Tog‘aeva Sarvinoz Suyunovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ekish muddati va oziqlanish maydonining moyli kungaboqar navlari hosildorligiga ta’siri», 06.01.08–O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Qx208.
Ilmiy rahbar: Yuldasheva Zulfiya Kamalovna, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Elmurodov Abdug‘ani Aktamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Karabaev Ikramjan Turaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida takroriy ekin sifatida ekilgan kungaboqar navlaridan yuqori va sifatli hosil etishtirishni ta’minlaydigan maqbul ekish muddati va oziqlanish maydonini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlar sharoitida takroriy ekin sifatida etishtirilgan moyli kungaboqar navlarining maqbul oziqlanish maydoni va ekish muddatlari ishlab chiqilgan;
oziqlanish maydoni va ekish muddatlariga bog‘liq holda moyli kungaboqar navlarining o‘suv davri davomiyligi belgilangan;
moyli kungaboqar navlarining oziqlanish maydoni va ekish muddatlariga bog‘liq holda o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi va moydorligi aniqlangan;
moyli kungaboqar navlarining oziqlanish maydoni va ekish muddatlarida etishtirishning iqtisodiy samaradorligi baholangan;
Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida kungaboqarning “Jahongir”, “Rodnik”, “Dilbar” va “Navro‘z” navlarini 70x30-1 ekish sxemalarida etishtirish, yuqori va sifatli hosil to‘plashi uchun eng maqbulligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida takroriy ekin sifatida moyli kungaboqarning “Dilbar” va “Navro‘z” navlarini ekish muddati va sxemasi bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
fermer xo‘jaliklari uchun “Moyli kungaboqarni takroriy etishtirish agrotexnikasi” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 29 oktyabrdagi 02/021-3315-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyalar qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan ilmiy xodimlar, fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida keng foydalanilmoqda;
moyli kungaboqarning “Dilbar” va “Navro‘z” navlarini etishtirish texnologiyasi 2017-2018 yillarda Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida 19 gektar va Ohangaron tumanida 19 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 29 oktyabrdagi 02/021-3315-son ma’lumotnomasi). Natijada moyli kungaboqarning etishtirish texnologiyasi bo‘yicha “Dilbar” va “Navro‘z” navlari takroriy muddatda 20 iyunda 70x30-1 sxemasida ekilganda 35,7–35,2 s/ga hosil olingan va moyli kungaboqardan 4,3–5,0 s/ga qo‘shimcha hosil olingan, sof daromad gektaridan 4,48–4,97 mln. so‘mni tashkil etib, rentabellik darajasi oshishiga erishilgan;
moyli kungaboqarning “Dilbar” va “Navro‘z” navlarini takroriy ekin sifatida 20 iyunda 70x30-1 ekish sxemasida etishtirish texnologiyasi Oqqo‘rg‘on va Ohangaron tumanlarida 38 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 29 oktyabrdagi 02/021-3315-son ma’lumotnomasi). Natijada “Dilbar” navidan 70x20-1 sxemada 3023 kg/ga, 70x25-1 sxemada 3151 kg/ga, 70x30-1 sxemada 3311 kg/ga, 70x35-1 sxemada ekilganda 3228 kg/ga moy ajratib olingan. “Navro‘z” navidan 70x20-1 sxemada 2905 kg/ga, 70x25-1 sxemada 2989 kg/ga, 70x30-1 sxemada 3191 kg/ga, 70x35-1 sxemada ekilganda 3126 kg/ga moy ajratib olingan.