Ziyatov Musulman Panjievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli sug‘orish usullarida g‘o‘zani oziqlantirishning samarali agrotexnologiyasini ishlab chiqish», 06.01.02–Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Qx401.
Ilmiy rahbar: Shamsiev Akmal Sadirdinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Muxammadxon Xamidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Niyazaliev Begali Irisalievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Davlat Agrar Universiteti Andijon filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida g‘o‘zani oddiy egatdan va qator orasiga qora polietilen plyonka to‘shab, egiluvchan quvurlar orqali sug‘orishda va azotli o‘g‘itlardan samarali foydalanish agrotexnologiyasini takomillashtirish orqali uning o‘zlashtirish samaradorligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor g‘o‘zani oddiy egatdan va qator orasiga qora polietilen plyonka to‘shab sug‘orish va azotli o‘g‘itlar bilan turli me’yorlarda suvda erigan holda fertigatsiya usulida oziqlantirishni tuproqning agrokimyoviy, agrofizikaviy, jumladan, suv-fizik xossalariga ta’siri aniqlangan;
g‘o‘zani oddiy egatdan va qator orasiga qora polietilen plyonka to‘shab, egiluvchan quvurlar orqali sug‘orish va fertigatsiya usulida oziqlantirishda g‘o‘zaning maqbul sug‘orish muddati, soni, davomiyligi, o‘suv davridagi va mavsumiy suv me’yori ishlab chiqilgan;
oddiy egatdan va qator orasini qora polietilen plyonka to‘shab, egiluvchan quvurlar orqali sug‘orish va azotli o‘g‘itlarni turli me’yorlarda fertigatsiya usulida qo‘llashni g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi, hosil to‘plashi va paxta hosildorligiga ta’siri aniqlangan;
oddiy egatdan va qator orasiga qora polietilen plyonka to‘shab, egiluvchan quvurlar orqali sug‘orish va fertigatsiya usulida turli me’yorda oziqlantirishda bir sentner paxta hosilini etishtirish uchun sarflangan suv sarfi hamda tolaning texnologik sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘o‘zani sug‘orish va oziqlantirishning suv hamda resurstejovchi texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
g‘o‘za qator orasiga qora polietilen plyonka to‘shab, azotli o‘g‘itlarni suvda erigan holda fertigatsiya usulida to‘liq me’yorda qo‘llash texnologiyasi Toshkent viloyati Piskent tumanida “Isfandiyor” MChJda 12 gektar,  “Muxammadali agro biznes” fermer xo‘jaligida 16 gektar, “Xasanov Abdumutal” fermer xo‘jaligida 13 gektar, Bo‘ka tumanida “Amirshukur Shukurzarif” fermer xo‘jaligida 14 gektar,  “Abdurafe Rajabzoda” fermer xo‘jaligida 13 gektar, “Maruf Sarvar” fermer xo‘jaligida 18 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 11 oktyabrdagi 02/020-3015-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘za qator orasiga qora polietilen plyonka to‘shab sug‘orish bilan birga azotli o‘g‘itlarni fertigatsiya usulida qo‘llash orqali gektaridan 2,8–3,3 sentner qo‘shimcha paxta hosili olingan, sug‘orishda suv 25–28 foiz tejalgan,  rentabellik  darajasi 23–25 foizni tashkil etgan;  
g‘o‘zaning o‘rta tolali “Navro‘z” navini parvarishlashda tuproqni qora polietilen plyonka bilan mul`chalashni, azotli o‘g‘itlarni esa suvda erigan holda qo‘llash agrotexnologiyalari PSUEAITI markaziy tajriba uchastkasida 3 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 11 oktyabrdagi 02/020-3015-son ma’lumotnomasi). Buning natitjasida gektaridan 3,2–6,4 sentner qo‘shimcha paxta hosili olishga erishilgan, sug‘orishda suv sarfi 26,5 foiz tejalgan, rentabellik 28–30 foiz bo‘lgan;
qator orasiga qora polietilen plyonka to‘shab, azotli  o‘g‘itlarni fertigatsiya usulida g‘o‘zani sug‘orish Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi PSUEAITI Jizzax ilmiy tajriba stansiyasida 30 gektar, “YaZ Begzod” fermer xo‘jaligida 50 gektar, Zafarobod tumanidagi “Yorug‘lik” fermer xo‘jaligida 42,6 gektar, “Tog‘dagi nur” fermer xo‘jaligida 15,5 gektar, jami 227,1 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 11 oktyabrdagi 02/020-3015-son ma’lumotnomasi). Natijada an’anaviy usulda azotli o‘g‘itlarni qo‘llashga nisbatan fertigatsiya usuli bilan oziqlantirilganda va mul`chalangan egatdan sug‘orilganda gektaridan 2,5–4,3 sentner qo‘shimcha paxta hosili olingan, rentabellik darajasi esa 20–25 foizni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish