Amirov Abdumumin Ikromovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sigirlarda infeksion mastit kasalligining diagnostikasi, davolash va oldini olishning samarali uslub va vositalari”, 16.00.03-veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2026.1.PhD/V195
Ilmiy rahbar: Abdurasulov Shavkat Abdurasul o‘g‘li, veterinariya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomiSamarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.08/2025.27.12.V.11.01.
Rasmiy opponentlar: Davlatov Ravshan Berdievich, veterinariya fanlari doktori, professor; Shopulatova Zumrad Jaxongirovna, veterinariya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi L.M.Isaev nomidagi mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Respublikamizning turli hududlarida sigirlarning infeksion mastit kasalligini epizootologiyasi, etiologiyasini o‘rganish, diagnostikasi, davolash va oldini olishning samarali uslub va vositalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sigirlarda yashirin mastit kasalligini “DRAMINSKI- 4Q” elektron detektori yordamida 90% aniqlikda erta tashxis qo‘yish mumkinligi isbotlangan;
sigirlar mastit kasalligida bakteriyalarning etiologik tarkibi ya’ni shartli patogenlar 64%, stafilakokklar 27%, escherichia coli 4%, klastridiumlar 3% va boshqa tur qo‘zg‘atuvchilardan iboratligi aniqlangan;
sigirlarda infeksion mastit kasalligining etiologiyasi, patogenezi, epizootik holati va kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarning xususiyatlarini aniqlash asosida kasallikni davolashning samarali uslub va vositalari ishlab chiqilgan;  
sigirlar mastitiga “Immunoil hamda Lerot2” antibiotiklarini kombinatsiyalashgan holda bir marta qo‘llash davolash muddatini 1-5 kunga qisqartirgan va ijobiy natija olish mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sigirlarda infeksion mastit kasalligining diagnostikasi, davolash va oldini olishning samarali uslub va vositalari  bo‘yicha olib  borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalari asosida:
“Sigirlarda mastit kasalligini davolash, oldini olish va qarshi kurashish choralari bo‘yicha yo‘riqnoma” ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2026 yil 03 martdagi 02/23-289-son ma’lumotnomasi). Natijada sigirlarning infeksion mastit kasalligi bilan kasallanishining oldini olish imkoniyati yaratilgan;
sog‘in sigirlarida mastit kasalligini davolash va oldini olish bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2026 yil 03 martdagi 02/23-289-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan tavsiyalarni qo‘llash natijasida sigirlarning infeksion mastit bilan kasallanishini 90-95% foizga kamaytirishga erishilgan;
Toshkent viloyati hududlarida sigirlarning mastiti kasalligini davolashda yangi antibakterial import o‘rnini bosuvchi mahalliy Ximiks preparatini har kuni bir marta ertalab sigirlarning elin bo‘laklariga (sisternalariga) 3 kun davomida 1:100, 1:200, 1:300, 1:400 nisbatlarda yuborish va 15-20 ml Immunoil preparatidan bir vaqtning o‘zida Lerot2 antibiotigi bilan har 8-12 soat oralig‘ida mushak orasiga yuborish usuli Toshkent viloyati Toshkent tumani “Rohatoy” naslchilik fermer xo‘jaligi, Qibray tumani “Rixsiboy” chorva baraka naslchilik fermer xo‘jaligi, Quyichirchiq tumani “Sut bulog‘i” sut-tovar fermer xo‘jaligi, Yangiyo‘l tumani “Yuksalish” sut tovar fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2026 yil 03 martdagi 02/23-289-son ma’lumotnomasi). Natijada sigirlarning mastit kasalligiga qarshi mahalliy antibakterial preparat qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‘lib sarflangan 1 so‘m  hisobiga xarajatlar qoplami 7,36 so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish