Mirzaeva Sayyora Rustamovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy o‘zbek oilasi imijining ijtimoiy – psixologik asoslari”. 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/P125.
Ilmiy rahbar: Rasulov Abdumumin Ibragimovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Xuseynova Abira Amanovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Fayzieva Mavlyuda Xudayarovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), Ro‘ziqulov Faxriddin Rasulovich, psixologiya fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy o‘zbek oilasi imijining ijtimoiy – psixologik asoslarini o‘rganish va uni ilmiy-uslubiy jihatdan takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy o‘zbek oilasining imiji oilaviy qadriyatlarga sodiqlik va o‘zaro ijtimoiy rollarni tushunish, turmushdagi psixologik barqarorlikni shakllanishi bilan belgilanishi natijasida ota-ona-bola munosabatlaridagi farzandga nisbatan emotsional yaqinlik sibling muloqoti orqali identifikatsiyalanishi aniqlangan;
oilaviy munosabatlar ierarxiyasiga ko‘ra ota-onaning hissiy yaqinligi oila qadriyatlarini barqarorlashuvi, farzandiga nisbatan talabchanlik, nazorat darajasi va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan intilishiga ta’sir etishi natijasida er va xotinning emotsional munosabati ijtimoiy rollar konsolidatsiyasi orqali oila imijini shakllantiruvchi determinant ekanligi dalillangan;
oiladagi shaxslararo muloqotdagi emotsional yaqinlikka ko‘ra farzandni hissiy qabul qilish oilaviy rollarni tushunishga, simbioz yondashuv esa oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga olib kelganligi tufayli ota-ona-bola munosabatlari zamonaviy oila imijini belgilovchi ijtimoiy determinant ekanligi asoslangan;
ona-bola munosabatlarining zamonaviy oila imijida ifodalanishi oilaviy qadriyatlar muloqotdagi kelishuvchanlikni, ijtimoiy rollarni tushunish emotsional barqarorlikni, farzandga emotsional yaqinlik yangi tajribalarga ochiqlik va ekstrovertlikni kuchli namoyon bo‘lishiga ta’sir etganligi tufayli onaning shaxs xususiyatlari orqali farzandning individual ijtimoiy profilini shakllanishiga bog‘liq ekanligi aniqlangan;
zamonaviy oila imijini shakllanishida er va xotinning emotsional bilimdonligi, o‘z hissiyotlarini boshqarishi hamda oila a’zolarining kechinmalariga nisbatan sezgirligi ularda va farzandlarida o‘ziga nisbatan hurmat, autosimpatiyani kuchayishiga ta’sir etganligi tufayli oila ierarxiyasidagi shaxsning o‘ziga bo‘lgan munosabatini emotsional intellekt rakursida namoyon bo‘lishiga erishish muhim psixologik omil ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy o‘zbek oilasi imijining ijtimoiy – psixologik asoslarini o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida;
Zamonaviy o‘zbek oilasining imiji oilaviy qadriyatlarga sodiqlik va o‘zaro ijtimoiy rollarni tushunish, turmushdagi psixologik barqarorlikni shakllanishi bilan belgilanishi natijasida ota-ona-bola munosabatlaridagi farzandga nisbatan emotsional yaqinlik sibling muloqoti orqali identifikatsiyalanishi aniqlanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-179 son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-179a-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy o‘zbek oilasi imijini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik komponentlari aniqlashtirilgan.
Oilaviy munosabatlar ierarxiyasiga ko‘ra ota-onaning hissiy yaqinligi oila qadriyatlarini barqarorlashuvi, farzandiga nisbatan talabchanlik, nazorat darajasi va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan intilishiga ta’sir etishi natijasida er va xotinning emotsional munosabati ijtimoiy rollar konsolidatsiyasi orqali oila imijini shakllantiruvchi determinant ekanligi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-179 son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-179a-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy o‘zbek oilasi imijini shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan.
Oiladagi shaxslararo muloqotdagi emotsional yaqinlikka ko‘ra farzandni hissiy qabul qilish oilaviy rollarni tushunishga, simbioz yondashuv esa oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga olib kelganligi tufayli ota-ona-bola munosabatlari zamonaviy oila imijini belgilovchi ijtimoiy determinant ekanligi asoslanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-179 son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-179a-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy o‘zbek oilasi imijini shakllantirishning mezonlari va darajalari aniqlashtirilgan.
Ona-bola munosabatlarining zamonaviy oila imijida ifodalanishi oilaviy qadriyatlar muloqotdagi kelishuvchanlikni, ijtimoiy rollarni tushunish emotsional barqarorlikni, farzandga emotsional yaqinlik yangi tajribalarga ochiqlik va ekstrovertlikni kuchli namoyon bo‘lishiga ta’sir etganligi tufayli onaning shaxs xususiyatlari orqali farzandning individual ijtimoiy profilini shakllanishiga bog‘liq ekanligi aniqlangan ma’lumotlardan loyiha doirasida foydalanish natijasida oiladagi emotsiona munosabatlarni barqarorlashtirish mexanizmlari takomillashtirilganligiga oid ilmiy yangilik Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-179 son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-179a-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy o‘zbek oilasi imijini shakllantirishning ahamiyati tadqiq qilingan.
Zamonaviy oila imijini shakllanishida er va xotinning emotsional bilimdonligi, o‘z hissiyotlarini boshqarishi hamda oila a’zolarining kechinmalariga nisbatan sezgirligi ularda va farzandlarida o‘ziga nisbatan hurmat, autosimpatiyani kuchayishiga ta’sir etganligi tufayli oila ierarxiyasidagi shaxsning o‘ziga bo‘lgan munosabatini emotsional intellekt rakursida namoyon bo‘lishiga erishish muhim psixologik omil ekanligi dalillanganligiga oid zarur taklif va amaliy tavsiualar ishlab chiqilganligiga oid ilmiy yangilik Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-179 son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-179a-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy o‘zbek oilasi imijini shakllantirishga oid psixologik trening dasturi ishlab chiqilgan va samaradorligi baholangan.