Jabborov G‘iyosjon G‘afforjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qo‘ylarning argasidae (Alveonasus lahorensus) kanalarini tarqalishi va qarshi kurashish tadbirlari”, 03.00.06 – Zoologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2026.1.PhD/V101
Ilmiy rahbar: Davlatov Ravshan Berdievich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomiSamarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.08/2025.27.12.V.11.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov O‘tkir Ilashovich, veterinariya fanlari doktori, dotsent; Po‘latov Faxriddin Sayfiddinovich, veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi L.M.Isaev nomidagi mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy tadqiqot institutii.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Respublikamizning Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi qo‘ychilik xo‘jaliklari hamda aholi qaramog‘idagi shaxsiy dehqon va fermer xo‘jaliklaridagi qo‘ylar orasida Alveonasus lahorensus kanalarini tarqalishi, tashxisi, davolash va oldini olish usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Respublikamizning Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlari sharoitida qo‘ylar iksodidozlarining epizootologik holati baholangan;
Alveonasus lahorensus kanalarini qo‘ylarning jinsi, yoshi va yil mavsumlari bo‘yicha tarqalishi aniqlangan;
Argazid kanalariga qarshi kurashish va oldini olishda zamonaviy akaratsid preparatlarning samaradorligi aniqlangan;
A. lahorensus bilan zararlangan qo‘ylar organizmidagi patologo anatomik o‘zgarishlar baholangan;
qo‘ylar ektoparazitlariga qarshi ilmiy asoslangan davolash va profilaktik chora tadbirlar majmuasi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qo‘ylarning Alveonasus lahorensus kanalariga qarshi kurashda yuqori samarador akaridsid preparatlarning samaradorligi aniqlash borasida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
“Deltapur 1%” preparatining chorvachilikda ektoparazitlarga qarshi qo‘llanilishi haqida” tavsiyanoma tasdiqlanib joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantish qo‘mitasining 2026-yil 10-fevraldagi № 02/23-119-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma chorvachilik xo‘jaliklarida foydalanib kelinmoqda; 
Respublikamizning qator hududlarida xususan Buxoro, Samarqand hamda Navoiy viloyatlarining tumanlaridagi qo‘ychilik xo‘jaliklari hamda aholi qaramog‘idagi qo‘ylarda parazitlik qiluvchi ektoparazitlar va kanalarga qarshi Deltapur 1% preparatini tomchi usulida, Ektopar Plus preparatini purkash (quruq) usulida, Ivermektin 1% preparati ineksiya usulida, Superkiller preparati ho‘l (cho‘miltirish) usulida yuqori terapevtik va profilaktik samaradorlik ko‘rsatkichlari aniqlangan hamda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantish qo‘mitasining 2026-yil 10-fevraldagi № 02/23-119-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘y va qo‘zilarda ektoparazitozlarni davolash va oldini olishga sarflangan 1 so‘m xarajatga 10 so‘m iqtisodiy samara olishga erishilgan; 
Akaratsid preparatlarining chorvachilikda ektoparazitlarga qarshi qo‘llanilishi  natijasida ishlab chiqilgan ilmiy echimlar asosida fermer va xususiy aholi qaramog‘idagi chorva hayvonlarining ektoparazitozlarini oldini olish va davolashda yangi mamlakatimizda va xorijda ishlab chiqarilgan samarali veterinariya preparatlari amaliyotga joriy qilingan. Ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni amaliyotda qo‘llash natijasida chorva hayvonlari orasida ektoparazitozlarning tarqalishini oldini olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish