Xolxodjaeva Dilfuza Shoakrom qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Kasbiy ta’lim tashkilotlarida xorijiy tilni kasbga yo‘naltirib o‘qitish metodikasini     takomillashtirish” (13.00.05 – Kasb – hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4PhD/Ped6827.
Ilmiy rahbar: Muslimov Narzulla Alixanovich,- pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kasbiy  ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish  instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc.02/2025.27.12.Ped.01.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor;
Gaffarov Feruz  Xasanovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” (TIQXMMI) Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilarga xorijiy tilni kasbga yo‘naltirib o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining xorijiy til bilish kompetensiyasining tarkibiy komponentlari (lingvistik, kommunikativ, diskursiv, lingvokulturologik, strategik) ularning kasbiy kompetensiyalar bilan funksional bog‘liqligini hamda kognitiv darajalar bo‘yicha dekompozisiyasini ta’minlovchi ESP (maxsus maqsadlar uchun ingliz tili) va CLIL (fan va tilni integratsiyalashgan holda o‘qitish) yondashuvlarini qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
kasbiy ta’lim tashkilotlarida xorijiy tilni kasbga yo‘naltirib o‘qitishning metodik rivojlantirish modeli maqsadli, nazariy-metodologik, mazmunli-texnologik va natijaviy-baholovchi bloklarning o‘zaro funksional bog‘liqligini hamda kasbiy kompetensiyalarni uzviy integratsiyalashga imkon beruvchi tarkibiy-mazmuniy yo‘nalishlarni aniqlash orqali takomillashtirilgan;
kasbiy ta’lim tashkilotlarida xorijiy tilni kasbga yo‘naltirib o‘qitish metodikasi o‘quvchilarda kasbiy-kommunikativ kompetentlikni bosqichma-bosqich shakllantiruvchi hamda an'anaviy o‘qitishdan faoliyatga yo‘naltirilgan interaktiv-raqamli ta’lim muhitiga izchil o‘tishni ta’minlovchi SCAMPER, Boomerang,  Edutainment va SMART ta’lim texnologiyalarini maqsadli integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
kasbiy ta’lim tashkilotlarida xorijiy tilni kasbga yo‘naltirib o‘qitish samaradorligini baholash mezonlari (kasbiy-terminologik, analitik-tahliliy, kasbiy-kommunikativ, yozma-professional) va darajalari (boshlang‘ich, tayanch, operatsion, mustaqil) o‘quvchilarning kasbiy-lingvistik tayyorgarligini bosqichma-bosqich diagnostika qilishga imkon beruvchi indikatorlar tizimini belgilash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: kasbiy ta’lim tashkilotlarida xorijiy tilni kasbga yo‘naltirib o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
xorijiy til bilish kompetensiyasining tarkibiy komponentlari (lingvistik, kommunikativ, diskursiv, lingvokulturologik va strategik)ni ESP va CLIL yondashuvlarining qiyosiy-pedagogik tahlili asosida shakllantirishga doir ilmiy-metodik takliflar “Avtomobil transportiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash” yo‘nalishi uchun ishlab chiqilgan “Xorijiy til” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 25-noyabrdagi 462/5-07 raqamli o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada mazkur takomillashtirilgan o‘quv-metodik ta’minot o‘quvchilarda kasbga yo‘naltirilgan xorijiy til bilish kompetensiyasini samarali shakllantirishga xizmat qilgan;
xorijiy tilni kasbga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadli, nazariy-metodologik, mazmunli-texnologik va natijaviy-baholovchi bloklarini kompetensiyaviy va integrativ yondashuvlar asosida integratsiyalashgan metodik rivojlantirish modeli hamda unga oid taklif va tavsiyalar ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2026-yil 18-martdagi 02/01-01-182-son ma’lumotnomasi). Natijada kasbiy ta’lim tashkilotlarida xorijiy tilni kasbga yo‘naltirib o‘qitish jarayonining kompetensiyaviy yo‘naltirilganligi ta’minlangan hamda o‘quvchilarning kasbiy-kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish tizimi metodik jihatdan takomillashtirilgan;
xorijiy tilni kasbga yo‘naltirib o‘qitishda SCAMPER, Boomerang,  Edutainment va SMART ta’lim texnologiyalarini maqsadga yo‘naltirilgan yondashuv asosida qo‘llashga doir metodik ishlanmalar, jumladan Adliya vazirligining DGU 35788-sonli guvohnomasiga ega “Avtomobil yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar (o‘quvchilar) uchun maxsus lug‘at” nomli  mobil ilova hamda “AutoLingua Pro” mualliflik metodikasi ta’lim amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2026-yil 18-martdagi 02/01-01-182-son ma’lumotnomasi). Natijada kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarning kasbiy terminologiyani kontekstga mos qo‘llash hamda kasbiy muloqot ko‘nikmalari rivojlangan;
xorijiy tilni kasbga yo‘naltirib o‘qitish samaradorligini baholash mezonlari (kasbiy-terminologik, analitik-tahliliy, kasbiy-kommunikativ, yozma-professional) va darajalari (boshlang‘ich, tayanch, operatsion, mustaqil) asosida ishlab chiqilgan diagnostik-baholash ishlanmalari, jumladan o‘quvchilarning kasbiy-terminologik tayyorgarligini baholashga xizmat qiluvchi “Avtomobil yo‘nalishida tahsil oluvchi o‘quvchilar uchun maxsus lug‘at” ta’lim jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2026-yil 18-martdagi 02/01-01-182-son ma’lumotnomasi). Natijada kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarning kasbiy-lingvistik tayyorgarligini obektiv baholash hamda kasbiy-kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish