Ergashev To‘lqin Shokirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tadbirkorlik faoliyatini innovatsion rivojlantirishda kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirishning uslubiy asoslari”, 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3DSc/Iqt1017.
Ilmiy rahbar: Abdulloev Asliddin Junaydulloevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.08.03
Rasmiy opponentlar: Nizomov Asliddin Badriddinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Askarov Nazimjon Niyozovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Arabov Nurali Uralovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi innovatsion tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda kadrlar tayyorlash samaradorligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondoshuvga ko‘ra “tadbirkorlikda kadrlar ta’minoti” tushunchasining iqtisodiy mazmuni kadrlar tayyorlashda ta’lim muassasasi (oliy ta’lim, kasbiy tayyorgarlik markazi) va tadbirkor o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari, kadrlarni qayta tayyorlash, kasbiy kompetentlik standartlari, raqamli innovatsion ekotizim yo‘nalishlarida integratsiyalashuvni kuchaytirish nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
tadbirkorlikda kadrlar tayyorlashda samarali sifatida “Targeted Contract” shartnomaviy hamkorlik mexanizniga asoslangan “Kross-funksional” kurslar va “Project-based Learning” ta’lim shakllaridan tarkib topgan “Innovative-firm-based Education” ta’lim modeliga o‘tish taklifi asoslangan;
innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishda oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlashda ta’lim-ilm-fan-ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion munosabatlarga asoslangan “Industry Advisory Board (CMK)” maslahat kengashlari faoliyatini tashkil etish samarali echim sifatida asoslangan;
tadbirkorlik subektlarining innovatsion faolligini oshirish kadrlar tayyorlashda samarali sifatida kelajak kasblariga tayyorlashni nazarda tutuvchi “Duale Ausbildung” bilan “Skills Future” dasturlarining integratsiyalashgan besh bosqichli “InnoMarket” strategik dasturi asosida takomillashtirilgan;
2025-2030-yillardan tadbirkorlik yo‘nalishida kadrlar tayyorlashning samaradorligini professional, ilmiy va texnik faoliyat sohasida yaratilayotgan qo‘shilgan qiymat hajmi asosida bazis, pessimistik va optimistik prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Innovatsion tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda kadrlar tayyorlash samaradorligini ta’minlashning uslubiy asoslarini takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish bilan kadrlar tayyorlash modellarini ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish, kadrlarni qayta tayyorlash, kasbiy kompetentlik standartlari, raqamli innovatsion ekotizim yo‘nalishlarida integratsiyalash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son farmoni, 1.a-bandining 5-xatboshida o‘z ifodasini topgan. (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 10-oktyabrdagi 05-33-11789-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish orqali mamlakat kadrlar tayyorlashda xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy etish, jumladan, o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta’limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tishga erishiladi;
kadrlar tayyorlashda “Targeted Contract” shartnomaviy hamkorlik mexanizmiga asoslangan “Kross-funksional” kurslar va “Project-based Learning” ta’lim shakllaridan tarkib topgan “Innovative-firm-based Education” ta’lim modeliga o‘tish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-martdagi “O‘zbekiston Respublikasining Innovatsion rivojlanish strategiyasini 2024-2025-yillarda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 128-son qarori ilovasining 10-tartib raqamli tadbirida o‘z ifodasini topgan. (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 10-oktyabrdagi 05-33-11789-sonli ma’lumotnomasi). Taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida tadbirkorlik va biznesni boshqarish sohalarining zarur ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun innovatsiya markazlari va yoshlar texnoparklari asosida kichik va innovatsion tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan o‘quv dasturlarini amalga oshirishga erishilgan;
kadrlar tayyorlash orqali innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishda oliy ta’lim muassasalarida “Industry Advisory Board (CMK)” maslahat kengashlari faoliyatini tashkil etish asosida ta’lim – ilm-fan – ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion munosabatlarni kuchaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldgi “2022-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-307-son qarori, 1-ilovasining 6-tartib raqamli chora-tadbirida o‘z ifodasini topgan. (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 10-oktyabrdagi 05-33-11789-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilinishi natijasida ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlar va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, intellektual mulkni sotish uchun lisenziya shartnomalarini tayyorlashda maslahat yordami berish, texnologiyaning iste’molchilari bozorini qidirish uchun texnologiyalarni lisenziyalash markazlarini tashkil etishga erishilgan;
“Duale Ausbildung” bilan “Skills Future” dasturlarining ijobiy jihatlariga integratsiyalashtirilgan kadrlar tayyorlashda besh bosqichli “InnoMarket” strategik dasturidan foydalanish orqali tadbirkorlik subektlarining innovatsion faolligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-martdagi “O‘zbekiston Respublikasining Innovatsion rivojlanish strategiyasini 2024-2025-yillarda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 128-son qarori ilovasining 18-tartib raqamli tadbirining 1-punktida keltirilgan mexanizmida o‘z ifodasini topgan. (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 10-oktyabrdagi 05-33-11789-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida ilmiy-tadqiqot + oliy ta’lim + ishlab-chiqarish uyg‘unligini ta’minlashga erishilgan;
2025-2030-yillardan kadrlar tayyorlashni amal qilishi samaradorligini professional, ilmiy va texnik faoliyat sohasida yaratilayotgan qo‘shilgan qiymat hajmi asosida bazis, pessimistik va optimistik ssenariylari bo‘yicha ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktyabrdagi PF-6097-son farmoni, 1a-ilovasining 10-tartib raqamli maqsadli ko‘rsatkichlarida o‘z ifodasini topgan. (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 10-oktyabrdagi 05-33-11789-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida ilmiy-tadqiqotlar va ishlanmalar sohasida sotilgan mahsulotlarning (tovar, ish va xizmatlar) umumiy hajmida innovatsion mahsulotlar (tovar, ish va xizmatlar)ning ulushini 2030-yilga borib 31,6 foizga oshirish imkoniyati mavjudligi aniqlangan.