Fatilloev Sardorbek Zokirovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gelioissiqxonalarning quyosh-issiqlik quvurli isitish tizimining parametrlarini asoslash”, 05.05.06-“Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5962
Ilmiy rahbar: Uzoqov G‘ulom Norboevich, texnika fanlari  doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti, PhD. 03/2025.28.11.T.17.01. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Isroil Abrievich, texnika fanlari doktori, professor;  Fayziev To‘lqin Amirovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi issiqxonalarning vakuumli quyosh suv isitish kollektori va biomassa-issiqlik quvurlari asosidagi isitish tizimining parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba quyosh fotoelektr qurilmasi, vakuumli quyosh suv isitish kollektori, issiqlik almashtirgich va  biomassa issiqliligini utilizatsiya qilish imkoniga ega issiqlik quvurlari bilan takomillashtirilgan gelioissiqxonaning energiya tejamkor avtonom energiya ta’minoti tizimi ishlab chiqilgan (FAP №2712);
gelioissiqxonaning vakuumli quyosh suv isitish kollektorli va biomassa-issiqlik quvuri bilan jihozlangan hamda biomassada quyosh issiqlik energiyasini to‘plash, issiqlik quvurlari orqali past potensialli issiqlikni isitish uchun utilizatsiya qilish imkonini beradigan  isitish tizimining  sxemasi ishlab chiqilgan;
biomassa-issiqlik quvurli termodinamik tizimning issiqlik uzatish jarayonlarini matematik modeli biomassa hajmi, issiqlik quvuridagi ishchi suyuqlik turi, issiqlik quvuri geometrik o‘lchamlari va materialini inobatga olib, issiqlik balansi tenglamalari asosida ishlab chiqilgan; 
issiqxonani isitish uchun biomassada o‘rnatiladigan issiqlik quvurining gorizontal sirtga nisbatan optimal o‘rnatish burchagi va soni biomassa harorati, issiqlik quvuridagi ishchi suyuqlik turi va to‘ldirish darajasi hamda gelioissiqxonaning energiya balansi o‘zgarishiga bog‘liq aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gelioissiqxonalarning quyosh suv isitish kollektorli va biomassa-issiqlik quvurli qurilmalar asosidagi isitish tizimini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
avtonom gelioissiqxona energiya ta’minoti uchun O‘zbekiston Respublikasi
Intelektual mulk markazidan foydali modelga patent olingan (№ FAP 2712,
24.01.2025). Natijada, gelioissiqxonani energiya tejamkor isitish va elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun quyosh va biomassa-issiqlik quvurlari asosidagi energiya tejamkor avtonom energiya ta’minoti tizimi ishlab chiqilgan.
Gelioissiqxonani quyosh va biomassa-issiqlik quvurli utilizatsiya qurilmalar asosidagi energiya ta’minoti tizimi Buxoro viloyat “TEMIROV TEXTILE” va “BEHShER” MChJ larda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2025 yil 26 may 05/04-04-254-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan energiya ta’minoti tizimini foydali maydoni 100 m2 bo‘lgan gelioissiqxonaga joriy qilish orqali bir mavsumda ananaviy isitish tizimlariga nisbatan 6500-6700 m3 tabiiy gaz yoki 8,0-8,5 tonna shartli yoqilg‘i tejash, tabiiy gaz yonganda 7,35 tonna atmosferaga CO2 ajralib chiqadigan issiqxona gazlarini kamaytirish va yillik 25,5 mln so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkoni yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish