Homidova Odina Qahhorjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uzoq masofalarga yuguruvchilarni musobaqalarga tayyorlash texnologiyasi”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped3742.
Ilmiy rahbar: Bayazitov Kamil Faritovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.28/2025.27.12.Ped.02.01.
Rasmiy opponentlar: Eshtaev Sergey Anvarovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Niyazova Regina Rustamovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uzoq masofalarga yuguruvchilarni musobaqalarga tayyorlash texnologiyasi takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘quv mashg‘ulot bosqichidagi uzoq masofalarga yuguruvchilarning qadam uzunligi va chastotasini individuallashtirish maqsadida musobaqa faoliyatini video tahlil natijalariga ko‘ra turgan joydan depsinishlar, sakrashlar, balandlikdan yon tomonlarga sakrab o‘tishlar kabi variativ dinamik va pliometrik mashqlarni me’yorlashgan majmuasidan mezotsikl kesimlarida foydalanish hisobiga barqaror tezlikni saqlash imkoniyatlari kengaytirilgan;
uzoq masofalarga yuguruvchilarning musobaqa faoliyatida raqiblarni charchatish maqsadida 5000 va 10000 metrga 5 soniyagacha qisqa tezlanishlar va 30 soniyagacha belgilangan sur’atni uzoq vaqt saqlab turishdan iborat taktik faoliyatni amaliy ko‘rinishdagi shiddatli yugurish usulini qo‘llash hisobiga yetakchilik qilish imkoniyatlari takomillashtirilgan;
uzoq masofalarga yuguruvchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun mashqlarni tabaqalashtirilgan qo‘shimcha o‘g‘irliklar yordamida qisqa muddatli aerob yugurish yuklamalarini
3 daqiqadan-5 daqiqagacha, musobaqa sur’atidagi tezlanishlarni 10 soniyagacha o‘zgarishlarni mujassam etgan mashqlar majmuasidan foydalanish hisobiga kuch chidamkorligi oshirilgan;
uzoq masofaga yuguruvchilarning musobaqalarga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish maqsadida jismoniy tayyorgarlik darajasini saqlagan holda bosqichli yuklamalar tezligini 3-5 foizga oshirish hamda funksional imkoniyatlar chegarasi shkalasidan musobaqa oldi mezotsikllarida qo‘llash hisobiga sport natijador eshirish samaradorligi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. uzoq masofalarga yuguruvchilarni musobaqalarga tayyorlash texnologiyasi takomillashtirish bo‘yicha pedagogik tajribalar davomida olingan ilmiy natijalar asosida::
o‘quv mashg‘ulot bosqichidagi uzoq masofalarga yuguruvchilarning qadam uzunligi va chastotasini individuallashtirish maqsadida musobaqa faoliyatini video tahlil natijalariga ko‘ra turgan joydan depsinishlar, sakrashlar, balandlikdan yon tomonlarga sakrab o‘tishlar kabi variativ dinamik va pliometrik mashqlarni me’yorlashgan majmuasidan mezotsikl kesimlarida foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi sport maktabida uzoq masofalarga yuguruvchilarning mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 4-dekabragi 03-16/12454-son ma’lumotnomasi). Natijada, yugurish sur’atini bosqichma-bosqich oshirib borish bilan ishlab chiqilgan mashg‘ulot yuklamalari aerob rejimda uzoq masofalarga yuguruvchilarning yugurish samaradorligini 21,3% ga, aerob-anaerob rejimda esa 12,6% ga oshirish imkonini bergan;
uzoq masofalarga yuguruvchilarning musobaqa faoliyatida raqiblarni charchatish maqsadida 5000 va 10000 metrga 5 soniyagacha qisqa tezlanishlar va 30 soniyagacha belgilangan sur’atni uzoq vaqt saqlab turishdan iborat taktik faoliyatni amaliy ko‘rinishdagi shiddatli yugurish usulini qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Namangan ixtisoslashtirilgan o‘yin turlari va engil atletika maktabida uzoq masofalarga yuguruvchilarning mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 4-dekabragi 03-16/12454-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuguruvchilarining 5000 metr ga yugurishda aldamchi tezlanishlar sonini o‘rtacha 7,3±1,8 martaga, 10000 metr ga yugurishda esa o‘rtacha 12,7±2,6 martaga oshirilgan;
uzoq masofalarga yuguruvchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun mashqlarni tabaqalashtirilgan qo‘shimcha o‘g‘irliklar yordamida qisqa muddatli aerob yugurish yuklamalarini
3 daqiqadan-5 daqiqagacha, musobaqa sur’atidagi tezlanishlarni 10 soniyagacha o‘zgarishlarni mujassam etgan mashqlar majmuasidan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi sport maktabida uzoq masofalarga yuguruvchilarning mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 4-dekabragi 03-16/12454-son ma’lumotnomasi). Natijada, uzoq masofalarga yuguruvchilarning aerob-anaerob rejimda 5000 metr ga yugurishda o‘rtacha 396,4±38,1 soniyaga, 10000 metr ga yugurishda o‘rtacha 683,1±31,6 soniyaga yaxshilangan;
uzoq masofaga yuguruvchilarning musobaqalarga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish maqsadida jismoniy tayyorgarlik darajasini saqlagan holda bosqichli yuklamalar tezligini 3-5 foizga oshirish hamda funksional imkoniyatlar chegarasi shkalasidan musobaqa oldi mezotsikllarida qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi sport maktabida uzoq masofalarga yuguruvchilarning mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 4-dekabrdagi 03-16/12454-son ma’lumotnomasi). Natijada, aerob rejimda uzoq masofaga yuguruvchilarning yugurish samaradorligini 22,6% ga, aerob-anaerob rejimda 13,8% ga oshirilgan.