Ortiqov Jonibek Shavkat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kovrak o‘simligidan olingan fitoestrogenli preparatlarning tovuqlar organizmiga qiyosiy ta’siri”, 16.00.04-Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi. Veterinariya sanitariyasi, ekologiyasi, zoogigienasi va veterinar-sanitariya ekspertizasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2025.2.PhD/V180
Ilmiy rahbar: Niyozov Hakim Baqoevich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomiSamarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.08/2025.27.12.V.11.01.
Rasmiy opponentlar: Salimov Yunus Salimovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Yuldosheva Dilnavoz Xasanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo hududida keng tarqalgan Ferula kuhistanica (o‘ljon kovrak) o‘simligi shirasidan olingan kukun, “Pano-25”, “Panaroot-98” va “Kufestrol” preparatlarini tovuqlar tuxum mahsuldorligiga ta’sirini ilmiy asoslash hamda ijobiy ta’sir etuvchi miqdor va me’yorlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Respublikamizning tog‘ hududlarida o‘sadigan Ferula kuhistanica o‘simligining estrogen faollikga ega ekanligi aniqlangan;
Ferula kuhistanica shirasidan olingan kukun hamda “Pano-25”, “Panaroot-98”, “Kufestrol” preparatlari sichqonlar ratsioniga (1 kg ozuqaga 10 mg hisobida) 14 kun davomida qo‘shib berilganda klinik holat va harakat faoliyatida salbiy o‘zgarishlar kuzatilmaganligi isbotlangan;
Fitoestrogenli preparatlar tovuqlar ratsioniga 10 g/1000 kg hisobida qo‘shilganda tovuqlarni to‘liq tuxumga kirish muddatini nazorat guruhiga nisbatan “Pano-25”da 22 kun, “Panaroot-98”da 18 kun, Ferula kuhistanica kukunida 15 kun va “Kufestrol”da 10 kunga tezlashtirishi aniqlangan;
“Pano-25” preparati qo‘llanilgan guruhdan olingan jo‘jalarning o‘rtacha tirik vazni 38,47±0,65 g ni tashkil etib, 30 kunlik yoshda nazorat guruhiga nisbatan 6,8 g yuqori bo‘lishi ilmiy asoslangan;
“Pano-25” preparati qo‘llanilgan tovuqlarda tuxumning og‘irligi o‘rtacha 67,44±0,58 g, havo kamerasi 3,6±0,10 mm, oqsil miqdori 12,6±0,12%, tuxum sarig‘i 26,4±0,47 g, tuxum oqi 29,6±0,46 g, tuxum po‘stlog‘i 6,33±0,10 g hamda oqsil muhitining pH ko‘rsatkichi 7,7±0,14 ni tashkil etishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Kovrak o‘simligidan olingan fitoestrogenli preparatlarning tovuqlar organizmiga qiyosiy ta’siri” mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Kovrakdan olingan fitoestrogenlarning tovuqlar organizmiga ta’siri” bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2026-yil 10-fevraldagi 02/23-118-son ma’lumotnomasi). Natijada Ferula kuhistanica o‘simligi shirasi kukuni, hamda “Pano-25”, “Panaroot-98”, “Kufestrol” preparatlarini omixta emiga 10 g/1000 kg nisbatda qo‘shib berilgan tovuq va xo‘rozlar juftlanib olingan tuxumidan chiqqan jo‘jalarning o‘rtacha tirik vazni va bir bosh jo‘janing tirik vazn o‘sishi 30 kun davomida kuzatilganda nazorat guruhi jo‘jalariga nisbatan yuqori bo‘lishiga erishilgan;
“Pano-25” preparatini tovuqlar omixta emiga 10 g/1000 kg nisbatda qo‘shib berilganda nazorat guruhiga nisbatan 22 kun oldin to‘liq tuxumga kirishi inobatga olinib amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2026-yil 10-fevraldagi 02/23-118-son ma’lumotnomasi). Bunda “Pano-25” qo‘llanilgan tovuqlar tuxumning oziqaviy va tovarlik sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishi va veterinariya sanitariya ekspertiza jihatidan iste’mol uchun yaroqliligini baholashga erishilgan;
Tovuqlarning tuxum mahsuldorligi va sifatini oshirish uchun “Pano-25” preparatini omixta emiga 10 g/1000 kg nisbatda qo‘shib berish Samarqand viloyati Ishtixon tumani “Abdullaev Muso parrandalari”, “Ozodxon parrandalari - 2”, “Safoxo‘ja parrandalari” parrandachilik fermer xo‘jaliklari, Samarqand tumani “Mironqul agrozooveservis ilmiy-amaliy markazi” MChJ xo‘jaliklariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 2-oktyabrdagi 02/23-679-son ma’lumotnomasi). Natijada sifatli va energetik qiymati yuqori, veterinariya sanitariya ekspertiza talablariga to‘liq javob beradigan tuxum etishtirishga erishilgan.