Mamatqulova To‘lg‘anoy A’zamjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek qo‘shiqchilik terminologiyasi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2PhD/Fil5988.
Ilmiy rahbar: Jamolitdinova Dilnoza Mirhojidinovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.22.03.
Rasmiy opponentlar: Usmonova Huriniso Sharafovna, filologiya fanlari doktori, professor; Mamajonov Muhammadjon Yusubjonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili qo‘shiqchilik terminlarni tizimlashtirish hamda ularning lingvistik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘zbek qo‘shiqchilik terminlarining sohaviy terminologiyadagi o‘rni, o‘ziga xos xususiyatlari, yuzaga kelishi, shakllanishi, ilmiy takomili, tarixiy va zamonaviy, ichki va tashqi manbalari hamda terminlarning taraqqiyot omillari aniqlangan hamda o‘zbek qo‘shiqchilik terminologiyasi ochiq va dinamik tizim sifatida baholanib, undagi o‘zgarishlar bevosita san’atning global integratsiyalashuvi va texnologik taraqqiyot (masalan, raqamli ijro atamalari) bilan bog‘liqligi dalillangan;
tarixiy-etimologik jihatdan o‘z va o‘zlashma qatlamga, jumladan, umumturkiy va arab, fors-tojik, rus tili kabi xorijiy tillarga mansub qo‘shiqchilik terminlarining qiyosiy-tarixiy tahlili, o‘zbek tilining lisoniy me’yorlariga moslashuv jarayonlari, zamonaviy qo‘shiqchilik terminlari rus va u vositasida o‘zlashgan xorijiy tillar leksik qatlamiga mansubligi ochib berilgan;
qo‘shiqchilik terminologik maydonining struktural-derivatsion jihatlari: faol va nofaol yasalish usullari, modellari, yasovchi vositalari, shuningdek, -chi, -lik affikslari bilan yasalish mahsuldor ekanligi izohlangan, tuzilishiga ko‘ra esa sodda, qo‘shma va murakkab turlari ochib berilgan;
o‘zbek qo‘shiqchilik terminologiyasining leksik-semantik guruhlari, ya’ni musiqa asboblari, kuy va qo‘shiq turlari, maqom yo‘llari kabilar izohlangan, soha terminlariga xos polisemiya, sinonimiya, omonimiya, giper-giponimiya, graduonimiya munosabatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilida qo‘shiqchilik terminologiyasi tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida: 
o‘zbek qo‘shiqchilik terminlarining sohaviy terminologiyadagi o‘rni, o‘ziga xos xususiyatlari, yuzaga kelishi, shakllanishi, ilmiy takomili, tarixiy va zamonaviy, ichki va tashqi manbalari hamda terminlarning taraqqiyot omillari aniqlangan hamda o‘zbek qo‘shiqchilik terminologiyasi ochiq va dinamik tizim sifatida baholanib, undagi o‘zgarishlar bevosita san’atning global integratsiyalashuvi va texnologik taraqqiyot (masalan, raqamli ijro atamalari) bilan bog‘liqligi dalillanganligiga oid takliflar 2016-2017-yillarda olib borilgan Jizzax davlat pedagogika institutida amalga oshirilgan MUZ-2015-0725140051-raqamli “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini boyitishda inglizcha-o‘ruscha-o‘zbekcha frazemalar lug‘atini yaratish va amaliyotga tadbiq etish” innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Jizzax davlat pedagogika institutining 2025-yil 28-maydagi 4-621-son ma’lumotnomasi). Natijada, lug‘at so‘zligi qo‘shiqchilik terminologiyasiga doir frazemalar tahlili bilan boyitishga erishilgan;
tarixiy-etimologik jihatdan o‘z va o‘zlashma qatlamga, jumladan, umumturkiy va arab, fors-tojik, rus tili kabi xorijiy tillarga mansub qo‘shiqchilik terminlarining qiyosiy-tarixiy tahlili, o‘zbek tilining lisoniy me’yorlariga moslashuv jarayonlari, zamonaviy qo‘shiqchilik terminlari rus va u vositasida o‘zlashgan xorijiy tillar leksik qatlamiga mansubligi ochib berilganligiga oid xulosalar 2023-2024-yillari Qo‘qon davlat universiteti tomonidan amalga oshirilgan “2023 KA 171 raqamli “Mobility Higher Education studens (Erasmus+)” nomli grant loyihasida foydalanilgan (Qo‘qon davlat universitetining 2026-yilning 22-yanvardagi 21-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha o‘zbek tili qo‘shiqchilik terminologiyasiga doir ilmiy-nazariy talqinlar bilan boyitilgan;
qo‘shiqchilik terminologik maydonining struktural-derivatsion jihatlari: faol va nofaol yasalish usullari, modellari, yasovchi vositalari, shuningdek, -chi, -lik affikslari bilan yasalish mahsuldor ekanligi izohlangan, tuzilishiga ko‘ra esa sodda, qo‘shma va murakkab turlari ochib berilganligi hamda o‘zbek qo‘shiqchilik terminologiyasining leksik-semantik guruhlari, ya’ni musiqa asboblari, kuy va qo‘shiq turlari, maqom yo‘llari kabilar izohlangan, soha terminlariga xos polisemiya, sinonimiya, omonimiya, giper-giponimiya, graduonimiya munosabatlari ochib berilganligiga oid xulosalardan 2024-yil davomida “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “Oʻzbekiston” teleradiokanalining “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “So‘z va soz” nomli eshittirishlarda foydalanilgan, tadqiqotchi bilan suhbat olib borilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradio kanalining 2025-yilning 7-fevraldagi 05-09-150-son ma’lumotnomasi). Natijada, eshittirishlarning mazmun-mundarijasi qo‘shiqchilik terminlariga doir talqin va qarashlar bilan boyishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish