Xolmatov Baxodir Xolmuradovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Markaziy Osiyoda davlatlararo madaniy hamkorlikni rivojlanishida xalq diplomatiyasining oʻrni” mavzusidagi, 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ss415
Ilmiy rahbar: Sirojov Oybek Ochilovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/2025.27.12.Ss.05.02.
Rasmiy opponentlar:
Yuldashev Anvar Ergashevich, tarix fanlari doktori, professor.
Nurimbetov Raxmatulla Ibragimovich, siyosiy fanlar doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Markaziy Osiyoda davlatlararo madaniy hamkorlikni rivojlanishida xalq diplomatiyasining o‘rni va ahamiyatiga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Xalq diplomatiyasida jamiyat manfaatlari ustun qo‘yilib, xalqlarning tarixiy an’ana va qadriyatlariga asoslanishi, bunda muayyan bir guruh yoki qatlamning hatti-harakati xalqlarning va jamoatchilikning yaqinlashishiga yordam berishi, xalqlar va davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun zarur bo‘lgan mexanizmlarni amalga oshirishi hamda madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish uchun xalqlarning qon-qardoshlik rishtalarini mustahkamlab borishi Monokulturalizm nazariyasiga ko‘ra ochib berilgan;
Markaziy Osiyoda xalq diplomatiyasi umumiy madaniy meros, diniy-ma’naviy qadriyatlar, xalqlar o‘rtasidagi davlatlararo madaniy aloqalarni mustahkamlovchi omil sifatida namoyon bo‘layotgani, milliy madaniy markazlar, ijodiy uyushmalar, ta’lim va ilmiy-ma’rifiy almashinuvlar, yoshlar tashabbuslari, yaqin qo‘shnichilik aloqalariga tayanadigan ijtimoiy-madaniy salohiyati muhim kommunikativ-institutsional resurs ekanligi “madaniy yaqinlik – xalqlararo muloqot – ijtimoiy ishonch – davlatlararo madaniy hamkorlik – mintaqaviy birdamlik” konseptual modeliga ko‘ra asoslangan;
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasida xalq diplomatiyasini amalga oshirishda davlat va jamiyat manfaatlarini birgalikda uyg‘un holda olib borishi, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmanistonda hukumatning ta’siri ustuvorlik qilgani bilan ajralib turishi, Qirg‘izistonning g‘arb demokratik institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirib borishi natijasida nodavlat va nohukumat tashkilotlarining erkin ishtirok etishi identikligi aniqlangan;
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini izchil mustahkamlovchi, milliy manfaatlar ustuvorligini ta’minlovchi, davlatlar kesimida xalq diplomatiyasining ustuvor yo‘nalishlari, subektlari va institutsional mexanizmlarini belgilovchi, xalq diplomatiyasini mintaqaviy ishonch, jamiyatlararo yaqinlashuv va barqaror sherikchilikni rivojlantiruvchi konseptual-amaliy vositasi ekanligi “Markaziy Osiyo mintaqasida xalq diplomatiyasini rivojlantirish strategiyasi”ni ishlab chiqish taklifiga ko‘ra dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya tadqiqoti davomida ishlab chiqilgan asosiy ilmiy tamoyillar, xulosalar va amaliy tavsiyalar asosida:
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini izchil mustahkamlovchi, milliy manfaatlar ustuvorligini ta’minlovchi, davlatlar kesimida xalq diplomatiyasining ustuvor yo‘nalishlari, subektlari va institutsional mexanizmlarini belgilovchi, xalq diplomatiyasini mintaqaviy ishonch, jamiyatlararo yaqinlashuv va barqaror sherikchilikni rivojlantiruvchi konseptual-amaliy vositasi ekanligi “Markaziy Osiyo mintaqasida xalq diplomatiyasini rivojlantirish strategiyasi”ni ishlab chiqish borasidagi ilmiy xulosalaridan Markaziy Osiyo xalqaro instituti faoliyatida foydalanilgan (Markaziy Osiyo xalqaro institutining 2025-yil 17-oktyabrdagi 02/03-2-735-sonli dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiya ishidagi ilmiy yangiliklar, xulosa va amaliy tavsiyalardan Institutning konferensiya, seminar, davra suhbatlari, shuningdek madaniy-gumanitar sohalardagi ishlarini tashkil etishda xizmat qilgan.
Xalq diplomatiyasida jamiyat manfaatlari ustun qo‘yilib, xalqlarning tarixiy an’ana va qadriyatlariga asoslanishi, bunda muayyan bir guruh yoki qatlamning hatti-harakati xalqlarning va jamoatchilikning yaqinlashishiga yordam berishi, xalqlar va davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun zarur bo‘lgan mexanizmlarni amalga oshirishi hamda madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish uchun xalqlarning qon-qardoshlik rishtalarini mustahkamlab borishi Monokulturalizm nazariyasiga ko‘ra ochib berilganligi borasidagi ilmiy xulosalaridan O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazining 2025-yil 10-oktyabrdagi 577/25-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar tashkilotning targ‘ibot materiallari, yo‘l xaritasi va istiqbol rejalarini ishlab chiqishda, shuningdek, tashkilot doirasidagi konferensiyalar hamda davra suhbatlarini ilmiy asosda tashkil qilishda xizmat qilgan.
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasida xalq diplomatiyasini amalga oshirishda davlat va jamiyat manfaatlarini birgalikda uyg‘un holda olib borishi, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmanistonda hukumatning ta’siri ustuvorlik qilgani bilan ajralib turishi, Qirg‘izistonning g‘arb demokratik institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirib borishi natijasida nodavlat va nohukumat tashkilotlarining erkin ishtirok etishi identikligi aniqlanganligi borasidagi ilmiy xulosalari O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi faoliyatida tatbiq etilgan. (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2024-yil 27-fevraldagi 102-sonli dalolatnomasi). Natijada, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarning ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarini tashkil etishga xizmat qilgan.
Markaziy Osiyoda xalq diplomatiyasi umumiy madaniy meros, diniy-ma’naviy qadriyatlar, xalqlar o‘rtasidagi davlatlararo madaniy aloqalarni mustahkamlovchi omil sifatida namoyon bo‘layotgani, milliy madaniy markazlar, ijodiy uyushmalar, ta’lim va ilmiy-ma’rifiy almashinuvlar, yoshlar tashabbuslari, yaqin qo‘shnichilik aloqalariga tayanadigan ijtimoiy-madaniy salohiyati muhim kommunikativ-institutsional resurs ekanligi “madaniy yaqinlik – xalqlararo muloqot – ijtimoiy ishonch – davlatlararo madaniy hamkorlik – mintaqaviy birdamlik” konseptual modeliga ko‘ra asoslanganligiga doir ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2024-yil 14-martdagi 14-07-431-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya ishidagi ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalardan Qo‘mitaning konferensiya, seminar, davra suhbatlari, shuningdek madaniy-gumanitar sohalardagi tadbirlarini tashkil etishga xizmat qilgan.