Yuldashev Sardorbek Abdukarim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Akusherlik qon ketishida Blood Stop vositasining morfologik va klinik ta’sir parallelari», 14.00.02 – Morfologiya, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2PhD/Tib5795.
Ilmiy rahbar: Axmedova Sayyora Muxamadovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shavaziy Nargiza Nurullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Bobir Luxmonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xudoyarova Dildora Raximovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: akusherlik qon ketishlarida Blood Stop qo‘llanilishining samaradorligini klinik-morfologik jihatdan baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ul`tratovush, dopplerometrik va morfologik usullardan foydalanilgan holda eksperimental-klinik tadqiqot doirasida BloodStop gemostatik vositasining bachadonda operatsiyadan keyingi chandiqlar shakllanishida yuqori samaradorligi isbotlangan;
BloodStop qo‘llanilishi nazorat guruhi va an’anaviy gemostatik gellar qo‘llanilgan guruhga nisbatan yallig‘lanish-distrofik o‘zgarishlarning kamroq ifodalanishi, mushak qatlami arxitektonikasining saqlanishi hamda fibroz remodellanishining cheklanganligi bilan tavsiflanuvchi morfologik va funksional jihatdan to‘liqroq miometriy chandig‘i shakllanishini ta’minlashi isbotlangan;
BloodStop qo‘llanilishi chandiq sohasida mikrotsirkulyasiyaning saqlanib qolishi hamda uzoq muddatli kuzatuvlarda bachadonning radial arteriyalarida qon oqimining tiklanishiga yordam berishi aniqlangan;
an’anaviy mahalliy gemostatik gellar miometriyning to‘liq regeneratsiyasini ta’minlamasligi va operatsiyadan keyingi funksional jihatdan to‘liq bo‘lmagan chandiq shakllanishi uchun morfologik shart-sharoitlar vujudga kelishiga sabab bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Akusherlik qon ketishlarida Blood Stop qo‘llanilishining samaradorligini klinik-morfologik jihatdan baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ul`tratovush, dopplerometrik va morfologik usullardan foydalanilgan holda eksperimental-klinik tadqiqot doirasida BloodStop gemostatik vositasining bachadonda operatsiyadan keyingi chandiqlar shakllanishida yuqori samaradorligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 08.06.2025 yilda 105-25-son bilan tasdiqlangan “Kesar kesish amaliyotida gemostatik preparatlar ta’sirida miometrik morfologik manzarani o‘rganish algoritmi” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar 9-sonli tumanlararo perinatal markazi bo‘yicha 21.11.2025 yildagi 87-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo filiali bo‘yicha 03.12.2025 yildagi 3-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bachadonda chandiq etishmovchiligi bilan bog‘liq operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirish, dag‘al fibroz chandiq shakllanishi xavfini kamaytirish, yallig‘lanish jarayonlari rivojlanishi va takroriy kasalxonaga yotqizish ehtimolini kamaytirishdan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: BloodStop gemostatik vositasi va miometriyni morfologik baholash uchun ishlab chiqilgan algoritmni qo‘llash bemorlarni shifoxonada qolish muddatini qisqartirish, infuzion va antibakterial terapiya hajmini kamaytirish, shuningdek, operatsiyadan keyingi davrning asoratli kechishi chastotasini kamaytirish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi;
ikkinchi ilmiy yangilik: BloodStop qo‘llanilishi nazorat guruhi va an’anaviy gemostatik gellar qo‘llanilgan guruhga nisbatan yallig‘lanish-distrofik o‘zgarishlarning kamroq ifodalanishi, mushak qatlami arxitektonikasining saqlanishi hamda fibroz remodellanishining cheklanganligi bilan tavsiflanuvchi morfologik va funksional jihatdan to‘liqroq miometriy chandig‘i shakllanishini ta’minlashi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 08.06.2025 yilda 105-25-son bilan tasdiqlangan “Kesar kesish amaliyotida gemostatik preparatlar ta’sirida miometrik morfologik manzarani o‘rganish algoritmi” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar 9-sonli tumanlararo perinatal markazi bo‘yicha 21.11.2025 yildagi 87-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo filiali bo‘yicha 03.12.2025 yildagi 3-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: miometriyning to‘liq chandig‘ini shakllantirish va operatsiyadan keyingi asoratlar xavfini kamaytirish orqali akusherlik yordami sifati va xavfsizligini oshirishdan iborat. Bachadon morfofunksional holatining yaxshilanishi chandiq etishmovchiligi, yallig‘lanish jarayonlari va keyinchalik reproduktiv buzilishlar chastotasini kamaytirishga yordam beradi. Metodikaning joriy etilishi reproduktiv prognozni yaxshilash, keyingi homiladorlik va tug‘ruqlarda asoratlar ehtimolini kamaytirish, shuningdek, onalar salomatligi darajasini va bemorlarning hayot sifatini oshirishni ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi asoratlarni davolash xarajatlarini kamaytirish, kasalxonaga yotqizish muddatlarini qisqartirish va takroriy jarrohlik aralashuvlariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi;
uchinchi ilmiy yangilik: BloodStop qo‘llanilishi chandiq sohasida mikrotsirkulyasiyaning saqlanib qolishi hamda uzoq muddatli kuzatuvlarda bachadonning radial arteriyalarida qon oqimining tiklanishiga yordam berishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 08.06.2025 yilda 105-25-son bilan tasdiqlangan “Kesar kesish amaliyotida gemostatik preparatlar ta’sirida miometrik morfologik manzarani o‘rganish algoritmi” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar 9-sonli tumanlararo perinatal markazi bo‘yicha 21.11.2025 yildagi 87-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo filiali bo‘yicha 03.12.2025 yildagi 3-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: adekvat mikrotsirkulyasiyani saqlash va bachadon qon aylanishini tiklash orqali reproduktiv funksiya buzilishlari xavfini kamaytirishdan iborat bo‘lib, bu keyingi homiladorliklarning qulay kechishiga va ona salomatligi darajasining oshishiga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: qo‘shimcha davolanish va takroriy kasalxonaga yotqizishni talab qiladigan asoratlar chastotasining kamaytirish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: an’anaviy mahalliy gemostatik gellar miometriyning to‘liq regeneratsiyasini ta’minlamasligi va operatsiyadan keyingi funksional jihatdan to‘liq bo‘lmagan chandiq shakllanishi uchun morfologik shart-sharoitlar vujudga kelishiga sabab bo‘lishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 08.06.2025 yilda 105-25-son bilan tasdiqlangan “Kesar kesish amaliyotida gemostatik preparatlar ta’sirida miometrik morfologik manzarani o‘rganish algoritmi” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahar 9-sonli tumanlararo perinatal markazi bo‘yicha 21.11.2025 yildagi 87-son hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo filiali bo‘yicha 03.12.2025 yildagi 3-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: darvoza tizimining fazoviy anatomiyasini aniqroq baholashdan iborat bo‘lib, bu jarrohlik aralashuvini rejalashtirishda xatolar xavfini kamaytiradi va bolalar xavfsizligini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi asoratlar xarajatlarini kamaytirish, operativ taktikani optimallashtirish va bemorning shifoxonada qolish muddatini qisqartirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.