Allabergenov Murodjan Shakirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Talabalarda boshqaruvchilik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirish, 13.00.07 - Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9720.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Madraximova Feruza Ruzimbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.05.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Voxid Tojimamatovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Hamdamova Mahzuna Tursunovna, pedagogika fanlari doktori, (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning boshqaruvchilik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda boshqaruvchilik madaniyatini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari pedagogik boshqaruv tushunchasini jarayonning integral xarakteristikasi sifatida qiyosiy tavsiflash, tashkilotchilik qobiliyatlarining tarkibiy tuzulmasini mazmunan aniqlash va tadbiqiy jihatlarini prognozlash, boshqaruv faoliyati jarayonidagi shaxsning motivatsion ustanovkalarini tahliliy baholash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarda boshqaruvchilik madaniyatini rivojlantirish jarayoni kognitiv faollikni intelektual-motivatsion mexanizmlarga muvofiqligini transformatsiyalash, boshqaruvchilik komponentini aksiologik, sinergetik va refleksiv yondashuvlar integratsiyasiga intensivlashtirish, individual boshqaruv sifatlarni individuallashtirilgan ta’lim traektoriyalari orqali implementatsiyalash, ta’lim sifati dinamikasining barqarorligini prognostik-diagnostik monitoring va loyihalash texnologiyalari bilan muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda boshqaruvchilik madaniyatini rivojlantirish modeli ta’lim tashkilotlarini boshqarishning obektiv qonuniyatlarini konseptual reprezentatsiyalash, SWOT texnologiyasining pragmatik, prognostik va strategik-analitik salohiyatini implementatsiyalash, regulyativ komptetentlikning ta’sirchanlik darajasini adaptiv-proporsional mexanizmlar orqali barqarorlashtirish, qadriyatli, gnoseologik va texnologik komponentlarning sinergetik-integrativ konvergensiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda boshqaruvchilik madaniyatini rivojlantirish samaradorligi boshqaruvning funksional konvergensiyasini nazorat qiluvchi, tartibga soluvchi, yo‘naltiruvchi faoliyatlar nisbatlariga variativ muvofiqlashtirish, motivatsion, kognitiv, tashkiliy-madaniy mezonlarning indikativ ko‘rsatkichlarini kvalimetrik diagnostika, ko‘pomilli statistik verifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning boshqaruvchilik madaniyatini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda boshqaruvchilik madaniyatini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari pedagogik boshqaruv tushunchasini jarayonning integral xarakteristikasi sifatida qiyosiy tavsiflash, tashkilotchilik qobiliyatlarining tarkibiy tuzilmasini mazmunan aniqlash va tadbiqiy jihatlarini prognozlash, boshqaruv faoliyati jarayonidagi shaxsning motivatsion ustanovkalarini tahliliy baholash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Ta’lim menejmenti asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2025-yil 28-apreldagi 9/3.1-son qaroriga asosan berilgan 2025/301U-684-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarda boshqaruvchilik madaniyatini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari erishilgan;
talabalarda boshqaruvchilik madaniyatini rivojlantirish jarayoni kognitiv faollikni oshirish, boshqaruvchilikni intensivlashtirish hamda individual sifatlarda aks ettirish, ta’lim sifatining dinamik barqarorligini izchil ta’minlash bosqichlarini muvofiqlashtirish hamda monitoringini innovatsion xususiyatlariga ko‘ra loyihalashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ta’lim menejmenti asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2025-yil 28-apreldagi 9/3.1-son qaroriga asosan berilgan 2025/301U-684- raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarda boshqaruvchilik madaniyatini rivojlantirishga imkoniyat yaratilgan;
talabalarda boshqaruvchilik madaniyatini rivojlantirish modeli ta’lim tashkilotlarini boshqarishning xususiyatlarining obektivligini tarkib toptirish, SWOT texnologiyasining pragmatikligini oshirish hamda regulyativlik xususiyatining rivojlanishidagi ta’sirchanlik darajasining ptoporsionalligini ta’minlash, qadriyatli, gnoseologik va texnologik komponentlarning integrativligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ta’lim menejmenti asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2025-yil 28-apreldagi 9/3.1-son qaroriga asosan berilgan 2025/301U-684-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarda boshqaruvchilik madaniyatini rivojlantirish modelini takomillashtirish sharoit yaratilgan;
talabalarda boshqaruvchilik madaniyatini rivojlantirish samaradorligi nazorat qiluvchi, tartibga soluvchi, va yo‘naltiruvchi faoliyatlar nisbatini variativ muvofiqlashtirish, motivatsion, kognitiv, tashkiliy-madaniy mezon ko‘rsatkichlariga ko‘ra statistik aniqlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ta’lim menejmenti asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2025-yil 28-apreldagi 9/3.1-son qaroriga asosan berilgan 2025/301U-684-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarda boshqaruvchilik madaniyatini rivojlantirish samaradorligi oshirilgan.