Botirov Akbar Sodiq o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yashash uylari uchun kombinatsiyalashgan bug‘latishli sovitish tizimi”, 05.05.04-“ Sanoat issiqlik energetikasi” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T6519
Ilmiy rahbar: Ibragimov Umidjon Xikmatullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti, PhD. 03/2025.28.11.T.17.01. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Axadov Jobir Zamirovich, texnika fanlari doktori, professor; Fayziev Tulkun Amirovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yashash uylarida havoni sovitish va namlantirish uchun kombinatsiyalashgan bug‘latishli sovitish tizimini ishlab chiqish va energiya samaradorligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bug‘latishli sovitish qurilmasi va quyosh fotoelektrik modullarini kombinatsiyalashtirish asosida to‘liq quyosh energiyasi hisobidan ishlovchi hamda bir vaqtning o‘zida tashqi havoni talab etilgan haroratgacha sovitish, namlantirish va xona ichiga uzatish imkonini beradigan kombinatsiyalashgan bug‘latishli sovitish tizimi ishlab chiqilgan (FAP №2794);
to’liq quyosh energiyasidan ta’minlanuvchi kombinatsiyalashgan bug‘latishli sovitish tizimi yordamida yilning sovitish mavsumida yashash uylarida optimal iqlim sharoitini ta’minlash imkonini beradigan hamda ekologik xavfsiz havoni sovitish va namlantirish rejimi ishlab chiqilgan;
tashqi havo harorati, quyosh nurlanish intensivligi va binoning konstruktiv parametrlariga bog‘liq holda tajriba uyining ichki havosi haroratini vaqt bo‘yicha o‘zgarishini va sovuqlik yuklamasini aniqlash imkonini beradigan issiqlik balansi tenglamalari asosidagi matematik model ishlab chiqilgan;
tashqi havoning kirishdagi harorati, nisbiy namligi va sarfi, namlantiruvchi materialning qalinligi va sovituvchi suvning sarfiga bog‘liq holda bug‘latishli sovitish tizimida issiqlik va massa almashinuv jarayonlarini nazariy tadqiqot qilish imkonini beradigan energiya va eksergiya balanslari asosidagi matematik modellar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yashash uylari uchun kombinatsiyalashgan bug‘latishli sovitish tizimini ishlab chiqish bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yashash uylarining kombinatsiyalashgan bug‘latishli sovitish tizimi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan foydali modelga patent olingan (FAP №2794, 2025 yil). Natijada, yashash uylarida havoni sovitish va namlantirish uchun quyosh energiyasidan elektr ta’minot oladigan kombinatsiyalashgan bug‘latishli sovitish tizimi ishlab chiqilgan;
kombinatsiyalashgan bug‘latishli sovitish tizimi Qarshi shahridagi “Nurziyo school” NTMda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 5 avgustdagi 34-06/8818-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tizimning elektr energiya iste’moli 0,25 kVt•soat bo‘lib, sovitish uchun qo‘llanilayotgan an’anaviy kompressorli maromlagichning (kondisioner) energiya iste’molini 4 barobarga kamaytirishga erishilgan;
kombinatsiyalashgan bug‘latishli sovitish tizimi Qarshi shahridagi “RISE MAX” MChJda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 5 avgustdagi 34-06/8818-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, foydali maydoni 14 m2 bo‘lgan xonani bir sovitish mavsumida (152) sovitish jarayonida o‘rtacha 1368 kVt•soat elektr energiyasi yoki 147,74 m3 tabiiy gaz tejalishiga va atmosferaga 273,33 kg CO2 chiqindisi chiqishining oldi olinishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish