Nasirov Baxtiyor Salaxiddinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sabzavot, kartoshka dalalarida tarqalgan begona o‘tlarning biologiyasi va ularga qarshi kurashning ilmiy asoslari”, 06.01.01– Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc /Qx123.
Ilmiy rahbar: Sulaymonov Botirjon Abdushukirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Tellyaev Rixsivoy Shomaxamadovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; O‘razmatov Nazirjon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Rizaev Shuxrat Xudoyberdievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent viloyatining sug‘oriladigan tipik va o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida begona o‘tlar va gulli parazitlarning tur tarkibi, ularning kartoshka va sabzavot ekinlari dalalarida tarqalishi, biologiyasi hamda keltiradigan zararini aniqlash va tahlil etish asosida qo‘llaniladigan kurash choralarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyati tipik va o‘tloqi bo‘z sharoitida kartoshka va sabzavotlarning ekin maydonlarida begona o‘tlar hamda gulli parazitlarning tarqalishi va zarari aniqlangan;
kartoshka va sabzavot ekin maydonlarida uchraydigan begona o‘tlar va gulli parazitlarning tavsifi berilgan;
kartoshka va sabzavot dalalarida uchraydigan gulli parazitlar urug‘larining unuvchanligiga ekologik omillarning ta’siri aniqlangan.
kartoshka, pomidor, lavlagi, piyoz va sabzi ekinzorlarida tarqalgan begona o‘tlar va gulli parazitlarning keltiradigan zarari aniqlangan;
begona o‘tlar va gulli parazitlarga qarshi yangi gerbisidlarning turli konsentratsiyasidagi eritmalari aniqlangan;
yangi gerbisidlarning tavsiya etilgan qo‘llash me’yorlarining samaradorligi aniqlangan;
yangi gerbisidlar qo‘llanilganda kartoshka, pomidor, lavlagi, piyoz va sabzi ekinlarining hosildorligi va iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida Qibray, Parkent va O‘rta Chirchiq tumanlari fermer xo‘jaliklarining kartoshka va sabzavot ekinlari hosildorligini oshirishda begona o‘tlarning tarqalishi hamda keltiradigan zararini aniqlash va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
kartoshka va sabzavot ekinlaridan yuqori va sifatli hosil etishtirish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari uchun “Kartoshka va sabzavot ekinzorlaridagi begona o‘tlar hamda ularga qarshi kurash choralari” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 29 oktyabrdagi 02/021–3317-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalar respublikaning barcha viloyatlarida sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida keng foydalanilmoqda;
kartoshka ekin maydonlaridagi bir yillik va ko‘p yillik begona o‘tlarga qarshi Zenkor Ul`tra e.k gerbisidini 0,8 l/ga me’yorda qo‘llash Toshkent viloyatining Parkent tumani “To‘lagan qizi Fotima” va Qibray tumani “Salar Agro MAX” fermer xo‘jaliklarida 19,2 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 29 oktyabrdagi 02/021-3317-son ma’lumotnomasi). Natijada, kartoshka maydonlaridagi bir yillik begona o‘tlarga qarshi kurashda 81,2% biologik samaradorlikka erishilgan va nazoratga nisbatan 38 s/ga qo‘shimcha hosil olingan;
kartoshka, piyoz va sabzida uchraydigan zarpechakka qarshi Pivot 10% s.e.k. gerbisidi 1,0 l/ga me’yorda qo‘llash Toshkent viloyatining Qibray tumanida kartoshka va sabzavotchilikka ixtisoslashgan “Mabgulrus”, Irisboeva Xuri bog‘i” va “Bahor” fermer xo‘jaliklarida jami 82,4 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 29 oktyabrdagi 02/021-3317-son ma’lumotnomasi). Natijada nazoratga nisbatan kartoshkada 47,4%, piyozda 43,6% va sabzida 37,2% qo‘shimcha hosil olish imkoniyati yaratilgan;
sabzavot ekinlari maydonlaridagi bir yillik va ko‘p yillik begona o‘tlarga qarshi Zar-GOAL 24% e.k (0,5 l/ga) va Zellik Super plyus 104 g/l em.k. (1,0 l/ga) gerbisidlarini qo‘llash texnologiyasi Toshkent viloyatining Qibray tumani “Salar Agro MAX” va O‘rta Chirchiq tumani “Qandiniso dono” fermer xo‘jaliklarida 41,4 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 29 oktyabrdagi 02/021-3317-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida piyoz ekilgan maydonlarda bir yillik begona o‘tlarga qarshi 86,4% biologik samaradorlikka erishilgan va qo‘shimcha 55 s hamda sabzi ekilgan maydonda bir yillik va ko‘p yillik boshoqli begona o‘tlarga qarshi 85,2% biologik samaradorlikka erishilgan va 40 s/ga qo‘shimcha hosil olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish