Ramazonov Jahongir Djalolovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talaba-yoshlarda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirishning psixologik xususiyatlari” 19.00.05 - ¬Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/P274.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Ulug‘ova Shalola Musliddinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Baratova Dilafruz Sharifovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Elmuratova Aysulu Usaxovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talaba-yoshlarda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirishning psixologik xususiyatlarini o‘rganish aniqlash va uni ilmiy-uslubiy jihatdan takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning iste’mol madaniyatini namoyon bo‘lishida turli axborot manbalarini topish, ularni aniqligi va dolzarbligini tekshira olish, ulardan didaktik maqsadda foydalanish, birlamchi axborotni ikkilamchi ma’lumotdan ajratib olish, internet-resurslardan foydali axborot topish, virtual mulotqga bog‘lanib qolmaslik ko‘nikmasini hamda ta’limiy axborotlarga motivatsion-qadriyatli munosabatni shakllanganligiga ko‘ra differensial farqlarning mavjudligi dalillangan;
talabalarning axborot iste’moli madaniyatini shakllantirishda virtual muloqot bilan bog‘liq kommunikativ va relaksasion motivlar tahliliy fikrlashga, kognitiv motivlar esa kiberimmunitetni faollashtiruvchi axborotni boshqarish ko‘nikmasiga ta’sir etganligi tufayli informatsion faoliyat motiviga ustuvorlik berish muhim ekanligi isbotlangan;
talabalardagi ustuvor psixologik himoya mexanizmlariga ko‘ra ma’lumotlarga nisbatan tahliliy fikrlash proeksiyalashni, axborotlar oqimini boshqarish intellektualizasiyani, ma’lumotlarni ijtimoiy integrasiyalashdagi qiyinchiliklar esa regressiyani faollashuviga olib kelganligiga asoslanib axborot iste’moli madaniyatining differensial psixologik xususiyatari aniqlashtirilgan; 
talabalarda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish uchun internet va kompyuterga qaramlik shaxsdagi virtual ma’lumotlarni tahlil qilish, axborotlar oqimini boshqarish va saralash ko‘nikmasini pasaytirib, veb-syorfingga bog‘liq ravishda muloqotdagi psixologik to‘siqlarni kuchayishiga olib kelganligi tufayli addektiv xulqga korreksion ta’sir etish zarurati asoslangan;
talabalarda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirishda virtual ma’lumotlarni qidirish, saralash, ularni ahamiyatlilik darajasini hissiy baholash hamda ular bilan ishlash qobiliyati, axborot xavfsizligini ta’minlashning konstruktiv strategiyalarini tanlash ko‘nikmasini rivojlantirish muhimligiga ko‘ra shaxsga sotsial ta’sirning “kognitiv-emotsional-motivatsion-ijtimoiy psixologik” mexanizmini psixokorreksion faoliyatga singdirish zarurligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talaba-yoshlarda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirishning psixologik xususiyatlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Talabalarning iste’mol madaniyatini namoyon bo‘lishida turli axborot manbalarini topish, ularni aniqligi va dolzarbligini tekshira olish, ulardan didaktik maqsadda foydalanish, birlamchi axborotni ikkilamchi ma’lumotdan ajratib olish, internet-resurslardan foydali axborot topish, virtual mulotqga bog‘lanib qolmaslik ko‘nikmasini hamda ta’limiy axborotlarga motivatsion-qadriyatli munosabatni shakllanganligiga ko‘ra differensial farqlarning mavjudligi oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-396-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-396a-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba-yoshlarda axborot-psixologik immunitetni rivojlantirish, ya'ni ularni salbiy axborot ta’siridan himoya qilish qobiliyatini takomilashtirilgan; 
talabalarning axborot iste’moli madaniyatini shakllantirishda virtual muloqot bilan bog‘liq kommunikativ va relaksasion motivlar tahliliy fikrlashga, kognitiv motivlar esa kiberimmunitetni faollashtiruvchi axborotni boshqarish ko‘nikmasiga ta’sir etganligi tufayli informatsion faoliyat motiviga ustuvorlik berishiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-396-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-396a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda mustaqil fikrlash, axborotni tahlil qilish va baholash ko‘nikmalarini rivojlantirilgan;
talabalardagi ustuvor psixologik himoya mexanizmlariga ko‘ra ma’lumotlarga nisbatan tahliliy fikrlash proeksiyalashni, axborotlar oqimini boshqarish intellektualizasiyani, ma’lumotlarni ijtimoiy integrasiyalashdagi qiyinchiliklar esa regressiyani faollashuviga olib kelganligiga asoslanib axborot iste’moli madaniyatining differensial psixologik xususiyatariga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-396-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-396a-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologik xavfsizlikni ta’minlash, ya'ni ularning aqliy va hissiy holatini barqaror saqlash, axborot iste’moli madaniyatini shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar aniqlashtirilgan;
talabalarda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish uchun internet va kompyuterga qaramlik shaxsdagi virtual ma’lumotlarni tahlil qilish, axborotlar oqimini boshqarish va saralash ko‘nikmasini pasaytirib, veb-syorfingga bog‘liq ravishda muloqotdagi psixologik to‘siqlarni kuchayishiga olib kelganligi tufayli addektiv xulqga korreksion ta’sir etish zarurati asoslanganligiga oid ilmiy yangilik Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-396-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-396a-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba-yoshlarda axborotni qabul qilish madaniyatini shakllantirish, ya'ni axborotni tanlash, tahlil qilish va undan foydali xulosa chiqarish ko‘nikmalari rivojlantirilgan;
talabalarda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirishda virtual ma’lumotlarni qidirish, saralash, ularni ahamiyatlilik darajasini hissiy baholash hamda ular bilan ishlash qobiliyati, axborot xavfsizligini ta’minlashning konstruktiv strategiyalarini tanlash ko‘nikmasini rivojlantirish muhimligiga ko‘ra shaxsga sotsial ta’sirning “kognitiv-emotsional-motivatsion-ijtimoiy psixologik” mexanizmini psixokorreksion faoliyatga oid ilmiy yangilik Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-396-son buyrug‘i bilan «Psixologik trening asoslari» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-396a-son ma’lumotnomasi). Natijada raqamli muhitda ta’lim jarayonini tashkil etishda virtual pedagogik madaniyatni rivojlantirish, ya'ni o‘qitish va o‘rganishning yangi usullarini joriy etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish