, mobil viktorina, bulutli tadqiqot kabi innovatsion ta’lim metodlarini transdisiplinar integratsiyasini ta’minlovchi ABL (Agile-Blended Learning) metodologiyasini o‘quv jarayonlarida maqsadli qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chaqiriqqacha harbiy ta’limda raqamli texnologiyalarni qo‘llashning nazariy-pedagogik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
chaqiriqqacha harbiy ta’limda raqamli texnologiyalarni integratsiyalashning pedagogik shart-sharoitlari ta’lim jarayonining o‘quv kontentining innovatsion dizayn va analitik-refleksiv sinergiyasi uzviyligini ta’minlovchi adaptiv va proaktiv himoya mexanizmini konvergensiyaning transintegrativ uyg‘unlashuvi asosida takomillashtirishga doir takliflardan pedagogika sohasi uchun didaktik materiallar ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining
2024-yil 16-sentyabrdagi 03/40-2681-son ma’lumotnomasi). Natijada chaqiriqqacha harbiy ta’lim yoʻnalishi talabalarining raqamli kompetensiyalarini loyihalashga xizmat qilgan;
ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarni qo‘llashning konseptual metodik tizimiga asoslangan pedagogik modeli differensial hamda individual rivojlantirish kontekstini innovatsion, o‘zgaruvchan o‘quv elementlarini transformatsiyalanuvchi komponentlarini variativligini ifodalovchi metarefleksivligini ICAP (Interactive – Constructive – Active – Passive) sikliga uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan TATU huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi FZ-20200929308 “Axborot xavfsizligini ta’minlash tizimlarida foydalanuvchilarni biometrik avtorizatsiyalashning integrallashgan texnologiyalari nazariy asoslarini yaratish” (2021–2024 yy.) fundamental loyihasi doirasida masofaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llash algoritmini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 16-sentyabrdagi 03/40-2681-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’limda axborot texnologiyalarini qo‘llashning amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
chaqiriqqacha harbiy ta’limda raqamli texnologiyalarni qo‘llash jarayoni talabalarning maxsus tayyorgarligini rivojlantiruvchi sun’iy intellekt (AI), Data Science, virtual va kengaytirilgan reallik (VR/AR) texnologiyalariga asoslangan pedagogik-didaktik usullarni rivojlantiruvchi OODA (Observe-Orient-Decide-Act) modeliga interaktiv va multimodal o‘quv muhitida integratsiyalash asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalari “Chaqiriqqacha harbiy ta’limda axborot texnologiyalari” nomli metodik qo‘llanma mazmunida aks ettirilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy Kengashi bayonnomasi). Natijada raqamli ta’minotdan foydalangan holda talabalar mustaqil ta’lim olish jarayonini tashkil qilish takomillashtirilgan;
chaqiriqqacha harbiy ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishning metodik ta’minoti o‘quv jarayonini samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan dasturlash, loyiha, mobil viktorina, bulutli tadqiqot kabi innovatsion ta’lim metodlarini transdisiplinar integratsiyasini ta’minlovchi ABL (Agile-Blended Learning) metodologiyasini o‘quv jarayonlarida maqsadli qo‘llash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan TATU huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi FZ-20200929308 “Axborot xavfsizligini ta’minlash tizimlarida foydalanuvchilarni biometrik avtorizatsiyalashning integrallashgan texnologiyalari nazariy asoslarini yaratish” (2021–2024 yy.) fundamental loyihasining bo‘lajak o‘qituvchilarning axborot texnologiyalarini qo‘llashga doir kompetentligini rivojlantirish qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 16-sentyabrdagi 03/40-2681-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda chaqiriqqacha harbiy ta’lim bo‘yicha nazariy bilim va amaliy malakalarni rivojlantirishga xizmat qilgan.